Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 00:10

Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qaramay O‘zbekistonda AES qurish rejasi bekor qilingani yo‘q


Prezidentlar Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Toshkentda AES loyihasi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda. 19-oktabr, 2018
Prezidentlar Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Toshkentda AES loyihasi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda. 19-oktabr, 2018

O‘zbekiston to‘rt yil oldin mamlakat hududida atom elektr stansiyasi (AES) qurish rejasini e’lon qilganda dunyo boshqacha edi, deb yozmoqda Eurasianet nashri.

U paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro miqyosda yakkamoxov emasdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Putinni Toshkentda faxriy mehmon sifatida kutib olayotgan edi.

2018-yilning 19-oktabrida Mirziyoyev va Putin Jizzaxda AES qurilishining ramziy tugmasini bosdi.

Qiymati 11 milliard dollarga baholanayotgan AESni Moskva kreditlari hisobidan Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi qurishi kerak edi.

Toshkent AES ko‘mir va tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni ozaytirishini aytib, loyihani olqishladi. Shuningdek, Toshkent AES ishga tushsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan gazni qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni qayta ishlash uchun ishlatish mumkin bo‘lishini aytdi.

Ammo Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan loyiha kelajagi haqida savol tug‘ildi. Maqolada e’tirof etilishicha, 2017-yilda Toshkent uchun «Rosatom» mantiqiy hamkor bo‘lgan, ammo Rossiya agressiyaga javoban joriy qilingan sanksiyalar tufayli «Rosatom» bilan hamkorlik mushkul bo‘lishi kutilmoqda.

«Rosatom» O‘zbekistonda AES qurish rejasini agressiv tarzda ilgari surib kelmoqda.

Podrobno.uz nashrida 4-aprel kuni e’lon qilingan maqolada yozilishicha, «Rosatom» vakili Vadim Titov:

«Loyiha tafsilotlari muhokama qilinmoqda. Atom elektr stansiyasi qurilishi mamlakatlarimiz manfaatlariga mos keladigan strategik ikki tomonlama hamkorlik loyihasi ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz», — degan.

Ammo Rossiyaga qarshi joriy qilingan mislsiz sanksiyalarning to‘liq ta’siri hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bu esa «Rosatom»ning O‘zbekistonda AES qurish rejasiga tahdid solmoqda.

Kolumbiya universitetining Global energiya siyosati markazi qoshidagi Xalqaro xavfsizlik tashabbusi direktori Richard Nefyu Eurasianet nashriga:

«“Rosatom”ning o‘zi bunday sanksiyalarga duchor bo‘lmagan bo‘lsa-da, hali tugallanmagan yoki loyihalash bosqichida bo‘lgan loyihalar sanksiyalar bilan bog‘liq qiyinchiliklar va aralashuvlarga duchor bo‘lishi ehtimoli juda katta», — deb aytgan.

«Moliyaviy operatsiyalar, texnologiya transferlari va shunga o‘xshash narsalarni nishonga olayotgan sanksiyalar bunday loyihalarni amalga oshirish va yakunlash bo‘yicha harakatlarga putur yetkazadi», — deya qo‘shimcha qiladi u.

Eurasianet maqolasi muallifiga ko‘ra, loyihani davom ettirish ham, uni bekor qilish ham Toshkent uchun boshog‘riq bo‘ladi.

Mirziyoev 2018-yilda AES o‘n yil ichida qurib bitkazilishini aytgan. Loyihani amalga oshirish uchun yangi hamkor topish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, loyihani bekor qilish agressiv kayfiyatdagi Rossiyani g‘azablantirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG