Линклар

Шошилинч хабар
18 август 2019, Тошкент вақти: 05:50

Yakkabog‘ hokimi o‘rinbosariga o‘t qo‘ygan tadbirkor "qasddan odam o‘ldirishga urinish"da ayblanmoqda (VIDEO)


Ҳокимият вакилининг ëқиб юборилиш саҳнаси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:38 0:00

Hokimiyat vakilining yoqib yuborilish sahnasi

20 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur Tuymaev “Obod mahalla” dasturi doirasida buzilishi buyurilgan ikki qavatli do‘konni buzishga uringanda¸ O‘zbekistonda hozirgacha deyarli ko‘rilmagan qarshilikka uchradi.

Voqea guvohlarining Ozodlikka 22 iyul kuni aytishicha¸ hokimlikning kreditga qurilgan yangi do‘konlarini kompensatsiyasiz buzish urinishiga qarshilik ko‘rsatgan tadbirkor¸ hokim o‘rinbosari ustiga benzin sepib¸ uni yoqib yubordi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ozodlikda berilgan Tuymaevning yoqib yuborilishi xabariga 23 iyul kuni mahalliy matbuotga izoh berdi.

2019 yil 20 iyul kuni soat 17:30 larda 1976 yilda tug‘ilgan Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari M.T. «Hisor Sarlochin» MChJga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, M.T.ning yuz qismiga yelim idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini sepib, uni yoqib yuborgan. Oqibatda, M.T. tanasining 35−40 foizi kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tegishli protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda"¸ deyiladi Bosh prokuratura rasmiy baënotida.

"Xalqni jonidan to‘ydirgan To‘ymasov"

Ozodlik gaplashgan yakkabog‘liklar¸ hokim o‘rinbosari Mansur Tuymaevning Yakkabog‘ posyolkasi xalqini “jonidan to‘ydirib yuborgani”ni aytib¸ uning xohlagan payt odamlarning uyiga kelib¸ uyini buzishga majburlaganini aytadi.

Yakkabog‘liklar Ozodlikka jo‘natgan videolardan¸ Tuymaev yoqilgunga qadar¸ xalqning obdon qahriga uchrab kelgani ko‘riladi.

Ëқиб юборилган ҳокимият вакили ва халқ ўртасидаги зиддият
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:42 0:00

Uylarning buzilishga tushgani haqida faqat og‘zaki buyruqni ro‘kach qilib kelgan Tuymaev¸ videolardan ko‘rilishicha¸ cho‘l o‘rtasidan qup-quruq 4 sotix yerga chiqishga majburlangan yakkabog‘liklarni¸ “yozma qaror yo‘q joyda¸ borib sudga shikoyat qil”¸ deb masxaralab kelgan.

Adliya vazirligi 22 iyul kuni davlat idoralarining uyi va boshqa ko‘chmas mulki buzilgan o‘zbekistonliklarga 300 milliard so‘mlik kompensatsiyani hozirgacha bermaganini bildirdi. Xalqqa qonuniy haqini bermay kelayotgan eng qarzdor hududlar to‘rtligida Qashqadaryo viloyati ham bor.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG