Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:22

Omma so‘rovi: Rossiyaliklarning 56 foizi koronavirus infeksiyasini yuqtirishdan qo‘rqmaydi


So‘rov natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyada «Sputnik V»  vaksinasi bilan emlanishni xohlovchilar soni kamaygan
So‘rov natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyada «Sputnik V»  vaksinasi bilan emlanishni xohlovchilar soni kamaygan

Rossiyaliklarning uchdan ikki qismi COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaruvchi koronavirus turini laboratoriyada yaratilgan biologik qurol deb ishonadi. So‘rovda ishtirok etgan respondentlarning to‘rtdan bir qismi esa virus tabiiy vujudga kelgan deb biladi. “Levada” ijtimoiy so‘rov markazi fevral oyida o‘tkazgan so‘rovnomasi shunday natijalarni qayd etgan.

Sotsiologlarning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirishdan qo‘rqmaydigan rossiyaliklar soni ancha ortgan. Respondentlarning 56 foizi infeksiyani yuqtirib olishdan qo‘rqmasligini aytgan. 2020 - yil oktabr oyida ularning 64 foizi COVID-19 bilan kasallanishdan qo‘rqishini aytgan edi.

Bundan tashqari, «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanishni xohlovchilar soni kamaygan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 30 foizi emlanishga tayyor, 62 foizi esa tayyor emas, 4 foizi allaqachon emlangan. Dekabr oyida respondentlarning 38 foizi emlanishga tayyor, 58 foizi tayyor emas edi.

Yoshlar boshqa guruhlarga qaraganda emlanishni kamroq istar ekan. 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan respondentlarning 75 foizi vaksina olishni istamaydi. 55 yosh va undan katta bo‘lgan respondentlarning 40 foizi emlanishga tayyor, 49 foizi esa bunga tayyor emas.

Rossiyaliklar, asosan vaksinaning nojo‘ya ta’siridan xavfsiramoqda. Bunday hadikni respondentlarning 37 foizi bildirgan. 23 foiz so‘ralganlar vaksina sinovlari yakunini kutish kerak deb hisoblaydi, 16 foizi esa emlanishda ma’no ko‘rmaydi.

Dekabr oyida emlanishning nojo‘ya ta’sirlaridan kamroq – 29 foiz respondent hadiksiragan edi. So‘rov ishtirokchilarining yarmi pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar o‘z vaqtida bekor qilinmoqda deb hisoblaydi. Respondentlarning 22 foizi cheklovlarni bekor qilish hali erta deb hisoblasa, 21 foizi ularni oldinroq bekor qilish kerak edi, deb biladi.

  • Fevral oyi boshida dunyodagi eng nufuzli ilmiy jurnallardan biri – «Lancet” - Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasining samaradorligi 91.6 foizni tashkil etganini bildirgan edi.
  • Rossiyada koronavirusga qarshi yana ikkita – Novosibirskdagi «Vektor» markaziga tegishli «EpiVakKorona» hamda Moskvadagi Chumakov markaziga tegishli «KoviVak» vaksinalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ularni keng ko‘lamda ishlab chiqish hali boshlanmagan.
  • «Farmvestnik» ma’lumotiga ko‘ra, fevral oyi boshiga qadar jami 16,261 million doza vaksina ishlatilgan, shundan 7,212 million dozasi, jumladan «Gam-Kovid-Vak» vaksinasining 6 231 563 dozasi, «EpiVakKorona»ning 50 240 dozasi qo‘llangan.

XS
SM
MD
LG