Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:39

"Jirkanch bayonot". Moskva Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari yuzasidan o‘zbek elchisiga norozilik bildirdi


Sherzodxon Qudratxo‘ja.
Sherzodxon Qudratxo‘ja.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi.

Rossiya TIV matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, Moskva Sherzod Qudratxo‘janing o‘zbek tilini bilmaydiganlar «bosqinchi» yoki «ahmoq» ekanini o‘zlari hal qilishlari kerakligi haqida aytgan so‘zlarini «o‘ta haqoratli va mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» deb hisoblaydi.

Rossiya TIV ga ko‘ra, bu kabi mulohazalarning mazmuni va ohangi ikki davlat o‘rtasidagi "strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga mutlaqo zid".

Rossiya tomoni "do‘st va ittifoqdosh O‘zbekiston aholisining mutlaq ko‘pchiligi Sherzodxon Qudratxo‘janing fikriga qo‘shilmasligiga ishonishi"ni ta’kidlagan.

Bayonotda Moskva "yaqin vaqt ichida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yuqori martabali shaxsning jirkanch bayonotlariga prinsipial baho berilgan rasmiy izoh beradi", deb umid qilayotgani urg‘ulanadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hozircha Qudratxo‘janing so‘zlari yuzasidan biron izoh bergani yo‘q.

O‘JOKU rektorining so‘zlari rossiyalik propagandachilarning O‘zbekistonga qarshi qaratilgan qator bayonotlari ortidan yangramoqda.

"Ўзбекистонни Россияга қўшиб олиш". Тошкент "чуқур ташвишда", аммо норозилик нотаси йўқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:42 0:00

O‘tgan yil 21-dekabrida Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Oleg Malginov rossiyalik yozuvchi va siyosatchi Zaxar Prilepinning «Rossiya segodnya» matbuot-markazidagi anjumanda qilgan bayonoti yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga "taklif etilgan"di.

Prilepin O‘zbekistonning ikki million fuqarosi Rossiya hududida ekan, Moskva O‘zbekiston hududiga "da’vo qilishi"ni iddao qilgan.

Oxirgi diplomatik mojaro manzarasida o‘zbek jurnalist va blogerlari yana bir bor O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasi berishga jur’at qilmaganini eslatishmoqda.

Persona non-grata?

Rossiyaning MDH, xorijda yashayotgan vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik ishlari bo‘yicha federal agentligi (Rossotrudnichestvo) O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi jamoatchilik kengashi bilan har qanday aloqalarni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda TASS agentligi Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov bayonotiga tayangan holda xabar qildi.

Primakovga ko‘ra, Rossotrudnichestvo rahbariyatining bunday qarorga kelishiga yuqorida nomlari sanalgan tashkilotlar rahbari Sherzod Qudratxo‘janing “rusofobcha mulohazalari” sabab bo‘lgan.

Avvalroq Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘ja AlterEgo YouTube-kanaliga bergan intervyusida Karl Marksga iqtibosan bir mamlakatda yashab, uning tilini o‘rganishni istamagan kishilarni “bosqinchi yoki ovsar” ekaniga ishora qilgan edi.

Rossotrudnichestvo rahbari Primakov Sherzod Qudratxo‘jadan bu mulohazasi uchun uzr so‘rashni talab qilgan.

Rossiya nashrlari Primakov bayonotini yoyinlayotgan bir paytda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida taniqli inflyuenserlar tomonidan Sherzod Qudratxo‘jani dastaklovchi qator postlar qoldirildi.

Ana shunday postlardan biri bloger Shahnoza Soatovaga tegishli bo‘lib, unda bloger “O‘zTvitter foydalanuvchilari Sherzod Qudratxo‘jani "mening yangi kumirim" deb olqishlashlayotgani”ga e’tibor qaratgan.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev esa Primakovning bayonotini “rus shovinistlarining navbatdagi aljirashi” deya baholagan.

“Bu shovinistlarning mantig‘i kulgili: biz boshqa mustaqil davlatlarning ichki ishiga burnimizni tiqishimiz normal holat, lekin ular o‘z davlatida o‘z ona tilisini hurmat qilishlarini talab qilishga haqqi yo‘q, deb o‘ylaydi”, deb yozgan o‘zbekistonlik bloger.

Sherzodxon Qudratxo‘ja 2018-yilda toshkentlik rus ayolga "o‘zbekcha gapir" degani uchun tarmoqlardagi mojaro markaziga tushgandi.

Tarmoqlarda rusiyzabon faollar uni millatchilikda ayblashgan.

Qudratxo‘ja ayblarni rad etgan va o‘zining axborot hujumiga uchraganini aytgan.

49 yashar Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston hukumatiga yaqin.

U o‘z vaqtida bosh vazir Mirziyoyev va prezident Karimovning matbuot xizmatlarida ishlagan.

Sherzodxon Qudratxo‘janing o‘tmishdagi rahbari prezident bo‘lgach Rossiya bilan yaqinlashdi va ayrim sovet ramzlarini qaytardi.

Oldinroq o‘zbekistonlik qator jamoat faollari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga o‘zining "istalmagan shaxslar" ro‘yxatini shakllantirish taklifi bilan chiqishgandi. Rasmiylar bu taklifni javobsiz qoldirgan.

XS
SM
MD
LG