Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 16:30

Bugundan boshlab elektr energiyasi, gaz, benzin va dizel yonilg‘isi qimmatladi


15 avgustdan boshlab O‘zbekistonda elektr energiyasi, tabiiy gaz, benzin va dizel yonilg‘isining yangi narxlari kuchga kirdi. Narxlar oshajagi to‘g‘risida Ozodlik avval xabar qilgan edi. Yoqilg‘i-energetika resurslari narx va tariflariga kiritilgan o‘zgartishlar Vazirlar Mahkamasining 30 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan.

Infografika Adliya vazirligining Telegram kanalidan olindi.
Infografika Adliya vazirligining Telegram kanalidan olindi.

Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar qilinishicha, 15 avgustdan boshlab aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning bir kubometri, hisobga olish priborlari mavjud bo‘lsa, 380 so‘m yoki 0,04 dollarni tashkil etdi (bungacha - 320 so‘m, o‘sish 18,7%).

Hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda, ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun gazning bir kubometri 660 so‘m yoki 0,07 dollarni tashkil etadi (bungacha - 553 so‘m, +19,3%), isitish uchun - 380 so‘m yoki 0,04 dollar (bungacha - 320 so‘m, +18,7%).

Maishiy ehtiyojlar uchun aholiga sotiladigan 1 kg suyultirilgan gaz uchun - 1120 so‘m ($0,12). Bungacha 950 so‘m edi (17,8%).

Elektr energiyasi maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt/soat - 295 so‘m (bungacha 250 so‘m) yoki $0,03 (+18%). Iste’molchilarning boshqa toifasi uchun 1 kVt/soat - 450 so‘m.

O‘zbekistonda 15 avgustdan benzin uchun yangi narxlar:

AI-80 - bir litr uchun 4 500 so‘m yoki $0,5 (+500 so‘m);

Dizel yonilg‘isi - bir litr uchun 5400 so‘m yoki $0,6 (+600 so‘m);

EKO dizel yonilg‘isi - bir litr 5700 so‘m yoki $0,63 (+1200 so‘m).

Ayni paytda...

Toshkentda 15 avgustdan avtobus va metro yo‘lkiraci 200 so‘mga qimmatladi va 1400 so‘mni tashkil qildi.

Toshkent shahar hokimiyati tarqatgan rasmiy xabarda aytilishicha, ayni paytda oylik yo‘lkira kartochkalarining narxi o‘zgarmaydi. Uning narxi hozirgi darajada saqlab qolinadi.

Yo‘lkira narxining oshirilishi to‘g‘risidagi qaror Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan qabul qilindi.

«Ish haqining oshishi va yoqilg‘i hamda ehtiyot qismlariga narxlarning ko‘tarilishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va shahar transportida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ma’lumotlarning tahlili natijasida Moliya vazirligi taklif etilgan tariflarni tasdiqladi”, deyiladi rasmiy bildiruvda.

Bundan avval poytaxtda yo‘lkira 2016 yilning aprelida oshirilgan va 1200 so‘m qilib belgilangandi.

1 avgustdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori o‘rtacha 10 foizga ko‘tarildi.

XS
SM
MD
LG