Линклар

Шошилинч хабар
13 май 2021, Тошкент вақти: 05:12

Hokimiyat terimchilarga bosh qilgan brigadir opa paxta pulimizni bermayapti


Buxoro viloyat, Qorovulbozor tuman, Tinchlik MFYdan OzodMikrofonga shikoyat qilgan 35 yashar Bahora Fattoyevaning aytishicha, ishsiz ayollarni paxta terimiga jalb qilgan hokimiyat vakili ularga maosh va’da qilgan, ammo maosh tugul, hatto tergan paxtasining pulini ham bermayapti:

Ҳокимият теримчиларга тайинлаган бригадир опа пахта пулимизни бермаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:34 0:00
Бевосита линк

“O‘zim bog‘chada ishlayman. Karantin bo‘lib, bog‘cha yopildi. Hokimiyat tomonidan brigadir qilib qo‘yilgan Ozoda opa paxtaga chiqsalaring maosh ham beramiz, tergan paxtalaringni pulini ham olasizlar, deb va’da berdi. Oilamga madad bo‘lsin deb chiqdim, chunki o‘zim paxtani yaxshi teraman. Boshida kun ora paxta pulini berib turdi, lekin oxiriga kelganda terimchilarning 5-10 kunlik pullarini ham bermayapti. Oylik haqidagi gap ham yo‘q. Bitta meni o‘zimning 450 ming so‘m pulimni bermay qochib yuribdi, telefon qilsak olmaydi. Hokimiyatga ham hayronman, bu ayol ilgari ham shunaqa ishlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan edi, nega yana shunday odamlarni bosh qilib qo‘yishadi? Ayollar prokuraturaga ariza yozib berishdi, lekin hozircha natija yo‘q!”

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG