Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2020, Тошкент вақти: 22:20

Qozog‘istonda noma’lum ayollar jurnalistlarga hujum qildi, operatorning kamerasini sindirdi


Jurnalistlarga noma’lum ayollar hujum qilgan joyda turgan politsiya xodimi. Olmaota shahri, 2019, 22 iyul

Qozog‘istonda Inson huquqlarini himoya qilish byurosi o‘tkazishni rejalashtirgan matbuot-anjumanida ishtirok etish uchun borgan Ozodlik radiosi operatorlari hamda boshqa ommaviy axborot vositalari jurnalistlari noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchradi. Hujum qilgan ayollar jurnalistlarning texnikasini ishdan chiqardi, rejalashtirilgan tadbir to‘xtab qoldi.

Ozodlik radiosi muxbiri Nurgul Tapaeva va videooperator Tokmolda Kusainovga Inson huquqlari byurosi joylashgan biznes markazda besh nafar noma’lum ayol hujum qildi.

22 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da jurnalistlar rejalashtirilgan matbuot anjumanini yoritish uchun biznes markazga yetib borgan, lekin matbuot xonasiga yetgunlaricha hujumga uchragan: ayollar operatorga hujum qilib, videokamerani sindirgan. So‘ngra kamera akkumulyatorini tortib olishgan, smartfonga sodir bo‘layotgani hodisani yozib olishga uringan muxbirni kaltaklashgan.

Inson huquqlarini himoya qilish byurosi xodimi Sergey Duvanovning aytishicha, “Davlat onalar va bolalar bilan kurashmoqda” mavzusidagi anjuman boshlanishidan 20 daqiqa oldin 20 ga yaqin ayol biznes markazga kelgan. Anjuman davomida Olmaota shahrida hibsga olingan ko‘p farzandli Oksana Shevchuk ishi tafsilotlarini aytib berish rejalashtirilgan edi.

Shevchuk va yolg‘iz onalar Gulzipa Jaukerova va Jazira Demeuvalar may oyida norozilik aksiyasida qatnashgani uchun ikki marta qo‘lga olingan edi. Ular Qozog‘istonda taqiqlangan “Qozog‘iston demokratik tanlovi” harakatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Harakatga qozoq rasmiylari tanqidchisi Muxtor Ablyazov 2009 yilda asos solgan.

Duvanovning aytishicha, noma’lum ayollar Inson huquqlarini himoya qilish byurosida rejalashtirilgan matbuot anjumani o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilgan. Ular u yerga kelgan jurnalistlarga kamera ishlatishga ruxsat bermagan, ayrimlarning smartfonlarini tortib olishgan, yozuv texnikasini ishdan chiqarishgan. Jabr ko‘rganlar orasida KazTAG agentligi va “Almati” shahar telekanali vakillari ham bor.

Noma’lum ayollar tashkilotchilarga matbuot anjumanining bekor qilinganini e’lon qilish imkoniyatini bermagan. Anjumanda Shevchuk advokati Galim Nurpeisov va uning onasi Yekaterina Shevchuk ishtirok etishi rejalashtirilgan edi.

Tez tibbiy yordam bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish byurosidan jarohat olgan Murat Prmagambetovni olib ketgan. Prmagambetov o‘zini mamlakatdagi siyosiy voqealarga qiziqqan oddiy fuqaro deb atadi. Uning aytishicha, matbuot anjumani haqida Facebookda xabar topgan.

Ozodlik bilan suhbatda Prmagambetov:

- Men to‘qqiz oylik bolani (Oksana Shevchukning kichik qizi Yeva) ko‘tarib olgan Yekaterina Nikolaevnani (Oksana Shevchukning onasi) bir necha tajovuzkor ayol o‘rab olganini ko‘rdim. Men uni himoya qilish uchun oldiga bordim. Shu payt Yekaterina Nikolaevna qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi, meni esa yerga yiqitib, telefonimni tortib olishdi va do‘pposlay boshlashdi, - dedi.

Politsiya yarim soatda hodisa joyiga keldi. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, tajovuzkor ayollar ungacha binoni tark etgan. Politsiya faqat bitta ayolni qo‘lga olgan. Politsiya xodimlari jurnalistlarning shikoyatlarini qabul qilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish byurosi xodimlari matbuot anjumaniga to‘sqinlik qilish holati birinchi marta kuzatilmayotganini aytishdi. Avvalgi holatlardan keyin byuro xodimlari politsiyaga murojaat qilishgan, ammo aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun hech qanday chora ko‘rilmagan.

Joriy oyda Qozog‘istonda Ozodlik jurnalistlariga ikki marta hujum qilindi. 6 iyul kuni noma’lum shaxs poytaxt kuni bayramida norozilik aksiyasini tasvirga olayotgan Orken Joyamergen va Erjan Amirxanovlarga ko‘zni achituvchi sprey bilan hujum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG