Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:44

Obid Asomov vafot etdi


Taniqli qiziqchi Obid Asomov 14 dekabrda 55 yoshida vafot etdi. Toshkentdan olingan bu xabarni Ozodlikka Asomovning hamkasblaridan biri tasdiqladi.

Obid Asomovning og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida 11 dekabr ba’zi mahalliy nashrlar tarqatgan xabarlarni uning ma’muri, aktyor O‘tkir Muhammadxo‘jaev inkor etgan edi.

O‘tkir Muhammadxo‘jaevning o‘sha kuni bildirishicha, qiziqchi Obid Asomov haqiqatan ham shifoxonaga yotqizilgan, ammo uning yurak xurujiga uchragani “bo‘lmagan gap”.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov "Multiplikatsion filmlar studiyasi" unitar korxonasi direktorligiga tayinlangan edi.

O‘zbekiston va chet o‘lkalarda iste’dodli aktyor, qiziqchi va rassom o‘laroq tanilgan Obid Asomov uchun avvalgi prezident Islom Karimov davrida qariyb 10 yil katta sahnaga yo‘l yopib qo‘yilgan edi.

Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin ko‘plab san’atkorlar kabi Obid Asomovga qo‘yilgan taqiq ham olib tashlangan.

Ozodlik Obid Asomov bilan 2011 yilning 26 iyun kuni o‘tkazilgan suhbatida, taniqli qiziqchi uning katta sahnadan chetlatilgani sabablarini shunday izohlagan edi:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:52:52 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli qiziqchi Obid Asomov aslida oliy ma’lumotli professional rassom.

Qiziqchining ko‘pchilik bilmaydigan bu qirrasi haqida Ozodlik 2012 yilning may oyida hikoya qilgan edi.

Obid Asomov umrining 14 yilini rassomlik san’atini egallashga bag‘ishlagan edi.

Обид Асомов билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:10:03 0:00
Бевосита линк

Ozodlikning 2011 yil 31 dekabr kuni yangi yilga bag‘ishlangan maxsus dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov boshlovchilik qilgan edi.

Dasturni taniqli kulgu ustasi ijrosida ichakuzdi hangomalar, mashhur kishilar hayotidan qiziqarli hikoyalar bezagan edi.

Озодликда "ОбидШоу", 2011 йил 31 декабрь.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:14:47 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonlik taniqli qiziqchi, "Handalak" hajviy teledasturi qahramonlaridan biri Ortiq Sulotnov Ozodlik bilan suhbatda Obid Asomovni o‘zbek kulgusini dunyoga taratgan san’atkor deb atadi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:02 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG