Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:28

O‘zbekistonliklarning 86 %i AESni qo‘llashi aytildi. Ijtimoiy tarmoq va mustaqil mutaxassislar unga qarshi


O‘zbekiston - Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida AES qurilishi masalasida olib borilayotgan texnik tadqiqot ishlari. "O‘zatom" saytidan olingan surat.
O‘zbekiston - Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida AES qurilishi masalasida olib borilayotgan texnik tadqiqot ishlari. "O‘zatom" saytidan olingan surat.

O‘zbekistondagi “Ijtimoiy fikr” so‘rov markazi mart-aprel oylarida mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 85¸6 foizi mamlakatda Atom elektr stansiyasi (AES) qurilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Ayni paytda¸ ijtimoiy tarmoqlarda AES mavzuida qizg‘in bahs olib borayotgan mutaxassis va faollar¸ mustaqil ekspertlarning professional tadqiqoti xulosalari bu so‘rovda aks etmaganini aytmoqda.

Ozodlik gaplashgan energetika¸ xususan¸ yadro energiyasi bo‘yicha mutaxassislar¸ O‘zbekistonda birinchi AES qurish loyihasi bo‘yicha “jamoatchilik fikri turli mif va yolg‘onlar bilan kuchli manipulyatsiya qilinayotgani”ni aytdi.

Ular ta’kidicha¸ “Ijtimoiy fikr” o‘tkazgan so‘rov hukumat qarorini legitimlashtirish maqsadida uyushtirilgan kampaniya¸ xolos.

So‘rov xulosasi

“Ijtimoiy fikr” so‘rov markazining yetakchi tadqiqotchisi Marat Hojimuhammedovning Ozodlikka aytishicha¸ AES bo‘yicha mart-aprel oylarida O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘tkazilgan so‘rovda jami 1200 respondent qatnashgan.

So‘ralganlarning qariyb 70 foizi o‘zini bu mavzudan yaxshi xabardorligini bildirgan¸ ulardan 83 foizi O‘zbekistonda AES qurilishidan faxrlanishini bildirgan.

Respondentlardan har ikkitadan bittasi AES qurilishida ishlash istagini bildirgan.

Ulardan AESning atrof-muhitga zararli ta’siridan xabari bor-yo‘qligi ham so‘ralgan va 30 foiz respondent bunday salbiy ta’sirdan xabari yo‘qligini bildirgan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:13 0:00
Бевосита линк

So‘rov¸ Hojimuhammedovga ko‘ra¸ odamlarning O‘zbekistonda birinchi yadroviy reaktor qurish rejasidan qanchalik xabardorligi va ularning bu rejaga munosabatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan.

“Ijtimoiy fikr” so‘rov natijasida¸ o‘zbekistonliklarning aksariyati AES qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi¸ degan xulosaga kelgan.

Bu so‘rov va uning xulosasi “nojiddiy”

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi sobiq rahbarlaridan biri Anvar Husainov O‘zbekistonda Rosatom tomonidan birinchi yadroviy reaktor qurish loyihasi e’lon qilinganidan beri¸ ijtimoiy tarmoqlar¸ qolaversa mahalliy va xorij matbuoti orqali bu loyihaga jiddiy e’tiroz bildirayotgan mutaxassislardan biri.

12 iyul kuni Ozodlik bilan suhbatda Anvar Husainov¸ aholisi 33 milliondan oshiq O‘zbekistonda 1200 odam fikrini aksar xalq fikri sifatida taqdim etishning oddiy statistikaga ham to‘g‘ri kelmasligini aytadi.

- 1200 odam 33 milliondan oshiq o‘zbekistonlikning 0¸00003 foizini ham tashkil etmaydi. Bunaqa so‘rov¸ statistika qonunlariga ham to‘g‘ri kelmaydi. Rossiya qurib bermoqchi bo‘layotgan bu AES kamida 15 milliard dollarga tushadi. Buncha katta pulning yuki yana borib xalq yelkasiga tushadi. Shuning uchun¸ birinchidan¸ atom energiyasi¸ uning narxi¸ xavfsizligi¸ boshqa energiya manbalari haqida mustaqil mutaxassislar haqiqiy ma’lumotlarni jamoatchilikka ochiq taqdim etish kerak. Ana undan keyin¸ AES kabi jiddiy loyiha bo‘yicha xalqdan fikr so‘rash¸ kerak bo‘lsa¸ umumxalq referendumi o‘tkazish kerak bo‘ladi¸ deydi Husainov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:59 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonni atom elektr stansiyasi bor davlatlar klubiga qo‘shish tashabbusi ortida Rossiya harbiy-xavfsizlik manfaatlari yotganini ta’kidlagan Husainov¸ Mirziyoev hukumatini bunday vaziyatda milliy manfaatlarni himoya qilish¸ buning uchun labbaychi amaldorlar emas¸ balki mustaqil mutaxassislar fikriga quloq solishga chaqiradi.

AES qurmaslik uchun ming bir sabab

O‘z ilmiy tadqiqoti xulosasi hukumat¸ xususan¸ prezident targ‘ib qilaëtgan loyihaga qarshi bo‘lgani bois shaxsini ochqlamagan bir guruh o‘zbekistonlik mutaxassislar AES masalasida Ozodlikka kattagina maktub yo‘lladi.

17 sahifalik bu maktub¸ bir guruh mutaxassislarning jahon bo‘ylab ishlab turgan¸ ishdan chiqarilgan¸ qurilayotgan va yopilayotgan AESlar¸ ularning iqtisodiy rentabelligi¸ xavfsizligi va atom energiyasining boshqa energiya manbalari bilan qiësiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti xulosasidir.

Maktub mualliflari¸ atom elektr energiyasi ishlab chiqarish bozoridagi etakchi mavqeini boy bermaslik uchun Rossiya shavqatsiz ravishda O‘zbekiston rahbarlari va xalqini manipulyatsiya qilayotganini aytadi.

Bu mutaxassislar ta’kidicha¸ AESning arzon¸ toza va xavfsiz elektr manbasi ekani haqidagi gaplarning hammasi mif.

Aytilishicha¸ hozirda dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilayotgan atom energiyasining 92 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ulardan Germaniya 2022 yilgacha¸ Belgiya 2025 yilgacha¸ Ispaniya 2028 yilgacha ishlab turgan AESlarining hammasini yopishga ¸ Janubiy Koreya esa¸ qurilishi boshlanganlari bitgandan so‘ng¸ boshqa qurmaslikka qaror qildi. Sababi¸ atom stansiyasidan olinayotgan elektr narxi boshqalarga qaraganda bir necha baravar qimmat ¸ uning atrof-muhitga yetkazadigan ziyoni nihoyatda uzoqqa cho‘ziladigan jarayondir”¸ deyiladi Ozodlikka bir guruh olimlar yo‘llagan maktubda.

O‘z tadqiqotlari xulosasida bu olimlar¸ O‘zbekistonda quriladigan AESning xalq va ishlab chiqaruvchilarni arzon elektr energiyasi bilan ta’minlamasligi¸ uning boshqa energiya manbalaridan bir necha baravar qimmatga tushishini aytadi.

Maktub xulosasiga ko‘ra:

- Arzon deb aytilayotgan atom energiyasini olish uchun davlat byudjetidan yiliga 1¸5 milliard dollardan ko‘proq subsidiya ajratish kerak bo‘ladi; so‘m yetakchi valyutalarga nisbatan tebranib turgan vaziyatda davlat byudjetiga nihoyatda katta yuk qo‘yadi; hukumat garantiyasi bilan olinadigan tashqi qarzning keskin oshishi O‘zbekistonning suveren reytinggiga salbiy ta’sir qiladi; O‘zbekistonda AES qurish qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalarini yaratishga nihoyatda kuchli to‘siq bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi e’tirozlar

O‘zbekistondagi eng yirik so‘rov markazi 1200 odamning o‘zlari bilan yuzma-yuz suhbatda bergan javobidan kelib chiqib prezident va boshqa amaldorlar gaplariga mos xulosa chiqargan bir paytda¸ ijtimoiy tarmoqda “O‘zbekiston hududida AES qurilishiga qarshi o‘zbekistonliklar” guruhi faollashmoqda.

O‘zini “yorqin atom kelajagiga qarshi”lar deb taqdim qilgan bu guruh faollari o‘zi va bolalari ertasiga loqayd bo‘lmaganlarni “arzon elektr” degan yolg‘on bilan aytilayotgan AES ertagidan ogoh bo‘lish¸ “bir guruh firibgar va banditlar” tomonidan ishlab chiqilgan bu jinoiy rejani to‘xtatishga chaqiradi.

Bu guruh va ijtimoiy tarmoqlarda AES qurilishiga qarshi borayotgan boshqa muhokamalarda bu qadar qimmat va jiddiy loyihaning dab-durustdan kun tartibiga qo‘yilib¸ hukumatning Rossiya qattiq tiqishtirayotgan bu rejani shoshib-pishib ijro qilishga kirishgani keski e’tiroz uyg‘otmoqda.

Bitta oddiy uyni yolg‘ondan beradigan mutasaddilar (Andijondagi voqea nazarda tutilmoqda – tahr.) bor joyda atom reaktori qurib bo‘ladimi? Ertaga, Xudo ko‘rsatmasin, portlab ketsa, O‘zTV yana chiroyli dalalarni ko‘rsatib, «reaktor, qanaqa reaktor, hech narsa bo‘lgani yo‘q» deb o‘tiradi.

Boshqa, rivojlangan davlatlarga qarasak, bunaqa katta loyihalar dab-durustdan qurilmaydi. Avval konsalting firmalari elektr energiyasi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib, AES kerak yo kerakmasligi haqida xulosa qiladi. Bu xulosa jamoatchilik bilan keng muhokama qilinadi.

Keyin bo‘lajak stansiyaning texnik-iqtisodiy shartlari o‘rganiladi. Masalan, AES qurilsa 1 kVt elektr energiyasi necha pulga tushadi, holiga necha pulga sotiladi, qaysi pulga quriladi, va h.k. va h.k.

Undan keyingina qurilish uchun tender e’lon qilinadi. «Falon megavatt ishlab chiqaradigan stantsiya kerak, falon muddatda pismadon dollarga qurilishi zarur» degan shartlar qo‘yiladi. Tenderga AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya, Rossiyadan takliflar kelib tusha boshlaydi. Hukumat boshchiligida mutaxassislar eng ma’qul taklifni tanlashadi. Bu jarayonga bir necha yil ketadi. Bizda esa tender-shmenderlarsiz shunaqa katta (O‘zbekistonda tengi yo‘q desak adashmagan bo‘lamiz) loyiha Rossiyaga berib yuborildi»¸ deb yozdi o‘zbekistonlik ziyolilardan biri.

O‘zbekistonda AES qurish nega kerak bo‘lib qoldi?

Rossiyaning O‘zbekistonda birinchi AES qurish rejasi 2017 yil dekabrida «Rosatom» davlat korporatsiyasi axborot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

2017 yil 29 dekabrda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohada hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan va uning O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish sohasida ikki tomonlama o‘zaro aloqalar uchun huquqiy asos yaratgani aytildi.

2018 yil may oyida «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachyov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda atom elektrostansiyasini qurish masalasi muhokama markaziga aylangani hamda O‘zbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurishni taklif etganini ma’lum qildi.

O‘sha yil 8 sentabrida Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

“Kelishuv loyihasi O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasini loyihalashtirish va qurish, shuningdek, ishga tushirish va foydalanishda hamkorlikni ko‘zda tutadi. Rossiya loyihasi bo‘yicha barpo etiladigan atom elektr stansiyasi suv-suvli energetik reaktor asosidagi har birining quvvati 1,2 GVt bo‘lgan ikki energoblokdan iborat bo‘ladi”, - deyildi bu kelishuv haqidagi rasmiy xabarda.

Bu kelishuvdan ko‘p o‘tmay 2018 yilning 19 oktabrida O‘zbekistonga kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoev Jizzaxda AES qurilishining ramziy tugmasini bosib¸ bu qurilishga start berdi.

“Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekistonda AES poydevorini qurish ishlari 2020-2021 yillarda boshlanishi rejalashtirilganini bildirdi.

10 iyul kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov¸ dastlabki rejaning o‘zgargani va qurilajak atom elektr stansiyasi energobloklari sonining ikkitaga ko‘payganini ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, AES har biri 1 200 MVt quvvatga ega «3+» avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli energoblokdan iborat bo‘ladi. Birinchi energoblok 2028 yilgacha, ikkinchisi 2030 yilgacha ishga tushiriladi.

Hozircha jamoatchilikka bu loyihaning yakuniy narxi qancha bo‘lishi¸ bu mablag‘ning qaerdan olinishi¸ Rossiya bilan AES qurish kelishuvining iqtisodiy va xavfsizlik shartlari qanday ekani haqida ma’lumot berilmadi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG