Линклар

Шошилинч хабар
25 феврал 2021, Тошкент вақти: 07:19

Gitara ushlagan Navoiy. Tarmoqni titratgan trendlar


Toshkentda o‘tkaziladigan konsert afishasida gitara ushlagan Alisher Navoiyning tasvirlagani tarmoqdagi qadimchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi

Kundalik xabarlarni gazeta sahifalari yoki TV ekranlaridan emas, balki ijtimoiy tarmoqlardan o‘qish O‘zbekistonda allaqachon trendga aylanib ulgurdi. Ozodlik o‘tgan haftada tarmoq muhokama qilgan asosiy xabar va mavzularga nazar tashladi.

O‘zbek segmentiga atalgan kontentlar trendini o‘rganish chog‘ida Ozodlikka farg‘onalik TikTokchi bloger Diyora Abdujabborova hamrohlik qildi.

Abdujabborovaga ko‘ra, o‘tgan xafta ichida barcha platformalar asosan, ikki siyosiy mavzuni muhokama qilishgan:

“O‘zbekistonda prezident saylovlari bilan bog‘liq mavzu va rossiyalik muxolifatchi Navalniy uyushtirgan namoyishlar asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi. Navalniy masalasida tarmoq ikkiga bo‘lindi: Kreml tarqatayotgan propaganda ta’siriga tushib qolgan sayoz va savodsiz qatlam Putinni himoya qilib, Navalniyni "sotqin" deb atadi. Eng qizig‘i, odatda siyosiy temalarni kam muhokama qiladigan TikTokning o‘zbek segmentida Navalniy mavzusi topga chiqdi. Bu, endi Rossiyadagi TikTokchilarga ergashuv bo‘ldi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. O‘zbekistonda saylov mavzusining, asosan ikki jihati tortishildi. Birinchidan, saylov kunining dekabrdan oktabrga ko‘chirilishi va sobiq qo‘shiqchi Otajonovning prezidentlik ambitsiyalari. TikTokchilar "Otajonov prezident bo‘lsa, Halima madaniyat vaziri bo‘ladi" degan shakldagi memlar bilan uning ustidan hajv qilishdi”.

Diyora Abdujabborova
Diyora Abdujabborova

Navoiy turar bunda gitor ushlab

Navoiyning rok qiroliga aylangani tarmoqdagi qadimchilarni hurkitdi.

Flyin` Up ("Parvoz”) nomi bilan dong chiqargan o‘zbek rok-guruhi 24 - yanvar kuni Toshkentda o‘tkaziladigan konsert afishasida gitara ushlagan Alisher Navoiyning tasvirlagani tarmoqdagi qadimchilarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Facebook yuzeri Abduvohid Yoqubovning yozishicha¸ bu afisha "Navoiyni tahqirlashdir".

“Hazrat Navoiyning qo‘liga uning e‘tiqodiga to‘g‘ri kelmaydigan cholg‘u asbobini ushlatib qo‘yishlik uni masxara qilish hisoblanadi.”

Shu bilan gitara va har qanday musiqa asbobi va uni chalish “haromligi” haqida ham “fatvolar” berildi.

Asnoda bu posterni chop qilgan Flyin` Up guruhini linch qilish chaqiriqlari yangradi.

Ularga javoban Joldasov Arustan ismli yuzer “ Yaxshisi, bu posterni chizgan rassomni Parijdagi o‘qituvchi kabi kallasini olib tashlasanglar bo‘lmaydimi” deb piching qildi.

"Navoiy rok kuylamoqda"
"Navoiy rok kuylamoqda"

San’atshunos Abdumalik Turdiyevning Ozodlikka aytishicha, “bu qarshi chiqayotganlar Navoiydan ham, gitaradan ham xabari yo‘q xayterlar, xolos”.

“Davlat muzeyida bir miniatyura bor. Taxminan Navoiy yashagan davrda musulmon rassomi tarafidan chizilgan. Rasmda bir musulmon cholg‘uchining gitara chalayotgani va atrofda salla kiygan odamlar maftun bo‘lib tinglayotgani aks etgan. Gitara aslida, sharq musiqa asbobi. Yevropaga Misrdan kirib kelgan. Qadimgi Misr devoriy suratlarida ham gitara aks etgan. To‘rt torli musiqa asbobi. Ikkinchidan, Navoiy hozirgi mutaassib o‘zbeklardan farqli ravishda, musiqa va rassomlikni qadrlagan. Navoiyning qo‘liga torli asbob ushlatilganida men muammo ko‘rmayman. Aslida bu yerda rassom Kaydalov chizgan surat sal o‘zgarish bilan taqdim qilingan", - deydi munaqqid.

Alisher Navoiy
Alisher Navoiy

Jurnalist Ibrat Safoga ko‘ra, “xafa bo‘lish va siyosiy korrektlik o‘rtasida jang ketmoqda”.

“2010 - yilda O‘zbekistonning eng ajoyib fotografi va dokumentalisti Umida Ahmedovani Jinoiy kodeksda mavjud bo‘lmagan “millat sha’nini bulg‘ash” aybi bilan sudga tortishgandi. U o‘z ishlarida gender tengligini haqqoniy tasvirlashga uringan va xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari bizga sho‘rolardan meros qolgan sotsialistik realizm tipidagi dabdabali va yaltiroq suratlardan keskin farq qilardi. Millat tafakkurida uning *hozir ham* buyukligini uqtiruvchi ramzlar yaratilgandi. Umida Ahmedova esa, bu ramzlar ramkasidan tashqariga chiqqan.

Alisher Navoiyning gitara chalib turgani aks etgan poster ham bizning tafakkurimizga muhrlangan ramzlardan butkul farq qiladi, shu sabab ko‘plarga uni hazm qilish qiyin. Ammo buyuk adib unda haqoratlanganmi? Poster muallifining genialligi ham shunda - u juda ehtiyot bo‘lgan. Gitara ushlash haqoratmi? Sovuqda burun qizarishi haqoratmi? Navoiy bobomizni qanday holda aks ettirishga kimdir eksklyuziv monopol huquqni olganmi? Yo‘q, albatta. Ayni damda, rok guruhiga targ‘ibot yo‘lida u o‘z maqsadiga erishdi, reklamani tanqidchilar ham ta’minladi.

Aslida bu kabi poster Alisher Navoiy kimligini unutgan hamda soxta vatanparvarlik va puch shioru ramzlar ta’sirida ulg‘aygan avlodga Navoiy borligini yana bir bor eslatyapti. Bu yaxshimi, yomonmi?

Ba’zi boshqa misollarda: Abay, Shekspir, Gyugo, Servantes posterlari. Buyuk adiblarni zamonaga moslashtirib qayta-qayta tasvirlarda aks ettirish dunyoda oddiy narsa. Bu G‘arb nima qilsa, shuni qilish kerak degani emas, lekin kamroq xafa bo‘lishni va kengroq fikrlashni G‘arbdan o‘rgansa arziydi”, deb yozdi jurnalist Feysbuk sahifasida.

Umida Ahmedova suratga olgan tasvirlar ham toqatsiz e’tirozlarga nishon bo‘lgan edi
Umida Ahmedova suratga olgan tasvirlar ham toqatsiz e’tirozlarga nishon bo‘lgan edi

Bir yonda Navalniy, bir yonda Putin...

TikTokchi bloger Diyora Abdujabboravaga ko‘ra, keyingi bir xafta ichida tarmoqdagi o‘zbek segmentining 6 tarmog‘i “putinchilar va navalniychilarga bo‘lingan”

“Navalniy himoyasiga chiqqanlar jasoratiga tasanno aytganlardan ko‘ra, Putinning “patinkasini yalaymiz” deydiganlar ko‘proq bo‘ldi. An’anaviy media¸ radio TV¸ gazeta va saytlardan foydalanmay, faqat TikTokda o‘tiradiganlar Navalniyni qo‘lladi. Kreml parvarishidagi matbuotdan boshqani o‘qimaganlar esa, Putin tarafida edi.”

“G‘arb nog‘orasiga o‘ynashyapti . Hali Putinni yaxshi bilishmas ekan. Hali o‘zini uo‘rniga shunday kadrni kúyib ketadiki, G‘arb k..‘tini changallab koladi. Putin chekist, aklli inson, G‘arbni tavbasiga tayantiradi hali. Navalniy sotqin”, deb yozdi Youtube yuzeri Nodir Fahriddinov.

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik faol Aleksey Garshinning Toshkentdagi Rossiya elchixonasi oldida¸ Amir Sharifullinning esa, eski ToshMi mavzesida qilgan bir kishilik piketlari aks etgan video va suratlar ham tarmoq kun tartibida turdi.

Toshkentdagi piket
Toshkentdagi piket

Bu ikki piketchining IIBga olib ketilishini qoralaganlardan biri “Rus muxolifatchisiga ozodlik talab qilgan o‘zbek vatandoshining o‘zbek milisaxonasiga chaqirtirilishi O‘zbekiston hukumatining allaqachon Kremlga xizmat qila boshlaganini bildiradi”, deb yozdi.

“Po‘lat Bobojonovich! Rahbaringiz O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevmi yoki Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevmi? Javobini mayda harflar bilan maktub shaklida yozvoring, Po‘lat Razzoqovich.”

O‘zbekistonning uchinchi prezidentining oti Jahongirmi?

Jahongir Otajonov «Xalq manfaatlari» deb nomlangan yangi siyosiy partiya tuzish harakatiga tushgani aks etgan video atrofida tortishuvlar qizidi. “Egiz tuqqan xotinlar uchun tavsiya: Bollaringiz otini Jahongir¸Saparboy va Otajon deb qo‘ying, eng kamida Damas olasiz”, deb yozishdi.

Eltuz nashridagi karikatura
Eltuz nashridagi karikatura

Tahlilchi Anvar Nazir esa, Jahongir Otajonovni “saylov paytida odamlarni haqiqiy muxolifat va jiddiy tanlovdan chalg‘itish uchun o‘rtaga chiqargan torpedo-spoyler ”, deb atadi.

“Partiya - spoyler, degan tushuncha Rossiyada bor. Putinga qarshi partiya paydo bo‘lsa, uni omma, saylovchi, oldida rus tilida aytsak, razmit qilish, ommani chalg‘itish uchun , xuddi shunaqa nomli soxta muxolif partiya paydo bo‘ladi. Jahongirning bu ishlardagi maqsadlari bugun bir qancha, ommani, haqiqiy muxolif doiralardan o‘z tomoniga tortish, haqiqiy muxolif qatlamni parchalash , saylovni o‘yinga aylantirib, demokratiya, erkinlik tushunchalarini omma oldida obro‘sizlantirish, jiddiy muammolarni muhokamasidan yasama mavzuga ommaning e’tiborini tortish.

Oxirgi sabab, bu oldin ham uchragan narsa, misol biror bir jiddiy muammo ommaning e’tiboriga tushib qolsa , birdan yasama FB guruhlarida boshqa mavzu chiqib qoladi, asosan tafakkurni emas, hissiyotni ishga soladigan. Ko‘pincha, misol, diniy omil bilan bog‘liq. Chunki din mavzusi doim bizda ko‘pchilikni e’tiborini tortadi, ko‘pincha dinga aloqasiz bo‘lsa ham aslida. Bunaqa «mavzularni» eslatib o‘tirmayman, mendan yaxshi buni bilasizlar.

Jahongirni yaratilishi ham siyosatchi sifatida murakkab masala edi. Shunga ko‘pchilikni nazari tushsin bunga deb, "musiqa harom" degan salafiycha demagogiya oldinga tashlandi”.

Jahongir Otajonov
Jahongir Otajonov

Noz otini o‘ynatib chobuksuvorim bu kecha..

Madaniyat vazirining bog‘cha bollariga ishqiy g‘azallar asosidagi qo‘shiqlarni eshittirish taklifi¸ kalishini yechib uyga kirgan prezident¸ moshina oynasini tonirovka qilgan ashulachi Sevinchning shtraf to‘lab g‘amgin bo‘lgani ham tarmoqlar e’tiboriga tushdi.

Serfarzand oila
Serfarzand oila

TikTokda ko‘p ko‘rilgan videolardan biri “ Serfarzand oila” deb ataladi.

Kadrda nikoh libosi kiyib, ZAGSdan o‘tayotgan kelin va kuyov ko‘rinadi. Kelinga qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Kelin “kashasini berib turing, bir soatda boraman” deydi. Kuyov bo‘lsa, buni eshitib “iya seni hali qizing ham bormi” deydi. Kelin esa, “E Qo‘chqor aka, o‘g‘lim ham bor yaqinda maktabga chiqadi”, deydi.

Bu lavhani “Sariq bola qashqa. Keragi yo‘q boshqa” degan sketch hafta oxirida quvib o‘tdi.

Sarvinoz Quryozova
Sarvinoz Quryozova

XS
SM
MD
LG