Линклар

Шошилинч хабар
14 май 2021, Тошкент вақти: 05:12

OzodTa’sir: MIB fermerdan noqonuniy tortib olingan avtomobilni qaytarib berdi


Fermerning tog‘asi nomidagi mashinani tortib olgan MIB xodimlari uni egasiga qaytardi

Toshkent viloyat, Pskent tumanidagi “Inoyatov Bekzod Inoyatovich” fermer xo‘jaligi rahbari Bekzod Shiranovdan noqonuniy tortib olingan birovning avtomobili 29 noyabr kuni egasiga qaytarib berildi.

Ozodlik 28 noyabr kuni ​Pskent tumani MIB xodimlari fermer xo‘jaligi hisobida bo‘lmagan avtomobillar va uy jihozlarini ham musodara qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Fermer Bekzod Shiranovning aytishicha, 29 noyabr kuni MIB xodimlari undan tortib olingan "Ravon" avtomobilining sirdaryolik egasiga qo‘ng‘iroq qilib, avtomobilini jarima maydonchasidan olib ketishini so‘ragan:

- Kecha tuman MIBi mashinaning egasini chaqiribdi, menga hech kim telefon qilgani yo‘q. Egasi Sirdaryo viloyatida yashaydigan mening tog‘am edi. U kelgandan so‘ng MIB "egasiga qaytarilsin" degan hujjat yozib beribdi. Jarima maydonchasiga kelib, mashinani olib chiqmoqchi bo‘lsa, nomeri yo‘qmish. Evakuatorga telefon qilsa, mening xizmatimni pulini to‘lasangiz, keyin beraman, debdi. Keyin tog‘am MIBga telefon qilib, "bu nima degan gap, ham mashinamni noqonuniy arest qilsalaring, ham pulini men to‘laymanmi debdi. Keyin Mansur degan GAI kelib pulini to‘labdi, qolganini Rahmat degan MIB xodimi to‘labdi, shunday qilib kechqurun soat 5 larda mashinasini sog‘-salomat olib chiqib ketibdi", - dedi Bekzod Shirinov.

Pskent tumanidagi “Inoyatov Bekzod Inoyatovich” fermer xo‘jaligi rahbari Bekzod Shiranov 28 noyabr kuni MIB xodimlari birovning nomida bo‘lgan avtomobilni olib qo‘yganini aytgan edi:

- Men Sirdaryo viloyatidagi tanishimning "Ravon" mashinasida hokimiyat oldida edim. IIB xodimlari "boshliqning gapi bor", deb ushlab olib kelishdi. IIBga kelib, ichkari kirdik. U yerdan chiqsak, mashinaning to‘rt tomoniga boshqa mashinalar qo‘yib tashlashibdi. Qaytib kirib, “qo‘yvoringlar, bu birovni mashinasi, sharmanda qilmanglar” desam, IIB boshlig‘i “o‘sha tanishing ham bilsin qarzligingni, sharmandaligingni”, dedi. Men “hali menga sug‘urtadan pul tushadi, paxta zavodda pulim bor, to‘layman”, desam, “yo‘q, hozir topib to‘laysan, viloyat hokimi, prokurori 28 noyabrga tuman bo‘yicha hamma qarzlarni to‘latmasang, oyligingdan olamiz, deb aytgan”, dedi. Men boshliqqa “bo‘lmasa u sizning problemangiz ekan, arizani yozingda ishdan keting, deb chiqib ketdim.

Bekzod Shiranov 51 gektar yerga bug‘doy va paxta ekkan. Bug‘doy rejasini ortig‘i bilan bajargan. Tuman hokimining iltimosi bilan rejadan ortiq yana 15 tonna bug‘doy topshirgan.

Fermerning aytishicha, u Agrobankning Pskent tuman filialidan 156 million so‘m kredit olgan. ​Kreditning katta qismini qaytargan, uni to‘la yopish uchun 18 million so‘m qaytarishi kerak xolos.

Bekzod Shiranov u va boshqa fermerlar kreditni tugash muddatiga qadar uni bemalol yopa olish imkoni borligiga qaramay, MIB fermerlarning hisobida turmagan mol-mulkni ham musodara qilayotganini aytgan edi

XS
SM
MD
LG