Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 05:02

Hukumatning keskin karantindan so‘ng uni yumshatish choralari tanqidga uchramoqda


Toshkentga kirish-chiqish posti, iyun, 2020

Vaziyatni ko‘ra-bila turib karantin choralarini yumshatish xalq salomatligiga nisbatan xoinlikdir. Andijonlik vrach Ozodlikka 17 avgustda bildirgan bu fikrga uning namanganlik hamkasbi qo‘shilmadi. Uning fikricha, karantin choralarini 1 avgustdan yumshatish ham mumkin edi.

Ayni paytda karantin choralarini 15 avgustdan yumshatgan hukumatning boshqa qarorlaridan Covid-19 bilan bog‘liq vaziyatning murakkab qolayotgani ko‘rinib turibdi: 16 avgustdan 31 avgustgacha belgilangan xalqaro va mahalliy reyslarning bir qismi bekor qilindi; rossiyalik vrachlar guruhi 16 avgust kuni Toshkentga yetib keldi.

Vaziyat muhokamasiga qatnashganlarning barchasi karantin choralari yumshatilishini Covid-19 xavfi ozayganidan emas, balki aholi turmush darajasining yanada abgorlashib ketishi oldini olish zaruratidan kelib chiqqan chora deb baholadi.

12 avgustda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida prezident Mirziyoyev bergan ko‘rsatmalar ortidan Respublika maxsus komissiyasi 15 avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatilishini e’lon qildi.

Komissiya 10 iyulda e’lon qilingan karantin choralari 15 avgustdan yumshatilayotganini “iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadi” bilan tushuntirdi.

"Hayot qaynay boshladi"

Kosonsoylik (Namangan viloyati) vrach Bahodir Salimovning (taxallus) 17 avgustda Ozodlikka aytishicha, karantin yumshatilgani tuman markazi hayotida sezila boshladi:

Bizneslar harakatga tushib qoldi. Magazinlar, oshxonalar ishlayapti.

- Bizneslar harakatga tushib qoldi. Magazinlar, oshxonalar ishlayapti. Hayot qaynayapti. Hayot soyning tiniq suviday shildirab oqa boshladi.

Vrach Bahodir Salimovning aytishicha, to‘ylar ham boshlanib ketgan: “25-30 kilodan gurunch damlanyapti”.

Kosonsoylik vrachning andijonlik hamkasbi ismi aytilmaslik sharti bilan savollarga javob berar ekan, qo‘polroq o‘xshatish qildi:

“Karantindan bezib ketgan xalq, choralar biroz yumshatilishi bilanoq karantin birato‘la tugadi, deb o‘ylayotgan bo‘lsa kerakki ko‘chalarda "podalashib" yuribdi”.

Косонсойлик врач Баҳодир Салимов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:13 0:00
Бевосита линк

Boshidan kechirgan kasalligining barcha alomatlaridan kelib chiqib, o‘zini Covid-19 dan sog‘aydim deb hisoblayotgan jurnalist Abdulaziz Muborakning kuzatishicha, karantin choralarini yumshatish amalda 15 avgustdan emas, undan 4-5 kun oldinroq boshlangan:

Ichki ishlar xodimlari birdan xushmuomala bo‘lib qoldi.

- Karantin amalda taxminan 10 avgustlardan yumshatildi, deb o‘ylayapman. Chunki ichki ishlar xodimlari birdan xushmuomala bo‘lib qoldi. “Uyda o‘tiring” degan tavsiyalar bilangina cheklanadigan, ma’muriy bayonnoma tuzmay qo‘yib yuboradigan bo‘lib qoldi. 10 avgustgacha esa, buning aksi edi.

Jurnalist karantin yumshatilganidan keyingi vaziyatni o‘zi ham o‘rganayotganini aytarkan, bunday dedi:

- Viloyatlar bilan gaplashdim. Ko‘pgina ijtimoiy yoki tijoriy tuzilmalar ishga tushyapti. O‘quv markazlari, bozorlar, tijoriy do‘konlar ochilishiga ruxsat berilgan. Shu paytgacha faqat oziq-ovqat do‘konlariga ruxsat berilgan edi.

Журналист Абдулазиз Муборак билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:53 0:00
Бевосита линк

Jurnalist Abdulaziz Muborakning aytishicha, 17 avgust kuni u Toshkent ko‘chalarida uchratgan kishilarning hammasi yuzida niqob borligini ko‘rgan.

“Maska hammada bor” ligini kosonsoylik vrach Bahodir Salimov ham aytdi. Biroq, uning aytishicha, odamlar ijtimoiy masofani saqlamayapti va bu holatni vrach “milliy mentalitet” bilan izohladi.

Karantinni yumshatish kerakmidi?

Ozodlik bu savolni shu kungacha bir qator o‘zbekistonlikka berdi. Ko‘pchilik bu chorani mamlakat iqtisodiyotining zaifligi, karantin sharoitida kunligini kunda ishlab topadiganlar qiynalib qolgani, shu sababdan davlat choralarni yumshatishga majbur ekanligi bilan izohlagan.

17 avgust kungi suhbatlarda ham shu fikr takrorlandi.

- Kasallikdan saqlanish kerak, albatta. Lekin shu bilan birga ijtimoiy, iqtisodiy sohalar qolib ketsa, bu ham bitta fojiadir, - dedi jurnalist Abdulaziz Muborak.

Kosonsoylik vrachning fikricha, karantin yumshatilishi “to‘g‘ri bo‘ldi, Toshkentni izolyatsiya qilsalar ham, joylarda cheklovlarni avval-boshdanoq yumshoqroq qilish kerak edi”.

Masalaning shu jihatiga - avval-boshdanoq ko‘rilgan choralarga andijonlik vrach tanqidiy yondasharkan, bunday dedi:

- Karantin choralari tadbiq etilganda ortiqcha cheklovlar joriy etilgan, masalan mashinalarda harakatlanish, umuman ko‘chaga chiqishni taqiqlash, hech kim hech qayerga chiqmaslik, deyarli 24 soatlik komendantlik soati... Bu kabi cheklovlar ortiqcha edi va xalqni bezdirib qo‘ydi. Boshidanoq faqat koronavirus tarqalishni oldini olish choralari ko‘rilishi kerak edi. Masalan, niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash, gumonlangan bemorlarni algoritm asosida muolaja qilish va davolash tizimi yaratilishi kerak edi. Lekin ming afsus bular hammasi "sallasini ol desa, kallasini olishdi" bo‘lganligi sababli endi karantin choralari biroz yumshatildi, desa bezib ketgan xalq birato‘la karantin tugadi deb, kerak bo‘lmasa ham ko‘chalarda "podalashib" yurishibdi.

Ertaga nima bo‘ladi?

Andijonlik vrach karantin choralarini yumshatishning joriy tartibini tanqid qilar ekan, bunday dedi:

- Karantin choralarini yumshatishning o‘ziga yarasha muammolari va etaplari bor edi, xalq choralar yumshatildi deb xohlaganini qilyabdi, ertaga esa vaziyat og‘irlashsa yana bironta odamga to‘nkab, kechirim so‘rab qutulib qoladi amaldorlar, o‘lib ketayotgan xalq esa, ular uchun biznes manbai.

Choralarni yumshatishning o‘ziga xos muammolari va etaplari nimalar, degan savolga andijonlik vrach javob bermadi.

Mamlakat bo‘ylab kuniga 400-500 kishi kasalga chalinib turishi mumkin.

Kosonsoylik vrach Bahodir Salimov vaziyatga anchayin optimizm bilan qarayapti:

- Kasallik platoga (kasallikka chalinish ko‘rsatkichlari bir xillik kasb etgan, pastlash boshlanishiga umid paydo bo‘lgan holat) chiqib oldi. Mamlakat bo‘ylab kuniga 400-500 kishi kasalga chalinib turishi mumkin.

  • Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishcha, 17 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni yana 184 kishiga ko‘paygani qayd etildi. Jami bemorlar soni 35 513 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 30 973 nafari sog‘aydi.
  • Hozirda kasalxonalarda 4306 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shubhali statistika

Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishcha, O‘zbekistonda 17 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan yana ikki bemor vafot etdi: Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli D.T. (ayol) hamda Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli G.Ch. (ayol) jon bergan.

Bu bilan O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lganlar soni 234 kishiga yetdi. Toshkentda koronavirusdan vafot etganlar soni esa 154 nafarni tashkil qilmoqda.

Masalaning shu jihati - o‘lim holatlari soni keyingi paytlarda turli shubhalarni paydo qilmoqda. Xususan, jurnalist Abdulaziz Muborak ham bugungi suhbat chog‘ida keyingi kunlarda shaxsan o‘zi tanigan uch kishining koronavirusdan o‘lganini, biroq ularning o‘limi rasmiy statistikada aks etganini ko‘rmaganini bildirdi. Jurnalistning aytishicha, u uch tanishidan faqat birining o‘limi statistikada aks etgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda.

Rasmiy statistikada berilgan o‘limlar soni bilan real hayotdagi o‘limlar soni o‘rtasida farq bor

Statistikaning to‘liq emasligini rasmiylar ham tan olgan, xususan, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov 3 avgustda “Rasmiy statistikada berilgan o‘limlar soni bilan real hayotdagi o‘limlar soni o‘rtasida farq bor”, degan edi. Oqilovning aytishicha, pnevmoniyadan o‘lganlar Covid-19 statistikasiga qo‘shilmayapti. Ayni paytda qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonda koronavirus va pnevmoniyadan o‘lganlar soni birlashtirilgan. Bunga pnevmoniyani ham koronavirus keltirib chiqarayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Karantinni yumshatgan hukumatning hadigi

15 avgustdan karantin choralari yumshatilgan bir paytda hukumatning ba’zi amallari vaziyat hali murakkab ekanligidan darak bermoqda.

Uzbekistan Airways shirkati 16 avgustdan 31 avgustgacha belgilangan xalqaro va mahalliy reyslarning bir qismi bekor qilinganini e’lon qildi.

Shirkat saytida berilgan xabarga ko‘ra, bu muddatda faqat charter reyslar tasdiqlangan jadval bo‘yicha uchadi.

Shirkat bu O‘zbekiston va parvozlar belgilangan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, qabul qilingan zaruriy chora ekanini bildirdi. Olingan chiptalar boshqa sanalarga bepul o‘tkazib beriladi.

Koronavirusga qarshi kurashda o‘zbekistonlik vrachlarga yordam berish maqsadida tuzilgan Rossiya vrachlar guruhi 16 avgust kuni Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG