Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:39

Psixotrop moddalar savdosi ustidan nazorat kuchayishi ortidan tutqanoqqa qarshi dori qahatlashdi


Benzonal psixotrop dorisini olish uchun¸ 1 dekabrdan boshlab¸ bir necha bosqichda tasdiqdan o‘tgan maxsus retsept talab qilinmoqda.
Benzonal psixotrop dorisini olish uchun¸ 1 dekabrdan boshlab¸ bir necha bosqichda tasdiqdan o‘tgan maxsus retsept talab qilinmoqda.

O‘zbekiston aptekalarida tutqanoqqa chalinganlar uchun hayot-mamot vositasi hisoblangan Benzonal psixotrop dorisini topish o‘ta qiyinlashdi.

Bu haqda Ozodlikka xabar yuborgan o‘zbekistonliklarga ko‘ra¸ viloyat aptekalaridan yo‘qolgan bu dorini maxsus retsept orqali asosan Toshkentdagi sanoqli aptekalardan topish mumkin.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddisi bu vaziyatni prezident Mirziyoyevning 4438-sonli qarori ijrosi bilan izohladi.

Psixtrop dorilarning noqonuniy savdosini to‘xtatishga qaratilgani iddao qilingan bu qarorga muvofiq¸ 1 dekabrdan boshlab bunday dorilarni hukumatning maxsus litsenziyasiga ega dorixonalargina sotishi mumkin.

Bunday litsentsiyali aptekalar sonining keskin qisqarishi oqibatida¸ tutqanog‘i bor bemorlar yaqinlari ayni kunlarda Benzanol izlab uzoq viloyatlardan Toshkentga kelishga majburligini aytmoqda.

“O‘g‘limning hayoti xavf ostida qoldi”

Andijonlik olti yashar Azizbek chaqaloqligidan tutqanoq kasaliga chalingan. Otasining aytishicha¸ u kuniga to‘rt dona Benzonal tabletkasi ichishi kerak:

Pachkasida 48 dona bo‘ladi¸ oktabr oyida 16 ming so‘mdan retseptsiz bir necha oyga yetadiganini olgandim. Hozir tugayapti. Atrofda nechta apteka bo‘lsa¸ hammasiga kirib chiqdim¸ Benzonal yo‘q¸ bizga sotish taqiqlandi¸ deyapti. Toshkentdagi aptekalarga telefon qilsam¸ ular ham yo‘q dedi. Qayerdan topaman¸ deb vahimadaman hozir. Bolamning hayot-mamoti shu doriga bog‘liq”.

Azizbekning otasi yaqinlari tutqanoq kasaliga uchrab¸ Benzonal dorisiga qaram bo‘lib qolgan o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida ham shu kunlarda ayni xavotirlar muhokama qilinayotganini qo‘shimcha qildi.

Bu xabar ortidan Ozodlik qator viloyatlar¸ qolaversa¸ Toshkentdagi aptekalarga qo‘ng‘iroq qilib¸ Benzonal dorisining sotuvda bor-yo‘qligini surishtirdi.

Viloyatlardagi aptekalarning hammasi “bizda yo‘q¸ bo‘lmaydi ham”¸ degan mazmunda javob qildi.

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli Toshkentdagi markaziy apteka operatori¸ shahar bo‘yicha bitta joyda Benzonal borligi¸ faqat uni sotib olish uchun bir necha bosqichli byurokratik tekshiruvdan o‘tgan retsept kerakligini aytdi.

Bizda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgani bor. Lekin davolovchi vrach¸ poliklinka bosh vrachi qo‘l qo‘ygan va beshta pechat qo‘yilgan retsept opkelasiz¸ bo‘lmasa sotmaymiz”¸ dedi “Dori-darmon” aptekasi telefoniga javob bergan operator.

Benzonal nega qahatlashdi?

Ozodlik bu savolga javob topish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining dori siyosatiga mas’ul mutasaddilaridan biri bilan bog‘landi.

Shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan bu mulozim¸ joriy vaziyatni prezident Shavkat Mirziyoyev qarorining ijrosi bilan izohladi.

Xabaringiz bor¸ tarkibida narkotik moddalar bor dorilarni yosh bolalarimizga sotib¸ ularning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish kuchayib ketdi. Shunga prezidentimiz 4438-sonli qaror chiqardi. Unga ko‘ra¸ psixotrop dorilarni sotish ustidan nazorat keskin kuchaydi. Ayniqsa¸ to‘rtta dori vositasi maxsus ro‘yxatga olindi. Adashmasam¸ Benzonal ana shu to‘rttadan biri. Bunday dorilar 1 dekabrdan faqat ijtimoiy aptekalar yoki shunaqa vositalarni sotishga maxsus litsenziyasi bor aptekalarda sotiladigan bo‘ldi. Hozir bunaqa lizentsiyani kimga berish-bermaslik o‘rganilayapti. Shuning uchun aksar xususiy aptekalar¸ Benzonal bo‘lsayam¸ uni sotolmaydi¸ chunki bunga maxsus ruxsati yo‘q”¸ dedi vazirlik rasmiysi.

Ayni paytda bu mulozim¸ maxsus retsepti bor bemorlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Benzonalni “Dori-darmon” AK aptekalarida sotib olishi mumkinligini qo‘shimcha qildi:

Benzonal tarkibi benzobarbital degan moddadan iborat. O‘zbekistonda ham ishlab chiqariladi¸ tarkibi hamma yerda bir xil. Lekin ko‘p vrachlar bemorlarni Rossiyada ishlangani¸ chetdan kelganini oling¸ deb chalg‘itadi. Import Benzonal biroz tiyildi hozir. Lekin o‘zimizniki bor”.

Tutqanoqqa chalingan bemorlar tushib qolgan og‘ir vaziyatga hukumat e’tiborini qaratish uchun Ozodlikka murojaat qilgan Azizbekning otasi va uning Telegramdagi guruhdoshlari¸ mahalliy Benzonal sifatining pastligidan qimmatga bo‘lsa ham¸ Rossiya yoki Armanistondan olib kelinganini ishlatib kelganini aytadi.

"Bizga vrachlar Rossiyada chiqqanini berib kelayotgan bo‘lsangiz¸ faqat shuni bering¸ deyapti. Butun boshli viloyatdan topolmay¸ endi Toshkentga boramiz¸ deb turibmiz"¸ deydi Ozodlik gaplashgan andijonlik ota.

Prezident qarorida nima deyilgan?

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysi tilga olgan 4438-sonli qaror 2019 yil 6 sentabrda imzolangan.

Qaror “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida” deb nomlangan.

Hujjatdan maqsad¸ unda yozilishicha¸ “dori vositalarining noqonuniy aylanishi va ularning suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aylanishini tartibga solishni takomillashtirish, shuningdek, aholining sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish”dir.

Bu hujjat¸ Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysining aytishicha¸ nafaqat tibbiët tizimi¸ balki IIV¸ DXX kabi idoralar bergan tavsiya va xulosalar asosida qabul qilingan.

Bu qarorga ko‘ra:

2019 yil 1 dekabridan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalari buyum-miqdor jihatdan hisobga olinadi va ularning chakana realizatsiyasi (berilishi) faqat ijtimoiy dorixonalar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish (berish) faoliyatiga litsenziyasi mavjud bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi;

kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarini berish uchun yozilgan retseptlar dorixonalarda bir yil davomida saqlanadi;

2020 yil 1 yanvardan boshlab dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizatsiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash tartibi joriy qilinadi.

XS
SM
MD
LG