Линклар

Шошилинч хабар
26 сентябр 2021, Тошкент вақти: 08:41

AstraZeneca vaksinasi muallifi: Jamoaviy immunitet paydo bo‘lishi imkonsiz


Koronavirusning ilk o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda virus tarqalishi yana ko‘paygan, Pekin - 21 - avgust, 2020

Koronavirusning “delta” shtammi aholida COVID-19 ga qarshi jamoaviy immunitet hosil bo‘lishini imkonsiz qilib qo‘yadi – dedi “AstraZeneca” vaksinasini ishlab chiqqan guruh rahbari professor Endryu Pollard Britaniya parlamentidagi chiqishida.

“Muammo shundaki, ushbu virus – qizamiq emas. Aholining 95 foizini qizamiqqa qarshi emlasangiz, uning virusi ortiq bir odamdan boshqasiga yuqa olmaydi. Koronavirusning “delta” shtammi esa emlanganlarga ham yuqadi. Bu shuni anglatadiki, emlanmagan biror kishi kunlarning birida virusga duch keladi... va bizning bu kasallik yuqishini butunlay to‘xtatishi mumkin bo‘lgan hech narsamiz yo‘q”, deya olimning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “The Guardian”.

Shu bois, Endryu Pollardga ko‘ra, jamoaviy immunitetga erishish “afsona” bo‘lib qoladi.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, ayni paytda vahima ko‘tarishga sabab yo‘q, chunki mavjud vaksinalar, garchi doim ham kasallik yuqishidan asray olmasa-da, COVID-19 og‘ir kechishining va virus asoratidan vafot etishning oldini olishga qodir.

Bugungi kunda Buyuk Britaniyada katta yoshli aholining qariyb 75 foizi koronavirus infeksiyasining yangi turiga qarshi vaksinaning ikkala dozasini olgan. Bu hukumatga aksari cheklovlarni bekor qilishga imkon berdi.

Mamlakatda hamon kuniga o‘rtacha 20 ming nafardan ziyod odam koronavirus yuqtirgani aniqlanmoqda, ammo o‘lim holatlari joriy yilning qishidagi vaziyat bilan taqqoslaganda sezilarli darajada kamaygan.

Ҳиндистонда СOVID қурбонларининг кўплигидан жасадлар оммавий равишда ёқилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:58 0:00

Oksford universiteti Britaniya-Shvetsiya farmatsevtika shirkati bilan hamkorlikda ishlab chiqqan “AstraZeneca” vaksinasi COVID-19 ga qarshi YeI tomonidan ma’qullangan to‘rt emdoridan biridir. Mualliflar ma’lumotiga ko‘ra, preparatning koronavirusga qarshi o‘rtacha samaradorligi 70 foizni, “delta” shtammiga qarshi esa 60 foizni tashkil qiladi.

Iyul oyi o‘rtalarida Lui Paster nomidagi Sankt-Peterburg epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 ga qarshi jamoaviy immunitet 60 foizga yetganini ma’lum qilgan edi.

Ayni chog‘da, muassasa direktori Areg Totolyan “bu yengil tin olishimizga imkon beradigan daraja emas, bu jarayonni boshqarishga imkon beradigan darajadir”, degan edi. Olimning fikricha, pandemiyani yengib chiqish uchun jamoaviy immunitetni 90 foizga yetkazish lozim.

Mart oyi boshlarida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova avgust oyida, aholining 60 foizi emlab bo‘linganidan so‘ng mamlakatda jamoaviy immunitet paydo bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Пандемия йили: Коронавирус, карантин ва коррупция
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:49 0:00

XS
SM
MD
LG