Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 06:53

Tibbiyotni o‘qimay tabibchilik qilishga ruxsat berildi. “Hasan tabib”lar ko‘payadimi yo aksi bo‘ladimi? (VIDEO)


Litsenziyasiz tabiblik bilan shug‘ullangan Hasan Ismoilov Shahrixon tuman ma’muriy sudining 2018 yil 24 dekabr kungi qarori bilan "noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan"likda aybdor deb topildi va eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Shavkat Mirziyoev 22 may kuni imzolagan qonun bilan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

1996 yilgi qonunga: “Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar”¸ degan yangi qism qo‘shildi.

Ozodlik suhbatlashgan oliy ma’lumotli ayrim vrachlar “savodsiz “tabib”larni 11 yil o‘qigan vrachga tenglashtirish bu – genotsid”¸ desa¸ bu o‘zgarishni izohlagan Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddisi¸ uni “xalq tabobatini sharlatanlardan tozalash uchun huquqiy asos”¸ deya izohladi.

Vazirlik izohi: Xalq tabobati huquqiy doiraga olindi!

O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatadigan tibbiy muassasaga litsenziya berish vakolati Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasiga berilgan.

Mazkur boshqarmaning Ozodlik gaplashgan mutasaddisi tibbiy ma’lumoti yo‘qlarga aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishga ruxsat berilganini hozirga qadar huquqiy doiradan chetda qolib kelgan muammo yechimi sifatida izohladi.

O‘zbekistondagi tabobatchilar orasida bir necha avlodi giyohvand o‘tlar bilan davolab kelayotgan tabiblar ham bor¸ aldoqchi¸ sharlatanlar ham. Hozirgacha ularning faoliyati huquqiy jihatdan tartibga solinmagan edi. Ularga hech kim ruxsat bermaydi¸ soliq topshirmaydi¸ lekin aholini "davolab" ëtipti. Biz xohlayapmizmi¸ xohlamayapmizmi¸ vrachlarimiz xafa bo‘layaptimi¸ bo‘lmayaptimi¸ xalq ularga borayapti. Kun tartibida jiddiy muammo bor edi. Xalq tabobati usullari bilan shug‘ullanishni litsenziyalash bilan bu soha huquqiy maydonga kiritildi”¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan vazirlik mutasaddisi.

“Hukumat meditsina darajasini ko‘tarish o‘rniga johillikni qo‘llayaptimi?

Prezident qarori bilan milliy qonunchilikka kiritilgan o‘zgartish oliy ma’lumotli vrachlar va zamonaviy meditsina tarafdorlari tomonidan tanqidiy ruhda qarshi olindi.

Boshlanarkanda yana kuniga uchta mayiz¸ 11 donadan xandon pista” bilan davolash”¸ degan posting ijtimoiy tarmoqda tarqay boshladi.

(Bu – oldiga kelgan bemorlarning hammasiga bir xil “kuniga uch mahal asal choy ichish va 11 donadan xandon pista chaqishni” buyurgan shahrixonlik Hasan tabibga ishorat -tahr.)

Ozodlik gaplashgan vrachlardan biri “savodsiz “tabib”larni 11 yil o‘qigan vrachga tenglashtirishni “genotsid”ga qiyosladi va hukumatni zamonaviy meditsinani rivojlantirish¸ tibbiy xizmat sifatini ko‘tarish o‘rniga ilmsizlikni targ‘ib qilishda aybladi.

Shifokorlarni himoya qiladigan yangi qonun nimaga qabul qilinmay to‘xtab qoldi? Nimaga Vazirlar Mahkamasi reglamentiga asosan ushbu qonun loyihasi 7 kun ichida ko‘rib chiqilmayapti? Qonunchilikda muammo yo‘q bo‘lsa¸ nimaga tibbiyot xodimlari huquqlarining poymol bo‘lish holatlari ko‘payib bormoqda? Prezident¸ hukumat meditsina xodimlariga o‘z ishi bilan professional shug‘ullanish imkonini berish¸ ularni himoyalash¸ tibbiy xizmat darajasini ko‘tarish o‘rniga¸ chalasavod tabiblarni qo‘llash bilan ovora. Xalqni yana siydik bilan¸ axlat bilan “davolovchilar” quchog‘iga itarmoqda”¸ deydi Ozodlik gaplashgan vrachlardan biri.

Ijtimoiy tarmoqda bu o‘zgarishga munosabat bildirgan vrachlardan yana biri tibbiy ma’lumotsizlarning tibbiyot bilan shug‘ullanishiga ruxsat etish aholiga noto‘g‘ri mujda berishidan xavotir bildirdi.

Noma’lum kasallikning qo‘rquvi odamlarni ilmiy va ob’ektiv metodlardan uzoq bo‘lgan usullarga yetaklab boradi. Tibbiyot o‘zining rivojlanishi natijasida odamlar bir paytlar butun bir xalqni qirib yuborgan kasalliklarni birlamchi profilaktika/vaksinatsiya/ antibiotiklar bilan davolashni o‘rganishdi. Jarrohlikning kam invaziv usullari ko‘llanila boshlandi. Mana bu tabib nusxalar esa hali-hanuz kasallarni axlat bilan davolashda davom etayapti. Odamlar esa ularga murojaat qilishda davom etishmoqda. Hozirgi kunda birorta sehr bilan davolash nazariyasi ilmiy tajribalarda o‘rganilmagan. Birorta hujjat topa olmaysan. Lekin bir dunyo sharlatanlar qo‘lga olingan”¸ deb yozdi o‘zbekistonlik vrachlardan yana biri.

Istagan odam tabib bo‘lavermaydi!

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysi o‘zbekistonlik vrachlarning bu xavotirlarini aritishga urindi.

“Bu o‘zgartirish istagan odam xalq tabobati bilan shug‘ullanadi¸ degani emas. Qonunga qaralsa¸ unda Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan maxsus komissiyaning xulosasi asosida¸ degan joyi bor”¸ dedi vazirlik mutaxasisisi.

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishni sharhlay turib suhbatdosh¸ haqiqiy tabibdan aldoqchi-sharlatanlarni ajratish-saralash bilan qonunda aytilgan maxsus komissiya shug‘ullanishini bildirdi.

Komissiya tarkibida xalq tabobati uslubida ishlaydigan shifokorlar bor¸ ekologlar¸ biotok bilan ishlayman¸ deydiganlarni tekshirish uchun injenerlar¸ shuningdek ruhshunoslar bor. Ana shular murojaat qilgan tabibning tibbiyot haqida¸ inson organizmi haqidagi umumiy bilimlarini¸ o‘z sohasidagi tajribasini atroflicha o‘rganib¸ xulosa beradi. O‘zgarishni¸ xohlagan odam tibbiyotga kirib keladi¸ deb tushunish to‘g‘ri emas”¸ deydi mutaxassis.

Kuf-sufchi va Hasan tabiblar nima bo‘ladi?

Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi mutasaddisi har xil diniy aqidalar vositasida davolash iddaosidagilarning xalq tabobatiga umuman aloqasi yo‘qligini aytadi.

Unga ko‘ra¸ bu tasnif huquqiy poydevorga qo‘yilgan.

Diniy yo‘nalishda davolayman¸ deydiganlar uchun bitta buyruqni yil boshida Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazdik. 3111-sonli buyruqda diniy yo‘nalishda¸ okkultizm bilan davolovchilar faoliyati xalq tabobatiga kirmaydi¸ deyilgan. Ularga vazirlik xulosa bermaydi¸ litsenziya ham berilmaydi. Bular o‘z-o‘zidan ruxsat beriladigan chegaradan chiqqanlar bo‘ladi”¸ dedi mutasaddi.

XS
SM
MD
LG