Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:44

Xyuman Rayts Uotch o‘z tadqiqotchisi Toshkentda "og‘zaki hujumga" nishon bo‘lganini bildirdi


Sayyod.com sayti rahbari Sardor Komilov va uning sheriklari. Surat Sverdlov tomonidan unga bo‘lgan so‘z hujumi payti olingan.
Sayyod.com sayti rahbari Sardor Komilov va uning sheriklari. Surat Sverdlov tomonidan unga bo‘lgan so‘z hujumi payti olingan.

Bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan Xyuman Rayts Uotch (HRW) inson huquqlari tashkiloti o‘zining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov inson huquqlari buzilishi xolatlarini o‘rganish uchun O‘zbekistonga borgan paytda agressiv og‘zaki hujumlariga nishon bo‘lganini ma’lum qildi.

Xyuman Rayts Uotch 14 iyun kuni tarqatgan bayonotga ko‘ra, voqea joriy yilning 13 iyunida Toshkentda sodir bo‘lgan.

HRW voqeani "agressiv og‘zaki hujumi" deb atab, uni keskin qoraladi.

Tashkilotga ko‘ra, Sverdlovga qilingan hujum O‘zbekistondagi boshqa huquq himoyachilari va jurnalistlarga qarshi keng ko‘lamli obro‘sizlantirish kampaniyaning bir qismi bo‘lgan.

Xyuman Rayts Uotch bayonotida aytilishicha, 13 iyun kuni ertalab, Sardor Komilov ismli video bloger (Sayyod.com sayti rahbari) va yana to‘rt kishi Toshkent shahrida Sverdlov to‘xtagan mehmonxonaga borishgan.

"Komilov mehmonxona xodimlariga Sverdlovning mehmoni ekanini aytgan va uning xonasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Xyuman Rayts Uotch yordamiga muxtoj shaxs sifatida tanishtirgan.

Sverdlov uning oldiga tushgan payti Komilov va uning sheriklari uni har tomondan o‘rab olishgan, uning harakatlanishini to‘sib, ta’qib qilishgan va 20 daqiqa davomida video tasvirga olishgan", - deyiladi tashkilot bayonotida.

Voqeani tasvirlagan HRW yozishicha, Komilov Sverdlovga bir necha asossiz ayblovlar, so‘nggi haftalarda internetda paydo bo‘lgan asossiz bo‘htonlar bilan og‘zaki hujum qilgan.

Komilov va uning sheriklari Sverdlovga O‘zbekistondan daf bo‘lishni aytishgan.

Xyuman Rayts Uotch tashkilotining ijrochi direktori Kennet Roz bu hujum O‘zbekistondagi inson huquq himoyachilarini obro‘sizlantirish kampaniyasining bir ko‘rinishi ekanini aytadi:

"Biz bu jirkanch hujumni qoralaymiz. Bu Stivni qo‘rqitishga urinish bo‘lgani aniq va O‘zbekistondagi inson huquqlari tashkilotlari va huquq himoyachilarini obro‘sizlantirishga qaratilgan onlayn kampaniyaning bir qismi bo‘lib ko‘rinmoqda. Huquq himoyachilarining obro‘sini to‘kish uchun bu harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ham aniq", deb ta’kidlaydi Kennet Roz.

Xyuman Rayts Uotch uzoq yillik to‘sqinliklardan so‘ng 2017 yilda O‘zbekistonda faoliyatini qayta boshlagan edi.

Shu hafta boshida Stiv Sverdlov Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov bilan uchrashgan edi.

XS
SM
MD
LG