Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:11

Buxorodagi qadimiy tut daraxti muftiy buyrug‘i bilan “sof Islomga” to‘g‘ri kelmagani uchun olib tashlandi


Kesilgan tut tuvakdagi gullar turgan supa o‘rnida edi (o‘ngdagi surat) va tutning kesilgan qismi (chapdagi surat)
Kesilgan tut tuvakdagi gullar turgan supa o‘rnida edi (o‘ngdagi surat) va tutning kesilgan qismi (chapdagi surat)

Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan «Xo‘ja Bahouddin Naqshband» ziyoratgohidagi qadimiy tut daraxti 9 iyun kuni olib tashlandi.

Ziyoratgoh vakilining 12 iyun kuni Ozodlikka aytishicha¸ daraxtning bir qismi kesilib, muzeyga berilgan.

Madaniyat vazirligi vakiliga ko‘ra¸ bu tut daraxti, Surxondaryodagi budda haykali va boshqa osori atiqalar turistlarni o‘ziga jalb qilib kelgan.

"Bu osori atiqalarning mahalliy klerikallar talabi bilan nobud qilinishi tashqi dunyo va turistlar uchun salbiy signaldir"¸ dedi vazirlik vakili.

«Xo‘ja Bahouddin Naqshband» ziyoratgohi rasmiy saytida “qadimiy tut daraxti O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning joriy yil 7 may kunidagi «Daraxt va tosh kabilarni muqaddas deb bilishning shirkligi to‘g‘risida»gi fatvosiga asosan” ziyoratgoh hududidan olib tashlangani bildirilgan.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov imzolagan hujjatda “Buxorodagi mutasaddi tashkilotlar bilan kelishgan holda daraxtni olib tashlash zarurligi” bayon qilingan.

Musulmonlar idorasi hujjati
Musulmonlar idorasi hujjati

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasiga qarashli «Xo‘ja Bahouddin Naqshband» ziyoratgohining ismi ochiqlanmasligini so‘ragan xodimi hamda Musulmonlar idorasining Buxorodagi vakili Jobir Elovlar Usmonxon Alimov imzo chekkan 1151 raqamli hujjatga asoslanib qadimiy tut daraxtini olib tashlashgan.

Hujjatda “Kogon tumani «Xo‘ja Bahouddin Naqshband» ziyoratgohidagi daraxtni tavof qilish kabi shirk amallar tarqalgani sabab¸ bu daraxtni olib tashlash so‘ralgan”.

Ziyoratgoh vakilining Ozodlikka aytishicha¸ 9 iyun kuni daraxt ziyoratgoh sahnidan olib tashlangan.

Qadimiy tut daraxtining “sof islomga” to‘g‘ri kelmagani uchun olib tashlangani ijtimoiy tarmoqning muttaassiblikka moyil segmentida “siyosiy islomning navbatdagi g‘alabasi”, deya baholandi.

Ayni paytda ba’zi yuzerlar bu holatni O‘zbekiston Konstitutsiyasi 12- moddasinig buzilishi deya xavotir bildirishdi.

Konstitutsiyaning 12-moddasida “Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”, deyiladi.

O‘zbekiston madaniyat vazirligi matbuot kotibi Ozodlik bilan suhbatda “O‘zbekiston tabiati va tarixini tamsil qiluvchi osori atiqalarga klerikal yondashib, ularni nobud qilish amalini qoraladi”.

Madaniyat vazirligi vakiliga ko‘ra¸ bu tut daraxti¸ Surxondaryodagi budda haykali va boshqa osori atiqalar turistlarni o‘ziga jalb qilib kelgan.

"Bu osori atiqalarning mahalliy klerikallar talabi bilan nobud qilinishi tashqi dunyo va turistlar uchun salbiy signaldir"¸ dedi vazirlik vakili.

Siyosatshunos Rafael Sattorov qadimiy tut daraxtining muftiy buyrug‘iga ko‘ra¸ mahalliy muzey xodimlari tarafidan olib tashlanishida muammo ko‘radi:

- O‘zbekiston dunyoviy davlat va dindan ajratilgan. Davlat idorasi xodimi muftiyning gapi bilan qadimiy daraxtni olib tashlashi dunyoviylik prinsipiga zid. Muftiy yoki sof islom ekanligini iddao qilgan guruh istagiga ko‘ra¸ ular nazarida kufr deb bilingan tut daraxtining kesilgani jamiyat uchun xavfli signal.

Рафаел Сатторов: Тут дарахтининг кесилиши Бомиëндаги Будда ҳайкалини портлатиш билан бир амалдир.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:51 0:00

Rafael Sattorovning yana aytishicha¸ O‘zbekistonni shariat davlatiga aylantirmoqchi bo‘lgan guruhlar "kichik g‘alabalar" degan prinsipni qo‘llamoqda:

- Bu guruh uchun tut daraxtining olingani kichik g‘alaba. Istiqboldagi katta g‘alabaga eltuvchi zinapoya. Hukumat populizm yo‘lidan borib, diniy guruhlarni parvarishlash asnosida o‘z oyog‘iga bolta uradigan tizimga doyalik qilayotganini tushunmayapti. Tut daraxtining kesilishi Bomiyondagi Budda haykali va Suriyadagi so‘fiy ziyoratgohlarini portlatish bilan bir xil amaldir.

Naqshbandiyning hassasi

Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan «Xo‘ja Bahouddin Naqshband» ziyoratgohi hovlisida 9 iyungacha mavjud bo‘lgan tut daraxtining yoshi 700 yil ekani aytiladi.

Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi xodimining Ozodlikka aytishicha¸ bu tut daraxtining yoshi kattaligi olimlar tarafidan aniqlangan:

- Sovet Ittifoqi davrida SSSR Fanlar akademiyasining o‘rmonchilik instituti xodimlari kelib dendroxronologik analiz qilib daraxt yoshi 500 yildan ko‘p ekanligini aniqlashgan.

Mahalliy aholi ishonadigan rivoyatga ko‘ra, 1389 yili olamdan o‘tgan Xo‘ja Bahouddin Naqshband o‘z hassasini yerga tiqqanida ildiz otib meva qilgan.

Bu qadimiy tut daraxti so‘fiylik oqimi liderlaridan biri Xo‘ja Bahouddin Naqshband ismi bilan bog‘lanib tabarruk qilinib kelingan edi.

Avliyo va anbiyolar nomi bilan bog‘lanadigan qadimiy tut daraxtlari dunyoning boshqa mamlakatlarida ham bor.

Masalan Falastindagi Ierixon shahrida Isoi Masih soyasida o‘tirib dam oldi deya ishoniladigan tut daraxti mavjud.

XS
SM
MD
LG