Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:38

Yulduz Usmonova “o‘g‘ri Gulnorani sog‘ingan”larni tanqid qildi (VIDEO)


Yulduz Usmonova va Obid Asomov Karimov davrida "zapret" qo‘yilgan san’atkorlar qatorida edilar.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zbek shou biznesining Gulnora Karimovani yaqin kunlarda ozodlikka chiqishini so‘rab duo qilayotgan va madh etayotgan ayrim vakillarini keskin tanqid qildi.

Юлдуз Усмонова “ўғри Гулнорани соғинган”ларни танқид қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

Internetda tarqatilgan videomurojaatda Yulduz Usmonova Gulnora Karimovani “o‘g‘ri”, deb atagan.

“Siz o‘g‘irlab qochsangiz, men qaysi o‘g‘rini sog‘inishim kerak? O‘g‘ri-yu u! Yig‘ishtiringlar bunaqa xom-xatala gaplarni. Ijodni qilinglar, mikrofonni tuzukroq olib, ashula aytishni o‘rganinglar” - degan Yulduz Usmonova shou-biznes vakillariga Gulnora Karimova “o‘g‘irlagan pullar miqdori”ni ham eslatib o‘tdi:

“Gulnora Karimovani davlat bilgan, tanigan, 1 milliardi tashqarida. 1 millard dollar, 1 milliard so‘m emas. Davlatning 1 tiyini ham xalqniki, Haqniki. Tushundilaringmi? Hali bilmaganlar qancha? Kim nima desa orqasidan ergashib ketaverish kerakmi, bo‘ldi qilinglar endi”, - dedi Yulduz Usmonova.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, Yulduz Usmonova Islom Karimov davrida Sherali Jo‘raev va Obid Asomov kabi muayyan vaqt “taqiqlangan san’atkor”lar qatorida bo‘lgan. Yulduz Usmonova o‘ziga qo‘yilgan taqiqni Gulnora Karimova vositasida hal etishga harakat qilgani ham aytib kelinadi.

U 2013 yili Dubaydagi konserti paytida Gulnora Karimovaga bag‘ishlangan “Gulisan” degan qo'shiq aytgan.

Yulduz Usmonova “Gulisan”, degan qo‘shiq taqdimotida O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizining sanoqsiz boyliklari bilan qiziqqan jurnalistlarni tanqid ham qilib o‘tgan edi:

- Sizlarni nima ishlaring bor uni puli qaerdan kelgani haqida?! Malika-ku u axir¸ uzumini yenglar, bog‘ini surishtirmanglar¸- degan edi Yulduz Usmonova.

​24-25 iyun kunlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek shou biznesining ayrim taniqli namoyandalari marhum prezidentning qamoqdagi qizi Gulnora Karimovaning yaqin kunlarda ozodlikka chiqishini so‘rab duo qilish va madh etishga kirishgan edi.

25 iyun kuni Toshkentdagi blogerlardan biri Ozodlik radiosiga prezident administratsiyasining ayrim mutasaddilaridan bu borada maxsus buyruq bo‘lganini iddao qilgandi.

Shaxsi sir qolishini so‘ragan bloger mazkur kampaniya jamoatchilikni Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqishiga tayyorlash va bu ehtimolga ijobiy munosabatni shakllantirish uchun uyushtirilganini bildirgan.

"O‘zbekkonsert” davlat idorasi litsenziya bo‘limi mutasaddisi esa Ozodlik bilan suhbatda bu iddaoni rad etgan edi.

23 iyun kuni Instagramda Gulnora Karimova nomidan xabar e’lon qilingan edi. Unda O‘zbekiston hududida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan 1 milliard 200 million dollarlik mol-mulk respublika byudjetiga taqdim etilgani iddao qilingan.

O‘zbekiston Moliya vazirligi Gulnora Karimova byudjetga 1 milliard 200 million dollarni qaytargani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi.

«Davlat byudjetiga undirilgan mablag‘larning fuqarolar kesimidagi hisobi Moliya vazirligi tomonidan yuritilmaydi. Bunda o‘tgan yili va joriy yilning birinchi yarmida ko‘rsatilgan miqdorda mablag‘lar byudjetga kelib tushmadi», — deyiladi rasmiy bildiruvda.

Gulnora Karimova O‘zbekiston Bosh prokuraturasi¸ qolaversa AQSh¸ Shvetsiya¸ Hollandiya va Shveysariya prokuraturasi tomonidan nihoyatda katta miqdordagi (bir necha milliard AQSh dollari haqida gap bormoqda – tahr.) korrupsiya va pul yuvishda ayblangan.

Ayni paytda Gulnora Karimova Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ayollar qamoqxonasida jazo muddatini o‘tamoqda.

XS
SM
MD
LG