Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:32

Andijonda sement zavodi ishga tushdi. Qirg‘izistondan sement olib kirish hech bir izohsiz to‘xtatildi(VIDEO)


O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi neytral hududda qolayotgan furalar.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi neytral hududda qolayotgan furalar.

13 maydan boshlab O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi Do‘stlik bojxona postidan sement ortilgan yuk mashinalarini O‘zbekistonga o‘tkazish to‘xtatildi.

20 may kuni Ozodlikka murojaat qilgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar hozirda har biriga 20 tonnadan sement ortilgan kamida 105 ta yuk mashinasi ikki davlat chegarasidagi neytral hududda muallaq qolganini bildirdi.

Bojxona qo‘mitasi mas’ullari Ozodlikning Qirg‘izistondan sement olib kirishning qaysi asosda to‘xtatilganiga oid savollariga hozircha javob bermadi.

Qirg‘iziston Bojxona qo‘mitasi esa¸ sementning nega O‘zbekistonga kiritilmayotgani haqida o‘zbek tomonidan biror rasmiy bildiruv berilmaganini aytdi.

Qirg‘izistondan sement olib kirish hech bir ogohlantirish va izohsiz to‘xtatildi

Ozodlikka o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi Do‘stlik bojxona postining qirg‘iz tomonidan murojaat qilganlar o‘zlarini "vodiylik tadbirkorlar", deb tanishtirdi.

Ularning aytishicha¸ 13 may kuni O‘sh viloyatidagi sement zavodidan sotib olingan sement yuklangan furalar Qirg‘iziston bojxona nazoratidan o‘tib¸ mashinalar tegishli tarzda muhrlangan.

O‘sha kundan beri O‘zbekiston bojxonachilari bu yukning o‘z hududiga kirishini hech bir rasmiy izohsiz taqiqlab qo‘ygan.

«Oldiniga prezident Andijonga kelayotgani uchun to‘xtatishdi¸ ketishi bilan o‘tkazishsa kerak¸ deb o‘yladik. Ammo mana bir hafta bo‘layapti¸ hali o‘tkazish-o‘tkazmasligi noma’lum. Kamida 105 ta fura 13 maydan beri neytral zonada turibmiz. Qirg‘iz tamojnyasi bizning hududdan chiqti¸ deb plomba urgani uchun orqaga qaytolmaymiz. O‘zbekiston tomoni kiritmayapti. Neytral zonada turish ham pul¸ bir hafta turganimizga 9000 qirg‘iz so‘mi (100 dollardan ko‘proq) to‘ladik¸ kuniga to‘lashimiz kerak. Eng yomoni¸ bizga nimaga o‘tkazishmayotganini umuman aytishmayapti. Bojxonachilar¸ biz emas¸ Toshkentdan shunaqa buyruq keldi¸ deyapti¸ boshqasini aytmaydi”¸ deydi Ozodlik gaplashgan fura haydovchilaridan biri.

Suhbatdoshlar o‘z so‘ziga o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi neytral hududda to‘xtab turgan furalar aks etgan surat va videolarni ilova qildi.

100 дан ошиқ цемент ортилган фура ўзбек-қирғиз чегарасидаги Дўстлик божхона постидан Ўзбекистонга киритилмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00

Har bir furada 20 tonnadan sement bor. Ba’zilar uni o‘z ishlab chiqarishiga olgan¸ boshqalar Andijondagi qurilishlar bilan shartnomaga asosan olib kelayapti. Qirg‘iz sement zavodi bilan shartnomaga asosan mahsulot puli 100 foiz oldindan to‘langan. Ular “biz senga sementni berdik¸ qirg‘iz tamojnyasidan o‘tkazdik¸ u yog‘i bizning problema emas”¸ deyapti. Prezident portaliga ham yozdik¸ birov bir tushuntirish ham bermayapti¸ qachon o‘tkazishini ham aytmayapti”¸ deydi Ozodlik gaplashgan vodiylik tadbirkorlardan biri.

Ozodlik haydovchilarga berilmayotgan izohni olish maqsadida Do‘stlik bojxona posti¸ Bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi¸ qolaversa¸ Davlat Bojxona qo‘mitasi mas’ullari bilan bog‘landi.

Bu rasmiylarning birortasi nega sement ortilgan yuk mashinalarining O‘zbekiston hududiga kiritilmayotganiga biror jo‘yali izoh bermadi.

Sement yuklangan furalarning o‘tkazilmayotganini tasdiqlagan bojxona mulozimlaridan biri “bu bizga bog‘liq emas”¸ desa-da¸ kimga¸ nimaga bog‘liqligiga izoh bermadi.

Andijon bojxona mulozimlaridan biri esa¸ “bunday muammodan bexabarligi”ni aytib¸ sementi kiritilmayotgan tadbirkorlarning o‘ziga murojaat qilishi lozimligini bildirdi.

Ozodlik o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi neytral bojxona hududida 100 dan oshiq sement ortilgan furaning turib qolganiga izoh olish uchun Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati bilan ham bog‘landi.

Voqeani o‘rganib¸ Ozodlikka javob qaytargan qo‘mita matbuot xizmati¸ Qirg‘iziston tomondan hech qanday muammo yo‘qligi¸ o‘zbek tomoni esa¸ bu furalarning nega O‘zbekiston hududiga kiritilmayotgani haqida hozircha qirg‘iz tomoniga biror rasmiy izoh bermaganini bildirdi.

Import sement imtiyozdan mahrum bo‘ldimi?

Prezident Mirziyoevning 2018 yil 17 yanvar kungi 3479-sonli qarori bilan sement 2020 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz berilgan import materiallar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Ozodlik gaplashgan tadbirkorlar¸ amalda bu imtiyoz sementning 20 foizlik qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etilganidan iboratligini bildirdi.

Hamma joyda siti qurish boshlanib¸ o‘zimiznikilar sement yetkazib berolmay qolgandan keyin shunaqa imtiyoz berilgandi. Endi sement zavodi egalari prezidentga bozorni yoping¸ degan shekilli¸ bizning yo‘limizni yopib qo‘yishdi”¸ dedi ayni shu qarordan keyin sement importi bilan shug‘ullanishga o‘tganini aytgan tadbirkorlardan biri.

Joriy yil boshida sementga berilgan bu imtiyoz muddati 2019 yil 1 oktabriga qadar qilib qisqartirildi.

Hozircha ochiq manbalarda O‘zbekistonga sement olib kirishga oid qonun-qoidalarning o‘zgarganiga oid biror rasmiy ma’lumot yo‘q.

Bu mavzuga oid so‘nggi rasmiy muhokama 14 may kuni bo‘ldi. Shu kuni qurilish materiallari narxini arzonlashtirish masalasida maxsus videoselektor yig‘ilish o‘tkazgan prezident Mirziyoev¸ O‘zbekistonning “sement mustaqilligi”ga erishgani haqida gapirdi.

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Andijon va Navoiy viloyatlarida har biri 2 million tonna quvvatga ega 4 ta sement korxonasi ishga tushirildi. Yil yakunigacha 3,5 million tonna quvvatli yangi zavodlar foydalanishga topshirilib, yillik salohiyat 15 million tonnaga yetkaziladi. Bu sementga bo‘lgan ichki talabni ta’minlab, narxini arzonlashtirish imkonini berishi qayd etildi»¸ deb yozdi bu yig‘ilish haqida prezident matbuot xizmati.

«Qirg‘iz sementining arzonligi biznikilarga yoqmadi…»

Ozodlik gaplashgan o‘zbekistonlik sement importchilari¸ janubiy Qirg‘iziston hududida bir nechta sement zavodi borligi va ular mahsulotining O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgandan arzon va sifatliroq ekanini aytadi.

«Bizning Andijonda sotish narximiz¸ jami xarajatlarni qo‘shganda ham¸ kilosiga 650 so‘m. «Quvasoysement» va boshqalarniki¸ kilosiga 70-80 so‘m qimmat. O‘zbekistondagi zavodlar sementga ishlatiladigan klinkerni Qirg‘izistondan oladi. Klinker sementning sifatini belgilaydi. Ular klinkerni kamroq solganidan¸ sifati yaxshimas»¸ deydi O‘zbekiston sement importchilaridan biri.

2018 yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining O‘shda o‘tkazilgan ikkinchi majlisida bosh vazirlar Abdulla Aripov va Muhammedqaliy Abilg‘aziev ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsion hamkorlik to‘g‘risidagi yo‘l xaritasini imzolagan edi.

Bu uchrashuvda O‘sh viloyati tadbirkorlari bilan 5 million dollarlik shartnomalar imzolangani aytilgan¸ xususan Qirg‘izistonning janubiy viloyatlaridagi sement zavodlarida ishlab chiqarilgan mahsulotni O‘zbekiston sotib olishi to‘g‘risida kelishuv imzolangan edi.

Ana shu kelishuv asosida O‘zbekistonga sement tashiyotgan qirg‘iz haydovchilari ham 20 may kuni "10 kundan beri" O‘zbekistonga sement o‘tkazishga ruxsat berilmayotganiga norozilik aks etgan videorolikni Youtube portalida e’lon qildi.

Chegara hududida navbat kutayotgan bu mashina haydovchilari Qirg‘iziston hukumatidan Toshkentdan rasmiy izoh olishni so‘raydi.

"Yo o‘tkazib o‘tkazmaydi¸ yo aniq bir gap aytmaydi. Furalarimizdagi sementni nima qilishni bilmay o‘tiribmiz. Har bir kun bizga qimmatga tushmoqda"¸ deb shikoyat qildi qirg‘iz sement tashuvchilari bu videomaterialda.

Andijonda ish boshlagan yangi sement zavodi kimniki?

O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 20 iyul kuni imzolagan maxsus qarori bilan Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega 203,9 millionlik dollarlik yangi zavod qurilishi boshlangan edi.

Prezident matbuot xizmatining 14 may kungi xabarida "Andijonda yangi sement zavodining ishga tushirilgani" aytildi.

Ozodlik gaplashgan vodiylik tadbirkorlar¸ arzon va sifatli qirg‘iz sementining O‘zbekistonga kirishi to‘xtatilishi ortida "manfaatli guruh" turganini taxmin qilishlarini bildirdi.

Prezident qarorida Buloqboshi sement zavodi qurilishida qatnashgan korxonalar asosida tuzilgan “Shangfeng-Bridge of Friendship” MChJ ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng 5 yilgacha daromad, mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga oid soliqlardan ozod etilgan edi.

Ayni paytda¸ 200 millionlik zavod qurgan "xorijlik va mahalliy investorlar"ning kim ekaniga oid ma’lumot jamoatchilikka ochiqlanmadi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG