Линклар

Шошилинч хабар
25 июн 2021, Тошкент вақти: 05:00

"Qoningni ichaman!" - Mirziyoyev "Sodiq xizmatlari uchun" taqdirlagan IIV mulozimidan haqorat va tahdid audiosi


Haqoratli audiodagi ovoz egasi ekani aytilayotgan polkovnik Mahkam Vafoyev 2020 - yili Shavkat Mirziyoyev tomonidan sadoqatli xizmati uchun taqdirlanganlardan biri

Ozodlikka IIV mulozimi qo‘l ostidagi profilaktika inspektorlarini o‘z topshirig‘ini bajarmagani uchun qattiq haqoratlagan va ularga “qonini ichish” bilan tahdid qilgan audioyozuv yetib keldi.

Audioyozuvni yuborgan IIV tizimidagi mulozimlarning izoh berishicha, undagi ovoz Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari¸ huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i¸ polkovnik Mahkam Vafoyevga tegishli.

IIV tizimidagi manbalar audioyozuvda qayd etilgan yig‘ilish 2021 - yilning 9 -yanvar kuni bo‘lib o‘tganini aytmoqda.

Mazkur audioda IIV mulozimi profilaktika inspektorlarini o‘z topshirig‘ini bajarmagani uchun qattiq haqorat qiladi¸ ularga “qonini ichish” bilan tahdid qiladi.

Ozodlikning ushbu audioga munosabat bildirish so‘roviga javob bergan O‘zbekiston IIV Axborot xizmati mulozimi undagi ovoz Mahkam Vafoyevga tegishli ekanini inkor qilmadi. Ayni paytda mulozimning qo‘shimcha qilishicha, audio "7-8 oy oldingi eski yozuv". Uning so‘zlariga ko‘ra, Vafoyev ayni kunlarda davolanish ta’tilida.

Ozodlik gaplashgan ichki ishlar tizimining boshqa mulozimlari Vafoyev qudratli senatorlardan biriga qarindosh ekanini iddao qildi. Ular Vafoyevning “so‘kong‘ichligi” ma’lum va mashhur ekaniga qaramasdan, uning bunday xulq-atvori jazosiz qolayotganini qarindosh rishtalariga bog‘ladi.

Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari inspektorlarga nima dedi?

Toshkent shahar IIBB tizimida ishlovchi zobitlar Ozodlikka yuborilgan audioning 2021 - yil 9 - yanvar kuni Mahkam Vafoyev tomonidan Telegram messenjeridagi yopiq guruhda qoldirilganini bildirdi.

Vafoyev Toshkentdagi barcha rayonlardagi IIB HOOB (Huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limi – tahr.) ning boshlig‘i hisoblanadi. Bayramdan so‘ng rayon HOOB boshliqlari va profilaktika inspektorlaridan rezultat talab qilyapti. Rezultat degani, fuqarolarni har xil huquqbuzarlikda ayblab¸ bayonnoma tuzish va ularni jarimaga tortish bo‘yicha raqamlar. Yuqoridan o‘rta tizimda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlariga bosim qilib, majburan shunaqa rezultat qildiryapti¸ xalqqa ko‘proq jarima sol¸ deyapti. Unga qolsa¸ hammaga shtraf yozishimiz ¸ bergan planini bajarishimiz kerak”¸ - dedi 11 - yanvar kuni shaxsi sir qolishini so‘rab Ozodlikka ma’lumot bergan IIBB tizimi xodimi.

Ozodlikka yuborilgan 50 sekundlik audioda Mahkam Vafoyev ekani aytilayotgan mulozim¸ o‘zi talab qilgan raqamlarni taqdim qilmagani uchun¸ aftidan¸ tuman HOOB boshliqlarini haqorat qiladi.

Kecha man hammangga odamga o‘xshab tushuntiruvdim¸ to‘g‘rilalaring hamma pozitsiyani desam¸ sanla naborot qipsanla. A..ngni yediraman san ja..plani boru bir-ikkitangni¸ k...ga o‘xshagan. Sanla qarab turgin¸ bir-ikki soatda bo‘shavoliy¸ bugun qoningni ichaman¸ q...qda dam olasan san pi..razla. Chizgan protokolingga¸ pi..raz¸ san j..aplani. Erkakmassan sanla¸ gaping o‘tmiydi na ..y. O‘zlaringcha dam oldi bir -ikkitasi boshqa depsan. Yarimi bo‘q yedimi? Sanla nimani o‘ylavossanla hozirdan¸ nimani harakatini qivossanla? Ha o‘v erkak, j..ap? Tushundim deb yozasan, hammang k.t. Erkak bo‘sang ishla¸ bo‘masa poshel na ..y boshqa joyga ket. Hozir man bo‘shavoliy, bir -ikki soatda bugun kechki 22:00 da gaplashamiz sanla bilan . Olmazor ROVD yig‘aman hammangni!”¸ deydi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari¸ polkovnik Mahkam Vafoyev ekani aytilayotgan shaxs.

Prezident selektoriga hozirlik

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Mahkam Vafoyevning o‘z qo‘l ostidagi HOOB rahbarlari va inspektorlarga qilgan haqorati mazmuni bilan tanishgan ichki ishlar tizimi mulozimlaridan biri¸ audiodagi topshiriqning ayni kunlarda butun respublika miqyosida borayotgan jarayonga aloqadorligini bildirdi.

«Shavkat Mirziyoyevning 2-3 kundan keyin mamlakatdagi jinoyatchilik¸ ayniqsa¸ profilaktika choralari bo‘yicha selektor o‘tkazishi kutilyapti. Hozir IIV, DXX va boshqalar qattiq tayyorlanmoqda. Inspektorlardan ana shu selektorda prezidentga beriladigan raqamlarni yig‘ish uchun hisobot so‘ralyapti. Ko‘p joylarda inspektorlar soxta raqam berishga majburlanmoqda. Shuni vaqtida qilmaganlarga mana shunaqa bosim va haqorat bo‘lyapti”¸ dedi shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan vazirlik xodimi.

Bu mulozim ta’kidicha¸ Mirziyoyev o‘tkazadigan selektorda asosiy e’tiborning huquq-tartibot tizimlari tomonidan ochilmay qolgan jinoyatlar masalasiga qaratilishi kutilmoqda.

IIV: Audio eski!

11 - yanvar kuni Ozodlik polkovnik Mahkam Vafoyevniki ekani aytilgan haqoratli audioga munosabat bildirishni so‘rab¸ O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatiga murojaat qildi.

Ozodlik taqdim qilgan audio bilan tanishib chiqqan xizmat mulozimi¸ ovoz egasi polkovnik Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Mahkam Vafoyev ekanini inkor qilmadi.

Bu audioga 7-8 oy dan oshdi. Bu murojaat profilaktika inspektorlariga emas, rahbarlarga nisbatan aytilgan. Ushbu masala yuzasidan audio egasiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan va bu xodim ayni vaqtda davolanish ta’tilida”¸ deb izoh berdi IIV Axborot xizmati mulozimi.

Audioni Ozodlikka yuborgan Toshkent shahar IIBB xodimlari¸ Axborot xizmatining bu ma’lumotini inkor qildi.

7-8 oy oldin Telegramda tarqagan auido boshqa edi. Oldingisi Olmazor tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi inspektori, podpolkovnik Farrux Xolovning o‘z boshliqlari va va 8ta hududiy IIB rahbari a’zo bo‘lgan Telegram guruhida 14 - iyul kuni qoldirgan gaplari edi. Eshitib ko‘rsangiz¸ Xolov ham GOM rahbarlariga o‘ziga Vafoyevdan qattiq haqorat va bosim bo‘layotgani¸ unga dosh berish juda qiyinligini aytadi. O‘shanda ham rezultat so‘ralgandi.

Олмазор тумани ИИО ФМБ Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси бошқармаси инспектори, подполковник Фаррух Холовнинг Телеграмда тарқаган аудиоси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:56 0:00
Бевосита линк

Inspektorning o‘z hududidan tashqariga chiqishi mumkinmas. Vafoyev inspektorning asosiy ish liniyasi – jinoyatchilik bilan ishlashi o‘rniga¸ ularni har-xil tadbirlarga jalb qiladi¸ MIBchilar bilan yurishga majburlaydi. Masalan¸ prezident boradigan tadbirga minglab inspektor jalb qilinadi. Prezidentning katta sondagi xavfsizlik xizmati bor-ku oxranaga! Inspektorning oyligi past¸ ish vaqti kamida 12 soat¸ dam olish kuni yo‘q. Bular yetmagandek¸ mana shunaqa haqoratdan boshi chiqmaydi”¸ deydi Ozodlik gaplashgan toshkentlik inspektorlardan biri.

Olmazor tuman IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi inspektori, podpolkovnik Farruh Xolovning Telegramda tarqagan audiosiga munosabat bildirgan IIBB, “podpolkovnik Xolovga nisbatan xizmat tekshiruvi belgilangani”ni bildirgan edi. Bu xizmat tekshiruvining nima bilan tugagani haqida hozirgacha ma’lumot berilmagan.

Ozodlik gaplashgan ichki ishlar tizimi xodimlaridan biri IIV rahbarlarining o‘z qo‘l ostidagilar va oddiy aholiga haqoratomuz munosabat qilishi keng tarqalgan “kasallik” ekanini aytadi.

IIVda so‘kinish odatiy hol. Ko‘p xodimlar boshliq onasidan so‘ksa ham, indamay turaverishini ko‘rganman. G‘urur, or-nomusni yig‘ishtirib qo‘yishgan. Chunki ko‘pchilikning boshqa hunari yo‘q, oilasini shu ish bilan boqadi. Lekin bunday malaylarni oqlay olmayman. Onasi, oilasi sha’nini himoya qilolmagan odam, Vatanini himoya qilolmasligi aniq”¸ - dedi tizim zobitlaridan biri.

O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimidagi ko‘plab mulozimning so‘kong‘ichligi audio va videolarda tasdiqlanganiga qaramay¸ hozirgacha ulardan birortasi qo‘l ostidagilar yoki oddiy aholi vakillarini haqorat qilgani uchun vazifasidan bo‘shatilgan emas.

O‘zbekistonning eng so‘kong‘ich hokimlaridan biri sifatida nom chiqargan Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev shov-shuvli audiolar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi tanqid va noroziliklarga qaramay, o‘tgan yil sentabrida Mirziyoyev tomonidan Bosh vazir o‘rinbosarligiga tayinlangan edi.

Ichki ishlar tizimida so‘kong‘ichligi bilan tanilgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vafoyev Mahkam Mirjonovich esa¸ 2020 - yilning avgust oyida Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG