Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:06

Putin ashaddiy tanqidchisining zaharlangani aytilmoqda - Aleksey Navalniy kasalxonada hushsiz qolmoqda(VIDEO)


Aleksey Navalniy Rossiya oliy hokimiyati¸ xususan¸ Putin sheriklarining naqadar korrupsiyaga botganini fosh etib kelayotgan edi.
Aleksey Navalniy Rossiya oliy hokimiyati¸ xususan¸ Putin sheriklarining naqadar korrupsiyaga botganini fosh etib kelayotgan edi.

Rossiyaning eng taniqli muxolifatchisi, Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma (FBK) rahbari Aleksey Navalniy behush holatda Omsk shahar kasalxonasiga yotqizildi.

Ozodlik ma’lumotiga ko‘ra, Aleksey Navalniy hozirda reanimatsiyaning toksikologik bo‘limida qolmoqda. Vrachlar sun’iy nafas olish apparatiga ulangan Navalniy ahvolining og‘ir ekanini aytmoqda.

Prezident Putinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Navalniyning Moskvaga qaytish arafasida ichgan choydan zaharlangani taxmin qilinmoqda.

Алексей Навальний касалхонада ҳушсиз қолмоқда. Путин мухолифининг заҳарлангани тахмин қилинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:36 0:00

Safdoshlari va guvohlarga ko‘ra¸ 20 avgust kuni ertalab Rossiyaning Tomskdan Moskvaga uchayotgan paytda Navalniyning ahvoli to‘satdan yomonlashgan va samolyot Omsk aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma (FBK) matbuot kotibi Kira Yarmishning xabar qilishicha, chaqirtirilgan vrachlar Navalniy zaharlanganini bildirgan. Kira Yarmish Navalniy ertalabdan bir stakan choydan boshqa hech narsa tanovul qilmagani va aynan “choyga nimadir qo‘shib berishgani”ni taxmin qilmoqda.

“Mediazona” nashri muxolifatchi bilan bir uchoqda ketayotgan Pavel Lebedevning Navalniyning Tomsk aeroportida choy ichayotgani fotosuratini e’lon qildi.

Lebedev o‘zining Instagram sahifasida uchish paytida “Navalniy ahvoli keskin yomonlashgani” va u “og‘riqdan baqirayotgani”ni xabar qildi. U hodisa joyidan olingan videoni ham e’lon qildi.

“Interfaks” Tomsk aeroportidagi qahvaxona egasi barcha nazorat kameralari yozuvlarini o‘rganib chiqishini ma’lum qilganini yozdi.

Muxolifatchi matbuot kotibi Aleksey Navalniy yotqizilgan kasalxonaga politsiya chaqirtirilgani va u yerda hozirda FSB xodimlari ham borligini o‘zining Tvitter sahifasi orqali ma’lum qildi.

Navalniy shtabining Tomsk bo‘yicha rahbari Kseniya Fadeyeva muxolifat yetakchisining Tomskda uch kun yurgani va soppa-sog‘ bo‘lgani¸ Moskvaga uchish oldidan ham sog‘lig‘iga oid shikoyati bo‘lmaganini bildirdi.

"Tayga.info" nashrining yozishicha¸ bundan avval Navalniy bir necha kun Sibirda bo‘lgan va aftidan korrupsiyani fosh qilishga qaratilgan navbatdagi surishtiruviga ma’lumot to‘plagan. Avvaliga Novosibirsk shahrida volontyorlar bilan uchrashgan Navalniy¸ so‘ngra Tomskka kelgan.

Life Shot Telegram-kanali o‘z manbasiga tayanib, Aleksey Navalniyga “aniqlanmagan psixodisleptik bilan og‘ir zaharlanish” tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.(Psixodisleptiklar - inson miyasiga qattiq ta’sir o‘tkazuvchi gallyutsinogen moddalar-tahr.)

Error rendering VK.

"Exo Moskvi" radiostansiyasi bosh muharriri Aleksey Venediktov Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha zudlik bilan tergov boshlashga chaqirdi.

Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma yuristlari Rossiya Jinoyat Kodeksining "Davlat yoki jamoat arbobi hayotiga qasd qilish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochishni so‘rab politsiyaga ariza topshirgan.

Ayni paytda Venediktov¸ Rossiya davlati¸ xususan¸ Navalniy ashaddiy muxolif bo‘lgan rahbarlariga ishonch yo‘qligi bois¸ Aleksey Navalniyni zudlik bilan davolash uchun chet elga olib chiqish lozimligini bildirdi.

Putinning ashaddiy tanqidchisi sanalgan Aleksey Navalniyning zaharlanish tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgani qo‘shni Belarusda davom etayotgan ommaviy xalq noroziligi fonida sodir bo‘lgani e’tiborga molik.

Navalniy shu yilning 9 avgustida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari ortidan ko‘tarilgan ommaviy xalq norozilik namoyishlarini yoritib kelayotgan va “Belarus haqida Katta efir” dasturini olib borayotgan edi.

Bu Rossiya muxolifati yetakchisining birinchi marta zaharlanishi emas.

2019 yilning iyul oiyda Aleksey Navalniy Moskvaning 1-sonli maxsus priyomnigidan zaharlanish alomatlari bilan gospitalizatsiya qilingan edi.

O‘shanda vrach va tergovchilar Aleksey Navalniy qonida hech qanday zaharli modda aniqlanmagani, uning allergiya xurujiga uchraganini bildirgan edi.

Navalniyning o‘zi keyinroq jurnalistlarga bergan intervyusida allergiyasi yo‘qligi va uni zaharlashmoqchi bo‘lishganini bildirdi.

Bu zaharlanish hodisasi bo‘yicha Tergov qo‘mitasiga topshirilgan ariza natijasiz qolganidan so‘ng Navalniy¸ buning o‘ziga qarshi suiqasd urinishi bo‘lganini bildirgan edi.

O‘shanda Aleksey Navalniy hukumatga yoqmagan bir qator rus siyosatchi va jurnalistlari, jumladan Yuriy Shchekochixin, Vladimir Kara-Murza, Anna Politkovskaya, Aleksandr Litvinenko, Sergey va Yuliy Skripal, Pyotr Verzilovlarning aynan maxsus xizmatlari tomonidan zaharlanganini eslatgan edi.

Aleksey Navalniy kim?

44 yashar Aleksey Navalniy qariyb o‘n yildan beri prezident Vladimir Putin boshqaruvini keskin tanqid qilib keladi.

Muxolifatchi hozirga qadar 13 marta ma’muriy sudga tortildi va 200 kundan ko‘proq vaqtini hibsda o‘tkazdi. Uning uyi va ofislarida vaqti-vaqti bilan hukumat tomonidan tintuvlar o‘tkazib turiladi.

Prezident Putin progressiv rossiyaliklar orasida mashhur bo‘lgan Navalniy nomini tilga olishdan qo‘rqishi bilan (u jamoatchilik oldidagi chiqishlaridan birortasida Navalniy nomini aytmaydi - tahr.)Rossiya va xalqaro maydonda kulguga sabab bo‘lib keladi.

Navalniyning prezidentlik va Moskva meri saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yish urinishlariga turli bahonalar bilan yo‘l berilmadi.

Aleksey Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma yuqori lavozimli davlat amaldorlari, xususan, sobiq Bosh vazir Dmitriy Medvedevning mol-mulki to‘g‘risida surishtiruv o‘tkazib, natijalarini jamoatchilikka e’lon qilib kelmoqda.

Rossiya domenida juda mashhur bo‘lgan ikkita Youtube kanali - “Aleksey Navalniy” va “Navalniy LIVE” kanallarida Aleksey hukumatga vakillari va unga yaqin odamlar kirdikorlarini fosh etib keladi.

Jumladan, Navalniy o‘z tekshiruvlari xulosasiga tayanib turib¸asli namanganlik milliarder Alisher Usmonovni 50 million AQSh dollarlik dang‘illama villani Medvedevga qarashli jamg‘armalardan biriga “hadya sifatida” berganini jamoatchilikka e’lon qilgani ortidan Usmonov uni tuhmatda ayblab¸2017 yilda sudga bergan edi.

2012 yilda Time jurnali rus muxolifatchisini dunyoning 100 ta eng nufuzli odami¸ 2017 yilda esa Internetdagi 25 ta eng nufuzli shaxs ro‘yxatiga qo‘shgan.

XS
SM
MD
LG