Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:18

Bir necha avlod amerikalikning bo‘ynidagi qarz: Afg‘onistondagi urush qanchaga tushdi?


Afg‘onistondagi jangovar missiya Amerika tarixidagi eng uzun urush bo‘lgan.
Afg‘onistondagi jangovar missiya Amerika tarixidagi eng uzun urush bo‘lgan.

AQShning qariyb 20 yilga cho‘zilgan Afg‘onistondagi jangovar missiyasi Amerika tarixidagi eng uzun urush bo‘ldi. Ko‘plab oddiy amerikaliklar e’tiboridan chetda qolib kelgan urush Vyetnam urushiga qiyoslaganda, Kongress tomonidan kamroq nazorat qilindi. Lekin urush qurbonlari soni bir necha o‘n mingni tashkil qiladi. AQSh Afg‘onistondagi harbiy xarajatlarni qoplashga yirik qarzlarni olgani uchun bir necha avlod amerikalik uni to‘lashi kerak bo‘ladi.

Quyida AQSh yetakchiligida Afg‘onistonda olib borilgan urush statistikasi bilan tanishishingiz mumkin. Bu yerda keltirilgan ma’lumotlarni “The Associated Press” agentligi Harvard universiteti Kennedi maktabi xodimi Linda Bilmes va Braun universitetining urush xarajatlari loyihasiga tayangan holda to‘plagan. AQSh 2003 - yildan 2011 - yilgacha bir vaqtda ham Afg‘onistonda, ham Iroqda urush olib borgani uchun ayrim ko‘rsatkichlar ikkala urushga ham tegishli.

Eng uzoq davom etgan urush:

Afg‘onistonda boshpana topgan «Al-Qoida» rahbarlari 2001 - yilda amalga oshirgan terror xurujlari keyin tug‘ilgan AQSh aholisi: har to‘rt amerikalikning bittasi ana shu vaqtda tug‘ilgan.

To‘kilgan qon:

  • Afg‘onistonda aprel oyigacha o‘lgan amerikalik harbiylar: 2 448 nafar.
  • Halok bo‘lgan AQSh pudratchilari: 3 846.
  • Afg‘oniston milliy armiyasi va politsiyasi xodimlari: 66 000.
  • Boshqa ittifoqchi harbiy xizmatchilar, shu jumladan, NATOga a’zo boshqa davlatlar fuqarolari: 1 144.
  • Halok bo‘lgan afg‘onistonlik tinch aholi vakillari: 47 245.
  • Tolibon va boshqa muxolifat jangchilari: 51 191.
  • Halok bo‘lgan gumanitar yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar xodimlari: 444.
  • O‘lgan jurnalistlar: 72.

Afg‘onistonda AQShning deyarli 20 yilga cho‘zilgan ishg‘olidan keyingi ahvol:

AQSh, Afg‘oniston va boshqa ittifoqchi kuchlar Tolibon hukumatini ag‘darib tashlaganidan keyin bolalar o‘limi darajasining pasayishi: qariyb 50 foiz.

Bugungi kunda savod chiqargan afg‘onistonlik o‘smir qizlar foizi: 37.

Kongress nazorati:

Kongress 2001 - yil 11 - sentabr hujumlarini amalga oshirganlarni ta’qib qilishga ruxsat bergan sana: 2001 - yil 18 - sentabr.

AQSh qonunchilari Afg‘onistonga urush e’lon qilish uchun necha marta ovoz bergani: 0.

Senatning Mudofaa xarajatlari bo‘yicha quyi qo‘mitasi Vyetnam urushi davomida urush xarajatlarini ko‘rib chiqqan holatlar soni: 42.

Афғонистон: Кобулда хаос, Толибон Ислом Амирлигини эълон қилишга ҳозирланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:20 0:00

Xuddi shu qo‘mitadagi qonunchilar 2021 - yil yozi o‘rtalariga qadar Afg‘oniston va Iroq urushlari xarajatlarini tilga olgan holatlar soni: 5.

Senatning Moliya qo‘mitasidagi qonunchilar 2001 - yil 11 - sentabrdan 2021 - yil yozining o‘rtalarigacha Afg‘oniston va Iroq urushlari xarajatlarini tilga olgan holatlar soni: 1.

Naqd pulga emas, qarzga olib borilgan urush:

Prezident Harri Trumen Koreya urushini moliyalash maqsadida yuqori soliq stavkalarini vaqtincha 92 foizga oshirgan edi.

Prezident Lindon Jonson esa Vyetnam urushini moliyalash uchun yuqori soliq stavkalarini vaqtincha 77 foiz ko‘targan.

Ammo prezident Jorj Bush Afg‘oniston va Iroq urushlari boshlangan paytda eng badavlat kishilar uchun soliq stavkalarini oshirish o‘rniga kamida 8 foizga kamaytirgan.

AQSh 2020 - yilga qadar Afg‘oniston va Iroq urushlarini moliyalash uchun olgan qarz miqdori: 2 trillion dollar.

2050 - yilgacha to‘planadigan taxminiy foiz stavkasi xarajatlari: 6.5 trillion dollargacha.

Urushlar tugaydi, xarajatlar esa davom etadi:

Bilmesning hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh 4 millionga yaqin Afg‘oniston va Iroq urushlari faxriylari sog‘lig‘ini saqlash, nogironlik, dafn marosimlari va boshqa xarajatlarini qoplash maqsadida sarflashni va’da qilgan mablag‘ miqdori 2 trillion dollardan oshiqdir.

Bu xarajatlar 2048 - yildan keyin maksimal darajaga yetishi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG