Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:19

OzodDayjest: O‘tgan yili imtihondan "yiqilgan" 79 yoshli otaxon yana talabalikka hujjat topshirdi


Mamatqul Berdialiyev agronom bo‘lmoqchi.
Mamatqul Berdialiyev agronom bo‘lmoqchi.

Toshkentda 50 ming dollarlik pora ishi bo‘yicha ikki mansabdor hibsga olindi. Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi 51 yoshli fuqaro diniy marosim o‘tkazish qoidasini buzgani uchun jazolandi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

50 ming dollarlik pora ishi bo‘yicha Toshkent shahri hokimligi mas’uli ham hibsga olindi

Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu boradagi dastlabki ma’lumotlarni oshkor etdi (www.xabar.uz, 30 iyun).

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 22 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organga Chilonzor tumanidagi 1 gektar futbol maydoni (bir sotixi 14 ming AQSh dollaridan baholanib) jami 1 million 400 ming dollarga sotish rejalashtirilayotgani, mazkur “savdo” boshida Toshkent shahri hokimligi kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.A. (1968 y.t.) va Chilonzor tuman hokimligi investitsiya va turizmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i X.Sh. (1985 y.t.) turgani haqida tezkor ma’lumot kelib tushadi.

24 iyun kuni DXX Toshkent shahar boshqarmasi va poytaxt prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazgan tadbirda B.A. 50 ming dollarni dastlabki to‘lovi sifatida olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanadi.

Qo‘lga olingan shaxs pulni Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i X.Sh.ga olib borib berishi lozimligini aytganidan so‘ng tezkor tadbir davom ettiriladi.

“Hamkori” B.A.dan 50 ming dollarni pora tariqasida olgan vaqtda Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i ham qo‘lga olinadi.

Ayni paytda holat bo‘yicha pora olish va pora olish-berishda vositachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Farg‘onada “vakolati bo‘lmagani holda” shar’iy nikoh o‘qigan fuqaro 5 sutkaga qamaldi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi 51 yoshli fuqaro diniy marosim o‘tkazish qoidasini buzgani uchun jazolandi (“Huquq” gazetasi, 2020 yil 25-son).

Qo‘shtepa tumani prokurorining o‘rinbosari Sadirali Mirzokarimovga ko‘ra, ushbu ish 15-bolalar musiqa va san’at maktabi binosida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida muhokama etilgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzar oilaviy kelishmovchiliklar tufayli rafiqasi bilan yashamay qo‘ygan jiyanining qonuniy nikohini bekor qilishga uringani, bo‘lmaganidan so‘ng uni boshqa qizga nikohlab qo‘yganini tan olgan.

“Hech qanday vakolatga ega bo‘lmagani holda amaldagi qonun talablarini buzib nikoh o‘qigani uchun unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi”, - deyiladi xabarda.

17 yoshga kirgan qizning shar’iy nikohini o‘qigan boshqa bir shaxsga esa bazaviy hisoblash miqdorining 12 barobariga teng jarima tayinlangan.

“Qonunchiligimizda FHDYoda nikohi qayd etilganidan keyin shar’iy nikohdan o‘tish mumkinligi belgilangan. Ushbu talabga amal qilmasdan, O‘zbekiston musulmonlari idorasidan beriladigan vakolatga ega bo‘lmagan holda shar’iy nikoh o‘qish ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi”,- deb eslatadi tuman prokurori o‘rinbosari S. Mirzokarimov.

Bultur imtihondan “yiqilgan” 79 yoshli otaxon bu yil yana talabalikka hujjat topshirdi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi Mamatqul ota Berdialiyev 2020 yilda yana talaba bo‘lish orzusi bilan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga hujjat topshirdi (www.uza.uz, 30 iyun).

2019 yilda mazkur ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limida test sinovlarini topshirgan M.Berdialiyevning omadi chopmagandi. Shu bois o‘tgan davrda fanlardan chuqur tayyorlangan 79 yoshli otaxon bu safar agronomiya mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi ta’lim yo‘nalishida o‘qish istagini bildirdi.

“O‘ttiz yil qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilib, nafaqaga chiqqanman. Hozir o‘qish uchun yaratilgan sharoitlardan ruhlanib, oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lishni ko‘nglimga tukkanman. Shu maqsadda ta’lim dargohiga onlayn hujjat topshirdim. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalar safidan o‘rin olsam, o‘z hayotiy tajribamni yoshlarga o‘rgatmoqchiman”, - deydi keksa abiturient.

XS
SM
MD
LG