Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:50

To‘palang GESda texnogen hodisa: Sardoba "qahramonlari" voqea joyiga bordi


22-iyun kuni ertalab tarmoqlarda O‘zbekiston janubidagi To‘palang suv omboridan suv toshgani aytilgan va atrofdagi aholi uylarini tashlab chiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida aytilishicha, shu kuni soat 08:14 larda To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarilgan.

Vazirlik omborga suv quyilishining rejaviy miqdori sekundiga 70 kub metr bo‘lib, hozirgi vaqtda bu miqdor 110 kub metrni tashkil qilmoqda. Gidroelektr inshootining loyihasi sig‘imi esa 400 million kub metr bo‘lib, hozirda omborda 378,8 million kub metr suv bor.

Vazirlikning iddaosicha, suv omborining mustahkamligiga ziyon yetmagan, ayni vaqtda chiqarilayotgan suv hajmini mo‘’tadillashtirishga harakat qilinmoqda.

«O‘zbekgidroenergo» shirkati esa mazkur vaziyatda inshootning pastki qismidan katta hajmda suv chiqishiga GESning ikkinchi komponent inshootidagi suv quvuri to‘sini shikastlanishi sabab bo‘lgani haqida ma’lum qildi.

Mazkur inshoot direktori Asror Ulug‘ov hamda Sariosiyo tumani tuman FVB boshlig‘i «vahimaga va aholini evakuatsiya qilishga hojat yo‘qligini» ta’kidlashdi.

«Bugun ijtimoiy tarmoqlarga chiqqan To‘palang suv ombori haqidagi xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida soat 10:28 da jonli efirda chiqyapman. Mana, suv omborida ko‘rib turganingizdek hammasi joyida.

Har doimgidek nazorat o‘lchov ishlari olib borilib, suv omborida hech qanday [favqulodda] holat bo‘lgani yo‘q», — dedi inshoot rahbari Asror Ulug‘ov.

Sardoba "qahramonlari" voqea joyida

Ozodlik iltimosiga ko‘ra hodisa joyiga borgan huquq faoli to‘sin shikastlanishi tufayli toshqin yuzaga kelgan joy To‘palang to‘g‘onidan qariyb 2 kilometr pastdagi 2-gidroinshootda ro‘y bergani, bu aholi uchun xavfsiz ekanini aytdi.

“Sardobadagi fojia qo‘rquvi kishilarimiz ongidan ketgani yo‘q. Shu boisdan odamlar biroz sarosimaga tushgan”, deydi huquq faoli.

Bir qancha ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasi voqea joyiga yetib borgani haqida yozmoqda, ammo bu borada rasmiy bayonot berilmadi.

Biroq «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Sariosiyoda ekani haqida shirkat vakillari ma’lum qildi. Tushga yaqin ommaviy axborot vositalari orqali chiqish qilgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov aholini tinchlanishga, har-xil uydirma va bo‘htonlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov boshchiligida komissiya tuzilgan, inshootning texnogen holati o‘rganilmoqda.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruvlari boshlangan.

Hodisaga “O‘zbekgidroenergo” izohi

Mazkur inshoot bunyodkori “O‘zbekgidroenergo” shirkati vaziyatni quyidagicha izohladi: “Modernizatsiya loyihasi doirasida sinov ishlari olib borilayotgan bosimli suv quvuri to‘sini shikastlanib, qo‘shimcha 40 metr sekund atrofida suv miqdori GES binosi orqali chiqqan. Barcha kuchlar safarbar qilinib, ayni vaqtda muammo bartaraf etilmoqda.

To‘palang GESda modernizatsiya qilish va GES quvvatini 30 MVtdan 175 MVtga oshirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, modernizatsiya jarayonida bosimli suv quvuriga o‘rnatilgan vaqtinchalik tiqinning shikastlanishi natijasida soniyasiga 40 kub metr suv sizib chiqqan».

"Iltimos, AES qurmanglar!"

To‘palang GESdagi hodisa bois 2020-yil mayidagi Sardoba texnogen fojiasi hamda mamlakatdagi suv omborlari xavfsizligi yana bir marta ijtimoiy tarmoqlar kun tartibiga chiqdi. Rasmiylarning aholini tinchlantirishga chaqirgan bayonotlariga qaramay ijtimoiy faollar hukumatning texnogen hodisalar qarshisidagi zaifligiga e’tibor qaratgan.

Bloger Aqida Xanum: “Iltimos, bizanikilar damba qurmasin! AESni umuman unutinglar. Odam qo‘rqyapti” deb yozdi.

Rishtonlik faol Dima Qayum esa hodisaga munosabat bildirarkan, rasmiylarga: “Mayli, men, bolalarim, nevaralarim shamda o‘tirsin faqat AES qurmanglar!)” deya xitob qiladi.

Ijtimoiy tarmoq faoli Muhammad Shakur esa: “Davlat mashinasi xalqni "qovog‘iga qarab" ishlasa ishlar bir ko‘rinish oladi, bitta odamni qovog‘iga qarab faoliyat yuritsa – umuman boshqacha ko‘rinish. Ya’ni xalqning kayfiyati muhim bo‘lsa ishlar o‘sha xalq manfaati uchun bo‘ladi, va davlat mashinasi xalqdan qo‘rqib turadi, bitta odamning kayfiyati a’lo bo‘lsa nima qilib bo‘lsa ham hamma ishni o‘sha – bitta odamga yoqish, uning kayfiyatini tushirmaslik uchun qilinadi.

“Nima bo‘pti” deyishi mumkin kimdir, demak o‘sha kimdir tushunmaydiki, bunda xalq – davlatni ta’sis etgan subyekt – doimiy xavf va tahlika ostida yashaydi, taqdiri savol ostida bo‘ladi” deb yozdi.

Rasmiylar izohini savol ostida qoldigan faol Musannif Adham esa: "Sizish" deganda suvning sekin-asta, mildirab, bilinar-bilinmas oqib chiqishini tushunardim. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda esa "To‘palang"ning qaysidir inshootidan suv shovillab toshib chiqayotganini ko‘rdim. Buyog‘iga "oq"ni "qora", "rost"ni "yolg‘on"ga almashtirib gapiramiz, shekilli” deydi.

Sardoba fojiasi bo‘yicha davom etayotgan sirli mahkama

Nomi sir qolishni istagan sud xodimiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Sardoba ishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha mahkama jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi JKning o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va tog‘-kon sanoati qurilishi me’yorlariga rioya etmaslikda ayblanayotgan 19 kishi ustidan olib borilayotgan mahkama ishi yopiq tarzda ko‘rilmoqda.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, sudlanuvchilardan chorak trillion so‘mdan ortiq miqdordagi zarar undirilgan.

Ish yakunlari bo‘yicha Bosh prokuraturaning qo‘shimcha ma’lumot berishi ko‘zlangan.

2021-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2020-yilning 1-mayi tongida sodir bo‘lgan Sardoba texnogen halokatida ayblangan 16 nafar shaxsga nisbatan hukm o‘qigan.

  • 2020-yilning 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan, 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan.
  • To‘g‘on yorilishi oqibatida yuz bergan toshqin O‘zbekiston tarixidagi eng yirik aholini evakuatsiya qilish amaliyotiga sabab bo‘ldi - yuz minglab odam xavfsiz hududga ko‘chirildi.
  • 2021-yil 10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati yopiq sud majlisida «Sardoba ishi» bo‘yicha 17 kishiga hukm o‘qidi.
  • Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
  • Sud hukmiga ko‘ra, “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” bosh direktorining sobiq o‘rinbosari M. Xolmatov 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.Qolgan sudlanuvchilarning aksari jarima bilan qutulgan. Qamalganlardan ayrimlarining yaqinlari Ozodlikka Sardoba fojiasining asl aybdorlari jazodan qutulib qolganini aytishgan. Bu kabi fikr O‘zbekistondagi jamoatchilik va tarmoq faollari orasida ham keng tarqalgan.
  • 2009—2017-yillarda Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i oqib o‘tgan hududda barpo etilgan Sardoba suv ombori loyihasiga davlat byudjetidan 1,3 trln so‘m mablag‘ sarflangan (2017-yil 1-yanvaridagi Markaziy bank ayirboshlash kursi bo‘yicha 404,4 mln AQSh dollari- tahr.).
  • Tahlilchilar rasmiy matbuotda "asr loyihasi" deb atalgan Sardoba suv omboridagi fojiada korrupsiyaning o‘rni alohida tergov qilinishi kerakligini aytishgan. Prezident Mirziyoyevning o‘zi 2020-yil 5-may kuni Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan majlisda fojiada korrupsiyaning roli borligini tan olgan.
Сардобадан бир йил ўтиб: Сув остида қолган сирлар. Озодлик суриштируви
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:26:21 0:00

XS
SM
MD
LG