Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:03

"Sputnik V" vaksinasini olishga tayyor rossiyaliklarning aksari Putin tarafdorlari - so‘rov


Putin Moskvadagi koronavirus bemorlari uchun maxsus shifoxonaga tashrifi chog‘ida - 24 - mart, 2020
Putin Moskvadagi koronavirus bemorlari uchun maxsus shifoxonaga tashrifi chog‘ida - 24 - mart, 2020

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin kelajakda o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanadi. 27 - dekabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident bu haqda tez orada o‘zi rasman ma’lum qilishini aytdi.

Putin 17 - dekabr kuni o‘tkazilgan yillik matbuot anjumani chog‘ida «barcha rasmiyatchiliklar» hal qilingandan keyin koronavirusga qarshi emlanishini aytgan edi.

Rossiyada «Sputnik V» vaksinasi 11 - avgustda ma’qullangan. Ushbu vaksina rasmiy ma’qullangan jahondagi ilk vaksinadir. Ammo tanqidchilar «Sputnik V» sinov muddati yakuniga yetmasidan oldin ma’qullanganini aytib, uning xavfsizligini shubha ostiga olib kelmoqdalar.

Вирус тарқаётган Москвада муҳожирлар бир нечта тиббиёт комплексларини қурмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:55 0:00

Kuni kecha Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi «Sputnik V» vaksinasi bilan yoshi 60 dan oshgan kishilarni emlashga ruxsat bergan edi.

Moskvada virus yuqtirish ehtimoli katta kishilar guruhiga kiruvchilarni emlash 5 - dekabrdan boshlangan edi. Joriy yil oxirigacha Rossiya bo‘ylab 500 mingdan ortiq dozada vaksina tarqatiladi.

Moskva shahrida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinligicha qolmoqda. Shu sababdan shahar hukumati COVID-19 ga qarshi emlash imkoniyatiga ega bo‘lgan har bir kishiga vaksina olishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakovaning so‘zlariga ko‘ra, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ovqatlanish, sport tashkilotlari xodimlari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bugundan boshlab emlanadilar. Rakova emlash punktlari yangi yil bayramlari davomida ham yopilmasligini aytdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada emlash sur’ati AQSh va Buyuk Britaniyadagidan o‘nlab marta past bo‘lib, mamlakatda kuniga bir necha ming kishigina emlanmoqda.

«Levada» markazi dekabr oyida o‘tkazgan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, rossiyaliklarning 58 foizi hanuz emlanishga tayyor emas – hatto vaksina bepul bo‘lsa ham. Rossiyaliklarning atigi 38 foizi emlanishga hozir.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 40 yoshdan oshganlar va ma’lumotni asosan televizordan oladiganlar orasida vaksina olish istagi kuchliroq. Bundan tashqari, vaksina olishga hozirlarning aksariyati prezident Putin tarafdorlari ekani aniqlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada kuniga 29 mingdan ziyod kishiga virus yuqmoqda. Mamlakatda bugunga qadar 140 mingdan ko‘p kishi COVID-19 infeksiyasi tufayli nobud bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG