Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:51

Galaktikada Quyoshdan 70 marta og‘ir qora tuynuk topildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Somon yo‘li galaktikasida rekord darajada katta qora tuynuk kashf qilindi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, tuynuk shunchalik kattaki, uning mavjudligi yulduzlar shakllanishi va o‘zgarishi haqidagi mavjud modellarni shubha ostiga oladi.

LB-1 nomi berilgan qora tuynuk Yerdan 15,000 yorug‘lik yili masofada joylashgan bo‘lib, uning massasi quyoshnikidan 70 barobarga kattadir.

Galaktikamizda 100 million yulduz massali qora tuynuk aniqlangan.

Tadqiqotga yetakchilik qilgan Xitoy Milliy astronomik observatoriyasi professori Liu Jifeng:

- Bunday massali qora tuynuklar bugungi kunda mavjud bo‘lgan yulduz evolyutsiya modellariga binoan bizning galaktikada mavjud bo‘lmasligi kerak, - dedi.

Qora tuynuklarning ikki turi borligiga ishoniladi. Yulduz massali qora tuynuklar juda katta yulduzning markazi o‘zi ustiga qulaganida hosil bo‘ladi. Bunday qora tuynuklar massasi quyoshnikidan 20 martagacha katta bo‘lishi mumkin.

Supermassiv qora tuynuklar esa quyoshdan kamida million marta katta bo‘lib, ularning qanday paydo bo‘lishi odamzodga noma’lum.

Professor Liu Somon yo‘lidagi yulduzlar o‘z gazini yulduz shamollari orqali yo‘qotishini, shu sabab LB-1 kabi qora tuynuk paydo bo‘lishi oldini olishini aytdi.

- Endi teoretiklar bu qora tuynuk qanday paydo bo‘lganini izohlab berishlari kerak bo‘ladi, - dedi professor.

LB-1 qora tuynugini xalqaro astronomlardan iborat olimlar guruhi Xitoyning LAMOST teleskopi yordamida kashf qildi. Ispaniyaning Gran Telescopio Canarias teleskopi hamda AQShning Keck I teleskopi yangi aniqlangan LB-1 hajmini tasdiqladi.

LB-1 kashf qilingani haqidagi ilmiy maqola Nature jurnalida chop etildi.

XS
SM
MD
LG