Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:40

"Qurilishning “q”cini bilmaganlar ham quruvchilik qilyapti"


O‘zbekistonda qurilish sohasida oddiy prorablikdan boshlab bosh injener vazifasigacha ko‘tarilgan, sohada qirq besh yil ishlagan samarqandlik 72 yashar Mirza Habibullaning OzodMikrofonga kuyunib aytishicha, bugun mamlakatdagi qurilishlarda mutaxassisligi bo‘lmagan odamlarning ishlayotgani ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

“Hozirgi qurilish firmalarida bor-yo‘g‘i 30-40 kishi hisobda turadi, qolgan quruvchilarni mardikor bozordan olib kelishadi. Na bir mustahkam loyiha, na sifatli sement, na sifatli armatura bor. Men Xudodan iltijo qilib so‘raymanki, Toshkent yoki Gazli zilzilalari sodir bo‘lmasin”, deydi Mirza Habibulla.

Qurilish mutaxassisining sohadagi muammolar haqidagi fikrlarini quyida tinglang:

Қурилишини “қ” ҳарфини билмаганлар ҳам қурувчилик қиляпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:48 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG