Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:15

Sobiq prezident Atambayev 26 avgustgacha hibsda qoladi, xotini ustidan jinoyat ishi ochildi


Almazbek Atambayevning turmush o‘rtog‘i Raisa Atambayeva.
Almazbek Atambayevning turmush o‘rtog‘i Raisa Atambayeva.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni tergov izolyatorida ushlab turish to‘g‘risidagi birinchi instansiya sudi qarori o‘zgarishsiz qoldirildi. U 26 avgustgacha hibsda qoladi. Ayni damda uning turmush o‘rtog‘i ustidan ham tergov boshlandi.

Bishkek shahar sudi 16 avgustda Atambaevni hibsda ushlab turish to‘g‘risidagi quyi sud qarorini o‘z kuchida qoldirdi, deya xabar berdi sobiq prezidentning advokati Sergey Slesarev jurnalistlarga sudning yopiq majlisidan so‘ng. Ushbu tadbir Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosida (DMXQ) bo‘lib o‘tdi.

Atambayevning ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘layotgan payt sobiq prezidentning o‘nlab qarindoshlari va tarafdorlari bilan birga DMXQ binosi oldiga kelgan xotini Raisa Atambayeva hokimiyat idoralari uning ko‘plab qarindoshlariga bosim o‘tkazayotganini, uylari noqonuniy ravishda tintuv qilinganini va o‘ziga qarshi ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini aytdi.

Atambayevaga ko‘ra, unga qarshi tergov ishlari sobiq prezident devonining adliya tizimini isloh qilish bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Manasbek Arabayev ishi bilan bog‘liq ravishda boshlangan. Arabayevga iyun oyida korrupsiya aybi qo‘yilgan edi.

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Ozodlik muxbiriga Raisa Atambayevaning ishi tergovda ekanini aytdi, ammo bu ishga oid biror tayinli gap aytmadi.

Atambayev politsiyaga ikki kunlik qarshilik ko‘rsatgandan so‘ng 8 avgustda hibsga olingan edi.

Hokimiyat idoralari Atambayev so‘roq berish uchun yuborilgan uchta chaqiruv qog‘ozini mensimay, Ichki ishlar vazirligiga kelmagani sabab uni hibsga olish choralari ko‘rilganini aytmoqda.

Huquqni qo‘llash idoralari aytishicha, Atambayev 2011-2017 yillardagi prezidentlik chog‘ida xizmat vazifasini suiiste’mol qilgani uchun 5 ta band bo‘yicha ayblanmoqda.

Slesarevning 15 avgustda bildirishicha, Atambayevga qarshilik ko‘rsatganidan so‘ng jami 14 ta jinoyat bo‘yicha ayblov qo‘yilgan, ular sirasiga hokimiyat idoralari vakillariga nisbatan zo‘ravonlik qilish, ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish, odam o‘ldirishga urinish, odamlarni garovga olish, o‘qotar qurollarni noqonuniy qo‘llash va bir qancha korrupsiya holatlari kiradi.

Sobiq prezident va tarafdorlarining qarshilik ko‘rsatishi xavfsizlik xizmatining yuqori lavozimli zobiti o‘limi, 170 dan ortiq kishi, jumladan, huquqni qo‘llovchi idoralarning 79 xodimining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi.

Zo‘ravonlik Atambayev bilan uning saylangan vorisi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov o‘rtasida kurash davom etayotganini ko‘rsatdi va Markaziy Osiyoning ushbu mamlakatidagi beqarorlik yuzasidan xavotirlar uyg‘otdi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG