Линклар

Шошилинч хабар
12 май 2021, Тошкент вақти: 20:38

"Arizamni menga qarshi qaror chiqargan sudyaga qaytarishdi"


"Biz sudya D.Imatovning ajrimidan norozi bo‘lib, FIB Namangan viloyat sudiga xususiy shikoyat qildik va sud xay’ati 2018 yil, 25 oktabr kuni Uchqo‘rg‘on fuqarolik sudi sudyasi D.Imatovning ajrimini bekor qilib, ushbu arizani yana Uchqo‘rg‘on fuqarolik sudiga qayta ko‘rish uchun yubordi.

Uchqo‘rg‘on fuqarolik sudi ushbu arizani 2018 yil, 19 noyabr kuni sudya D. Imatov tomonidan ko‘rilishini bizga xabar berdi", deyilgan Ozodlikka namanganlik tadbirkordan kelgan xatda...

***

Men, Nasriddinov Xamidullo Namangan shahar, Yangibog‘ 4- berk ko‘cha 2- uyda yashab kelmoqdaman, 4 farzandim bor, hozirgi kunda nafaqadaman.

2000 yili “Avazbek 2000” MChJ tuzganman. 4 ta yuk avtomobilini sotib olib, litsenziya va shartnoma asosida 2006-2011 yil davomida “Namanganobodonchiligi” MChJda ishlaganman.

“Namanganobodonchiligi” mendan, ya’ni “Avazbek 2000” MChJdan 54 mln. so‘m qarz bo‘lib qolgan. Bu 2011 yili Namangan viloyat xo‘jalik sudi qarori bilan tasdiqlangan va qaror ijro uchun Sud departamentining Namangan shahar bo‘limiga yuborilgan.

2011 yil dekabrda qarzdor “Namanganobodonchiligi” va xaqdor “Avazbek 2000” MChJ o‘rtasida “Cho‘ja dam olish maskani”ni natura holida qarzdorlik evaziga berish to‘g‘risida kelishuv bitimi tuzilgan.

Bitim Xo‘jalik sudining 2011 yil, 2 dekabrdagi ajrimi bilan tasdiqlangan va bu ko‘chmas mulk mening mulkimga aylanib, kadastr xujjatlari dalolatnomasi tuzilgan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Ammo 2012 yil, 3 yanvar kuni qarzdor jamiyat sobiq
rahbari B.Bo‘taev, uning o‘g‘li A.Umarjanov va bog‘bon
M.Ubaydullaevlarning arizasi bo‘yicha Namangan shahar va viloyat prokuraturasi, Xo‘jalik sudi, fuqarolik
sudlarining qarorlari asosida ushbu ko‘chmas
mulk reyderlik yo‘li bilan mendan tortib olib qo‘yildi va natijada men transportlarimdan ham ajrab, tadbirkorligimni vaqtinchalik to‘xtatganman.

2012-2014 yillarda ushbu holat yuzasidan bir necha marotaba prokuratura va sudlarga ariza qilib, arizamga adolatli javob olmadim va nohaqlik natijasida qand kasaliga uchrab, hozirgacha sarson bo‘lmoqdaman.

Yuqoridagi tergov qarorlarini asos qilib, 2012 yil 18 may kuni sudya X.No‘’monov tomonidan chikarilgan xal qiluv
qaroridan norozi bo‘lib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudiga arz qildim va sudya D.Imatov 2018 yil 14 sentabr kuni ushbu ishni bir tomonlama ko‘rib, tergov xulosalarini inobatga olmasdan, guvohlarni so‘roq qilmasdan, asossiz ravishda bizning arizani rad qildi.

Biz sudya D.Imatovning ajrimidan norozi bo‘lib, FIB Namangan viloyat sudiga xususiy shikoyat qildik va sud xay’ati 2018 yil, 25 oktabr kuni Uchqo‘rg‘on fuqarolik sudi sudyasi D.Imatovning ajrimini bekor qilib, ushbu arizani yana Uchqo‘rg‘on fuqarolik sudiga qayta ko‘rish uchun yubordi.

Uchqo‘rg‘on fuqarolik sudi ushbu arizani 2018 yil, 19 noyabr kuni sudya D. Imatov tomonidan ko‘rilishini bizga xabar berdi.

Biz ushbu arizani Uchqo‘rg‘on fuqarolik sudi tomonidan ko‘rilishiga norozilik bildirib, raddiya ariza qildik, ammo Uchqo‘rg‘on fuqarolik sudining raisi Rajabov 2018 yil, 19 noyabr kuni bizning raddiya arizamizni inobatga olmay sud ishini bir tomonlama ko‘rdi. Kerakli bo‘lgan guvohlarni sud majlisiga jalb etmadi. Tergov xulosalarini inobatga olmadi. Hattoki Uchqo‘rg‘on tuman prokurori yordamchisi A.Ibrohimov sud majlisida sud ishini to‘la o‘rganilmaganligini bildirib, bizni arizamizni qanoatlantirishni so‘raganiga qaramay, sudya Rajabov sud majlisini bir soat ichida arizamizni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqardi.

Biz ushbu holatlardan norozi bo‘lib bir necha marta Oliy Sudga va Namangan viloyat fuqarolik sudlariga murojaat qildik, ammo arizamiz yana Uchqo‘rg‘on Fuqarolik sudiga yuborilmoqda.

Men ushbu holatdan norozi bulib, adolat izlab sizlarga - Ozodlik radiosiga murojaat qilmokdaman.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, mening O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan haq-huquqlarimni hisobga olgan holda yuqorida ko‘rsatilgan sudlar tomonidan qonunga xilof ravishda chiqarilgan qarorlarni sudlar hay’ati komissiyalari tomonidan odilona o‘rganib chiqilishi va qonuniy baho berilishini va tadbirkorlik faoliyatimni qayta tiklashim uchun qonuniy amaliy yordam berishni so‘rayman.

Ushbu murojaatimni Ozodlik radiosi orqali eshittirishingizni va kerakli organlarga yuborilishini so‘rayman.

Tadbirkor X.Nasritdinov

XS
SM
MD
LG