Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:30

"Vrachman, lekin bundan uyalaman!"


Nahotki shunday ulug‘ va yaxshi kasb shunchalik xor bo‘ldi? Nahotki Vrach o‘z kasbidan uyaladigan darajaga yetib keldik? Hurmatli Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov! Sizga ko‘p murojaatlar qildik, tanqidu takliflar berdik. Ammo Sizdan biror marta sas sado chiqmadi.

Bu gaplarni Ozodlikka Abdulazizxon Akramov degan imzo chekilgan maktubdan oldik. Xatda gap tibbiyot xodimlariga nisbatan hurmatsizlik ustida boradiki, u keyingi oylarda Ozodlik e’lon qilgan bir necha xabarni yodga soldi va maktubni e’lon qilishga qaror qildik. (Vrachlar kaltaklanganiga oid xabarlarni shu sahifaning o‘ng tomonida "Aloqador" rukni ostida o‘qishingiz mumkin)

Xatni tahrirsiz, muallifning imlo va stilistikasini saqlagan holda berayapmiz.

***

Kuni kecha bir rayon tibbiy shoshilinch qabulxonasida bir voqeaga guvox bo‘ldim. Bir zo‘ravon erkak xotinini uribdi ekan qovog‘i yorilibdi. Qabulxonaga kira solib o‘tirgan vrachga qarab: -Tur o‘rningdan! Qara Naxxuy manuvga! dedi. Vrach birdan rang quti o‘chib yordam berish uchun o‘tib ketayotgandi yelkasiga musht bilan turtdi va jerkidi

-Xaromilar davlatti pulini yeb yotibsan xammang!

Oraga chidolmay qo‘shilib ancha gaplar gapirib tashladim. Tashqarida militsiya turgan ekan chaqirdim. Zo‘ravon erkak ketgach boyagi vrach meni oldimga kelib yig‘lamoqdan beri bo‘lib sekin shivirladi:

-Aka vrachman, lekin bundan uyalaman. Xar kuni afsuslanaman bu kasbni tanlaganimga dedi.

Naxotki shunday ulug‘ va yaxshi kasb shunchalik xor bo‘ldi? Naxotki Vrach o‘z kasbidan uyaladigan darajaga yetib keldik?

Xurmatli Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov!

Sizga ko‘p murojaatlar qildik, tanqidu takliflar berdik. Ammo biror martta sas sado chiqmadi.

Vrachlarga yaqinda imtiyozli avtokreditlar, boshqa turdagi yordamlarni yaqinda joriy qilyapmiz deb chiqish qilganingizga xam bir yil bo‘ladi yaqinda. Nega Elita xisoblangan Vrachlar Shunday xor bo‘lib yashashi, ishlashi kerak?

Yana Shunday kam oylikka ishlayotganingizni o‘zi vatanparvarlik! deb SSV chiqish qilishlaringiz borib turgan masxarabozlik.

Qulog‘igacha qarzga botgan, bitta oylikni birinchisidan ikkinchisiga zo‘rg‘a yotkazayotgan, istagan tashkilot xoxlagancha xoxlagan vaqtda tekshirib nog‘orasiga o‘ynatadigan kasb bo‘lib qoldimi Shifokorlik?

Tor fikrdir ammo bu jarayonda sizning aybingiz juda katta deb xisoblayman! Xo‘p oylikni ko‘tara olmasangiz xech bo‘lmasa Vrach qadr qimmatini oshiring, xar xil yuklamalardan ozod qiling. O‘tirgan xonasini yaxshilab bering. Nimadir qiling!

Ammo siz qilmaysiz. Nimadir yangilik, biror o‘zgarish qilganingizda shu paytgacha qilardingiz. Chunki juda extiyotkorsiz, amalingizni, kursingizni juda yaxshi ko‘rasiz. Yangilik degani bu byudjet pul so‘rash degani, pul so‘rash bu konflikt degani, konflikt esa kursiga katta xavf degani deb o‘ylasangiz kerak menimcha.

Xozirgi kunga kelib Shifokorlar umuman tibbiyot axli uchun qila oladigan yaxshiligingiz bitta! U xam bo‘lsa O‘rningizni kreativ fikrlaydigan, shifokorlar qadr qimmatini o‘ylaydigan, umuman nimadir yangilik qila oladigan boshqa odamga Bo‘shatishdir.

SSVdan boshqa xamma vazirlik nimadir qilyapti, o‘zgaryapti, rivojlanyapti.

Shifokorini xo‘rlab qo‘ygan davlat, vazirlik undan vijdonan ishlashni talab qilishga xaqqi yo‘q. Millat sog‘lig‘ini asrayotgan shifokorlar uchun Yaxshilik qiling. O‘rningizni bo‘shating!


Abdulazizxon Akramov

XS
SM
MD
LG