Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2023, Тошкент вақти: 22:04

Nemolchi.uz: Samarqandda o‘quvchi qizga tegajog‘lik qilgan o‘qituvchi jazosiz qolmoqda


Jinsiy zo‘ravonlik. Illyustrativ surat.
Jinsiy zo‘ravonlik. Illyustrativ surat.

Samarqandda o‘quvchi qiz jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.

17 yoshli qiz 2022-yil aprel oyidan 5-maktab o‘qituvchisidan qo‘shimcha ravishda matematika bo‘yicha saboq ola boshlagan. 36 yoshli o‘qituvchi 2023-yil 5-may kuni o‘quvchisini aldov va kuch ishlatish yo‘li bilan uyiga olib kelgan va qarshiligiga qaramay uni yechintirib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.

Keyin qizni videoga olib, bo‘lib o‘tgan hodisa haqida hech kimga og‘iz ochmasligi kerakligi, aks holda shaxsiy surat va videolarini tarqatishini aytib qo‘rqitgan.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib qiz hodisa haqida onasiga aytib bergan. Qizning Rossiyada mehnat muhojiri sifatida ishlayotgan otasi darhol qaytib kelgan va 18-avgust kuni oila prokuraturaga ariza bergan.

10-oktabr kuni qizning otasi voqea yuzasidan tergov qanday ketayotganini bilish uchun ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgandan keyingina unga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgani haqida yozma javob berilgan. Garchi rad etish haqida qaror 27 sentabr kuni imzolangan bo‘lsa-da, tergovchi bu haqda jabrlanuvchini xabardor qilishni zarur deb hisoblamagan. Unga ekspertiza xulosasi ham taqdim etilmagan.

Bundan tashqari, o‘qituvchi qizning fotosuratlarini ijtimoiy tarmoq orqali tarqatib yuborgan.

Nemolchi.uz xabariga ko‘ra, ayni paytda jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxs psixologik-nevrologik dispanserga yotib olib, noqonuniy harakatlarini davom ettirmoqda.

“Samarqand viloyati prokuraturasidan ushbu holatni batafsil o‘rganishni talab qilamiz. Nega qizning otasi ish materiallari bilan bunchalik kech tanishtirildi va unga o‘zi imzolagan bayonnomalarning nusxalari berilmadi? Qiz maktabga borishdan qo‘rqadi, lekin unga haligacha himoya orderi berilmadi.

Тармоқларда яна педофилия билан боғлиқ ҳолатлар муҳокамади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:37 0:00

Zo‘ravon esa go‘yoki “jinni”day qizlarning taqdiriga raxna solishda davom etadimi?!” deb yozadi O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi loyiha.

Avvalroq Nemolchi.uz Toshkentdagi 158-maktab o‘quvchilarini axloqsiz harakatlar qilishga majburlagani ortidan 2 yilga qamalgan psixolog Azad Gasanov muddatidan oldin ozodlikka chiqqani va yana o‘qituvchilik faoliyatiga qaytgani haqida yozgan edi.

O‘tgan hafta Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya sudlov hay’ati Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Oybek Masharipov va viloyatning Yangiariq tumani FVB sobiq boshlig‘i Anvar Kuryazovlarni sud zalidan qamoqqa olish haqida hukm chiqargan.

Sobiq mulozimlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoxud uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish) bilan ayblangan.

Holbuki, apellyatsiya instansiya sudi shu yilning iyun-iyul oyidagi eshituvlarida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy tajovuz alomatlari borligini, mazkur harakatlar qayta tergovlarda o‘rganilishi lozimligini ta’kidlab, ajrim chiqargandi.

Mazkur ish tafsilotlari jamoatchilikka oshkor bo‘lishi ortidan Oliy sud va Bosh prokuratura sudlanuvchilar protsessual tartibda qamoqqa olinganini ma’lum qilgan edi.

Biroq jabrlanuvchi qizlarning aytishicha, bu gaplarning barchasi yolg‘on, sudlanuvchilar biror kun ham qamoqqa olinmagan. Jabrlanuvchilar davlat idoralari jamoatchilikning ovozini o‘chirish uchun yolg‘on xabar tarqatganini iddao qilmoqda.

Nemolchi.uz loyihasiga ko‘ra, Urganch shahridagi Mehribonlik uyi mudirasi uch qizni tanlab olib, 10 oy davomida (2021-yil maydan 2022-yil fevralga qadar) «moddiy manfaat uchun ularni turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan».

XS
SM
MD
LG