Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 18:44

Alisher Usmonov bir oyda 1,3 milliard dollarga boyidi


Bloomberg dunyodagi 500 eng boy kishilar reytingini yangiladi. 1 fevralda e’lon qilingan h​isob-kitoblarga ko‘ra, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik oligarx Alisher Usmonov 2019 yil boshidan buyon o‘z boyligini 1 milliard 290 millionga ko‘paytirib, 15,4 milliard AQSh dollariga yetkazgan​.

Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingida keltirilishicha, Alisher Usmonov dunyodagi eng badavlat 500 kishi ro‘yxatida 68- o‘rinni egallagan.

Dunyodagi eng badavlatlar ro‘yxatining boshida 142 milliard dollar mablag‘ yiqqan Jeff Bezos qayd etilgan.

65 yashar rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Metalloinvest” kompaniyasini boshqarib kelayotgan USM Holding investitsiya guruhining 48 foizini egallab keladi. Bu shirkat Rossiyada eng yirik temir rudasi qazib oluvchi korxonalardan biridir.

O‘z o‘rnida, “Metalloinvest” Rossiyaning eng yirik aloqa operatori - “Megafon"ni boshqaruvchi “AF Telekom Xolding”ning egasi hamdir.

Asta-sekinlik bilan ishlab chiqarish sohalaridagi mablag‘larini Internet biznesiga yo‘naltirishni boshlagan Alisher Usmonov oxirgi bir yilda Xitoyning jd.com va Alibaba riteylerlari, Airbnb ijara xizmati va Spotify musiqa servisida katta ulushlarni sotib oldi.

2019 yilning 1 fevraliga kelib Alisher Usmonovning umumiy boyligi 15,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. U hozirgacha Londonning “Arsenal” futbol jamoasi aksiyalarining 30 foizini ushlab turgani, 2017 yilning aprelida esa, Toshkentning “Paxtakor” klubi aksiyalarini sotib olgani ma’lum.

Oxirgi intervyularidan birida u Toshkentdagi Islom markaziga 100 million dollar ajratganini aytgan.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov Alisher Usmonovning ushbu markazga qiymati 8 million dollarga teng bo‘lgan 4 923 nomdagi nodir kitoblar kolleksiyasini tuhfa qilganini bildirdi.

Alisher Usmonov 1953 yilning 9 sentabrida Namangan viloyatining Chust shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi Burxon Usmonov Toshkent shahar prokurori bo‘lgan.

Ayni paytda¸ Usmonov Forbes jurnali mezonlari bo‘yicha dunyoning eng nufuzli shaxslari ro‘yxatining 58-pog‘onasiga qo‘yilgan.

Usmonov ham Rossiya¸ ham O‘zbekiston prezidenti bilan yaqin aloqada va har ikkala davlat rahbari tomonidan taqdirlanib kelmoqda.

Joriy yil avgustida 65 yoshga to‘lgan Usmonovni Shavkat Mirziyoev «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlagan bo‘lsa¸ Vladimir Putin noyabr oyida unga III darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordenini berdi.

The Daily Telegraph nashriga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati Vladimir Putin va uning rejimi bilan bevosita bog‘liq ekani aytilayotgan olti biznesmen, jumladan Alisher Usmonovga tadbirkorlik qilishga to‘sqinlik qilishi to‘g‘risida Ozodlik xabar bergandi.

XS
SM
MD
LG