Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2020, Тошкент вақти: 23:00

“Baliqlarimni ovlab olishga bir kun muhlat bermay hovuzni buzib tashlashdi”(VIDEO)


Tadbirkor hovuzidagi baliqlar sotuvga tayyor bo‘lib qolgan edi

Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on tuman, Nayman mahallasidan OzodMikrofonga tadbirkor 29 yashar Ma’ruf Bekmurodovning arz qilishicha, MIB xodimlari uning baliq to‘la hovuzini ogohlantirmasdan buzdirib tashlagan:

Тадбиркор Маъруф Бекмуродовнинг балиқ ҳовузи бузиб ташланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:29 0:00

“Men oddiy mardikor yigit edim, mardikorlikka topgan pulimga tadbirkorlik qilmoqchi bo‘ldim. 2016 - yilda Suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar ruxsati bilan daryo bo‘yidan baliqchilik qilishga yer olib, ishni boshlagan edim. Lekin hokimlik keyinchalik boshqa bir odamga ham shu yerga qaror chiqarib bergan. Uch yildan buyon ustimdan yoza-yoz bilan u odam, sudning qarorini chiqardi. MIB xodimlari meni bir og‘iz ogohlantirmasdan, hovuzimni traktor bilan buzib tashladi. Baliqlarim o‘ldi. Molu-holimni sotib, 80 million so‘m xarajat qilgan va kredit olgan edim. Bir kun sabr qilinglar, baliqlarimni ovlab olay, desam ham ko‘nishmadi. Uch yillik mehnatim ham, baliqlarim ham loy bilan qorishib ado bo‘ldi".

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG