Линклар

Шошилинч хабар
16 сентябр 2019, Тошкент вақти: 15:49

Samaradagi o‘zbek muhojirlarining kalamush dori sepilgan kungaboqar yog‘idan zaharlangani taxmin qilinmoqda


Samara viloyatidagi agrofirmada bir oy oldin 69 o‘zbek muhojirining zaharlanishiga kalamush zahari qo‘shilgan qo‘lbola kungaboqar yog‘i sabab bo‘lganini bildirdi.

Ozodlik suhbatlashgan qo‘mita rasmiysi¸ Ulyanovsk viloyatida kalamushlarga qarshi dori - zookumarindan zaharlangan yana 11 odamning kasalxonaga yotqizilgani va ulardan ikki nafarining o‘lgani shunday xulosaga asos bo‘lganini bildirdi.

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida 11 nafar shaxs, jumladan 4 yosh bola kalamushlarga qarshi ishlatiladigan doridan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi¸ ulardan ikki nafari vafot etdi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Ulyanovsk viloyati bo‘yicha rasmiysi, 18 avgust kuni kasalxonaga yotqizilgan rossiyaliklarda bundan bir oy oldin zaharlangan 69 nafar o‘zbekistonlikda aniqlangan alomatlar kuzatilganini bildirdi.

-11 kishi gospitalizatsiya qilindi, ikki kishi nobud bo‘ldi. Bu ikki holatda simptomatikasi bir xilda: turli ko‘rinishda bo‘lgan qon ketishi. Ular barchasi termik ishlov berilgan kungaboqar yog‘ini iste’mol qilgani, ikkala holatda ham zookumarin insektitsidi bilan zaharlanish bo‘lgani aniqlandi. Biz bu holatlar yuzasidan tergov organlariga to‘liq ma’lumot berdik, dedi Ulyanovsk viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Guliya Zabbarova.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Ulyanovsk viloyat boshqarmasi mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat Kodeksining 238 moddasi 3 qismi – “ikki va undan ziyod odamning o‘limiga olib kelgan iste’molchilar sog‘ligi va hayoti xafsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlar ishlab chiqarish” asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini e’lon qildi.

Ulyanovskda nashr etiladigan Ulpravda.ru nashri olib borgan surishtiruvga ko‘ra, kungaboqar yog‘i Samara viloyatining Sizran tumanidan keltirilgan. Aytilishicha¸ Ulyanovsk viloyati Terengul tumani Mixaylovka qishlog‘ida yashovchi 69 yashar shaxs samaralik tanishi iltimosiga binoan kungaboqar pistasidan 200 litr yog‘ ishlab chiqargan. Tergovchilar taxminicha¸ bu shaxs yog‘ga ishlatilgan pistani o‘zi ishagan “Koshelevskiy posad” shirkati dalasidan o‘g‘irlagan.

Bu pistaga esa¸ kalamush va boshqa mayda zararkunandalarga qarshi margimush moddasi bilan ishlov berilgan.

Tergov ma’lumotlarida qayd etilishicha¸ zaharli semechkadan yog‘ olgan shaxs xizmat haqi evaziga uning 5 litrni o‘ziga qoldirgan¸ 10 litrini qiziga sovg‘a qilgan¸ qizi esa¸ yog‘ni o‘z hamkasblariga sotgan.

Tergov-surishtiruv natijasida Sizran tumaniga keltirilgan 180 litr zaharli yog‘ musodara qilingan. Sertifikatlanmagan 20 litr yog‘ning bir qismi Sizran dalalarida meva-cheva yetishtirayotgan o‘zbek migrantlariga arzon narxda pullangani taxmin qilinmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiysi Ozodlikka Ulyanovsk va Sizran agroshirkatidagi zaharlanish alomatlari bir xilligi sabab, ularning bitta ish doirasida o‘rganilayotganini bildirdi.

Ozodlik Samarada dehqonchilik qilayotgan o‘zbek muhojirlarining ommaviy zaharlangani haqida 18 iyul kuni xabar qilgan edi.

Xonqalik Oybek Sobirov (o‘rtada) 15 avgust kuni Tolyattida vafot etdi
Xonqalik Oybek Sobirov (o‘rtada) 15 avgust kuni Tolyattida vafot etdi

14 avgust kuni Tolyatti shahar klinikasida zaharlanganlardan biri - 26 yashar xorazmlik Oybek Sobirov vafot etdi.

18 avgust kuni Sobirov jasadining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida Xonqadagi yaqinlariga topshrilgani xabar qilindi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra¸ zaharlangan o‘zbekistonlarning 54 nafari hamon kasalxonada qolmoqda.

Ulardan bir oydan buyon og‘ir ahvolda qolayotgan to‘rt nafari - Og‘abek Ortiqov, Islomboy Qo‘chqorov, Farhod Hayitov, Omonboy Ro‘zimovlar 16 avgust kuni Moskvadagi Gematologiya milliy tibbiyot tadqiqot markaziga olib ketildi.

O‘zbekiston Mehnat vazirligi Samarada qolayotgan o‘zbekistonlik ishchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkentdan mutaxassislar guruhi yuborilganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG