Линклар

Шошилинч хабар
18 май 2021, Тошкент вақти: 01:38

“Agrobank” fermerdan tadbirkorga 8 ta qoramol olib berdi, ammo pulini to‘lamadi(VIDEO)


Suratda chapdan "Agrobank" G‘uzor bo‘limining Sherali ismli xodimi, qoramol sotib olgan Erkin Boymirov va sotuvchi Alisher Shoyimov.

Qashqadaryo viloyat, Dehqonobod tumanidan OzodMikrofonga arz qilgan “Shoyimov Do‘stqobil” fermer xo‘jaligi raisi Alisher Shoyimovning aytishicha, bundan sakkiz oy muqaddam "Agrobank"ning G‘uzor tumani bo‘limi boshqaruvchisi va kredit bo‘limi boshlig‘i uning fermasiga kelib Qozog‘istondan keltirilgan 8 ta naslli qoramolni "Mustafo Mavluda nabirasi" oilaviy korxonasiga kredit ochib olib bergan, ammo shu paytgacha pulini bermagan.

“Агробанк” фермердан тадбиркорга 8 та қорамол олиб берди, аммо пулини тўламади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:57 0:00
Бевосита линк
Тадбиркор Эркин Миралиев банк берган кредитга Алишер Шойимов қорамолларини олиб кетаётган пайт
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:31 0:00

«Ammo oradan sakkiz oy o‘tayotgan bo‘lsada, bank qoramollarning narxi 90 million so‘m pulni menga to‘lashdan bosh tortib kelmoqda. Vaholanki, mollarning pulini bir hafta ichida tushirib beramiz deb, iltimos qilib olib ketishgan edi. Sakkiz oydan buyon murojaat qilmagan joyim qolmadi. Markaziy bankdan ham ijobiy javob ololmadim. Bu orada bank boshqaruvchisi bilan kredit bo‘limi boshlig‘i ishdan bo‘shab ketdi. Endi yangi boshqaruvchi bu pulni to‘lashdan bosh tortyapti. Qo‘l bilan berib, oyoq bilan chopish deb shuni aytsalar kerak. «Agrobank»ning tadbirkorni chuv tushirishimi bu?

Qoramol olingani haqidagi schyot-faktura
Qoramol olingani haqidagi schyot-faktura

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG