Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 16:01

Qirg‘iziston: Prezident Jeenbekov "siyosiy bo‘shliq"dan ogohlantirdi - uning qayerdaligi hanuz noma’lum


Qirg‘izistonda 4 kundan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan yuzaga kelgan siyosiy inqiroz shu kungacha o‘z yechimini topmadi.

Qirg‘izistonda 4 kundan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan yuzaga kelgan siyosiy inqiroz shu kungacha o‘z yechimini topmadi.

Norozilar 6 - oktabrga o‘tar kechasi Oq Uyni egallagani ortidan uch kundan beri qayerda ekani noma’lum qolayotgan prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov o‘z videomurojaatida bu voqeani “hokimiyatni kuch bilan bosib olish” sifatida baholadi.

Ayni paytda parlamentdagi hukmron koalitsiya o‘z yig‘ilishida 6 - oktabrda qamoqdan ozod qilingan muxolifatchi Sadir Japarovni Bosh vazir lavozimiga tayinladi.

Lekin muxolifat partiyalaridan iborat Muvofiqlashtiruv kengashi parlament yig‘ilishi noqonuniy bo‘lgani va Sadir Japarov hukumatini tan olmasligini bildirdi.

7 - oktabr kuni Bishkek markaziy maydoniga yig‘ilgan minglab yoshlar esa hokimiyatni yoshlarga topshirishni talab qilib, taniqli yosh tadbirkor Tilek To‘qto‘g‘aziyevni yangi Bosh vazir sifatida e’lon qildi.

4 - oktabr kungi saylov natijalarini bekor qilgan Markaziy saylov komissiyasi esa bir oy ichida yangi parlament saylovlari o‘tkazilishi va unda norozilik namoyishlari kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan “Mekenim Qirg‘izstan”, “Birimdik” va “Qirg‘iziston” partiyalarining ishtirok etishi taqiqlanishi haqida bildirdi.

Shu bilan birgalikda Bishkek shahrini talonchiliklar va boshqa jinoyatlardan asosan yoshlardan iborat bo‘lgan turli ko‘ngillilar guruhlari himoya qilmoqda.

Uch kundan beri qayerda ekani noma’lum prezident navbatdagi videomurojaat bilan chiqdi

Uch kundan beri qayerda ekani noma’lum prezident navbatdagi videomurojaat bilan chiqdi. Prezident rasmiy saytida e’lon qilingan videoda So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov siyosiy inqirozdan chiqish uchun siyosiy kuchlardan real qadamlarni kutayotganini ma’lum qildi.

“Prezident sifatida ushbu vaziyatdan tezroq chiqib ketish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarimni ishga solmoqdaman. Shu maqsadda turli siyosiy kuchlar rahbarlari bilan yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazyapman. Hurmatli siyosiy kuchlarning rahbarlari, hozirgi siyosiy inqirozdan chiqish uchun mendan prezident sifatida talab qilinadigan qadamlarni tashlashga tayyorman. Biroq vaziyatni barqarorlashtirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan taraflardan muzokaralar uchun yagona maydon tashkil etish taklifi kelib tushmadi”, - degan So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov qirg‘izistonliklarni "siyosiy bo‘shliq"dan ogohlantirib, bu bo‘shliqdan chiqib ketish zarurligini urg‘uladi.

Prezident 5 - oktabrdan beri uch marta videomurojaat bilan chiqdi. Biroq uning videomurojaatlari norozilar va muxolifat siyosiy partiyalari tomonidan e’tiborsiz qoldirilmoqda.

Prezident matbuot xizmati So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov Bishkekda ekanini iddao qilib kelmoqda. Lekin uning aslida qayerda ekani shu kungacha nomalum.

7 - oktabr kuni o‘tgan mitingda prezident So‘o‘ro‘nbek Jeenbekovga impichment joriy qilish masalasi yangragan edi.

Parlament yana kvorumga ega bo‘lmadi

Parlament deputatlari Bishkekdagi mehmonxonalarning birida 7 - oktabr kuni kechqurun navbatdagi shoshilinch yig‘ilishni o‘tkazdi.

Deputat Riskeldi Mo‘mbekov yig‘ilishda 40 deputat ishtirok etganini Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga ma’lum qildi. Parlament majlisi bo‘lib o‘tdi, deb hisoblanishi uchun 120 deputatdan kamida 61 nafari ishtirok etishi lozim. Kvorum bo‘lmagani sababli deputatlar siyosiy inqirozdan chiqish maslasida tegishli qarorlarni qabul qila olmadilar.

Mazkur yig‘ilishda parlamentning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish, Bosh vazirlikka nomzodlarni tavsiya qilish va tasdiqlash, prezidentga impichment e’lon qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Biroq bu masalarda bir fikrga kelinmadi.

Mo‘mbekov ayrim deputatlar qo‘rqqanlari uchun, ayrimlari esa o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, yig‘ilishga kelmaganini aytdi. 6 - oktabrda parlamentning bir guruhi tomonidan spikerlikka saylangan Miqtibek Abdildayev Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga “deputatlar bir-bir yarim sutka ichida to‘liq yig‘ilishini va siyosiy inqirozdan chiqish uchun qarorlar qabul qilishini” bildirdi.

Muxolifat parlamentning 6 - oktabrdagi yig‘ilishida ham kvorum bo‘lmaganini, shuning uchun parlamentning 6 - oktabrda qamoqdan ozod qilingan muxolifatchi Sadir Japarovni Bosh vazir lavozimiga tavsiya qilish qarori noqonuniy ekanini bildirgan.

7 - oktabr kuni Bishkek markaziy maydoniga yig‘ilgan minglab yoshlar esa hokimiyatni yoshlarga topshirishni talab qilib, taniqli yosh tadbirkor Tilek To‘qto‘g‘aziyevni yangi Bosh vazir sifatida e’lon qildi.

MSK a’zosi bir oy ichida yangi saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi bildirdi

Markaziy saylov komissiyasi (MSK) bir oy ichida parlamentga yangi saylov o‘tkaziladigan muddatni e’lon qiladi. Bu haqda matbuotga komissiya a’zosi Atir Abduraxmatova bildirdi.

Unga ko‘ra, qayta saylovga 4 - oktabrdagi saylov natijalari bekor qilinishiga sababchi bo‘lgan partiyalar kiritilmaydi.

“Saylov natijasi bekor qilinishiga qaysi partiyalar sababchi bo‘lgani MSK tomonidan o‘rganiladi. Ko‘ngilliar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan saylovdagi qonunbuzarliklarga oid barcha faktlarni yig‘dik. Bundan tashqari MSKga bu borada arizalar kelib tushgan. IIVga, Bosh prokuraturaga ham shikoyatlar qilingan”,-dedi Atir Abduraxmatova.

Norozilik namoyishlari 4 - oktabrda o‘tgan parlament saylovida amaldagi prezidentning ukasi Asilbek Jeenbekov nomzodi ko‘rsatilgan “Birimdik” va korrupsiyaga aralashgani aytiladigan Raimbek Matraimov oilasiga mansub "Mekenim Qirg‘izstan" ("Vatanim Qirg‘iziston") partiyalari g‘alaba qozongani e’lon qilingani ortidan norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi.

5 - oktabrda militsiya va norozilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va norozilar oqibatda militsiya qarshiligini engib, Oq uyni egallagan edi. Markaziy saylov komissiyasi norozilar bosimi ostida saylov natijalarini bekor qildi.

XS
SM
MD
LG