Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2025, Тошкент вақти: 01:10

Katta o‘g‘rilar qayerda: Energetikadagi o‘g‘riliklar faqat iste’molchilar tomonidan sodir etiladimi?


O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev "Gazprom" rahbari Aleksey Miller bilan. Illyustrativ surat.
O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev "Gazprom" rahbari Aleksey Miller bilan. Illyustrativ surat.

Energetika vazirligining tarmoq va rasmiy platformalarida har oyda o‘nlab bir tipdagi xabarlarga ko‘zingiz tushmasligi mumkin emas.

Qayerdadir falon iste’molchi tarmoqqa noqonuniy ulanib, falon milliard so‘mlik gaz ishlatgan, piston iste’molchi elektr energiyasidan piston million so‘mlik zarar keltirgan, yana bir muttaham esa mayning ferma tashkil etgan. Va hokazo va hokazo.

Albatta, energetikadan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan doimiy profilaktika o‘tkazilishi bu to‘g‘ri, jazo va jarimalar ham shafqatsiz bo‘lishi kerak.

Lekin gap shundaki, siz masalan, biron marta biron joyda falon kon yo zavoddan o‘zi 600 mln.kub chiqsayam, 500 mln.gaz magistral trubaga o‘tdi, deb ko‘rsatishibdi , piston IES 500 mln.kub.gaz yoqib, 600 mln.kub ko‘rsatibdi, shu tariqa 100 mln.kub gazni o‘g‘irlashibdi qabilidagi xabarlarni o‘qimaysiz.

Lekin elektrdan 25%, gaz 2-5% gacha tabiiy yo‘qotishlarimiz bor, degan ayyuhannoslar tinmaydi. Balki bu o‘zi yo‘qotishmasdur, balki yo‘qotish deyilganining katta qismi o‘g‘rilikdir?

Konlardan boshlanib tegishli xos gazzapravkalar-u, IESlarda yopilib ketadigan o‘g‘riliklardir?

Balki endi o‘g‘rilikni manbasidan, katta o‘g‘rilar orasida ham qidirishni boshlarmiz?

Кремль чангалидаги ўзбек гази
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:19:16 0:00


Kimdir, energetiklarning forumida qatnashayotgan media vakillari bo‘lsa, xalqqa yuz qaratishni istamayotgan vazir va energetik korchalonlarni quvib yetib olishsa, shu savolni berib ko‘rishsin.

Otabek Bakirov

Iqtisodchi, bloger

Telegramdagi Bakiroo kanalidan olindi.

Tahririyatdan: OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtayi nazari tahririyat nuqtayi nazarini aks ettirmaydi.

XS
SM
MD
LG