OzodNazar: Mirziyoev emas qonunlar ishlasin!

Muxolifatdagi Erk demokratik partiyasi bosh kotibi¸ matematik olim¸ professor Otanazar Oripov OzodNazar dasturida ishtirok etib¸ marhum prezident Islom Karimovga haykal qo‘yish masalasidagi salbiy qarashlarini baën etdi.

Suhbatdoshga ko‘ra, “mamlakatni tanazzulga olib borgan” Karimovga “haykal qo‘yish hayf”.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Otanazar Oripov bilan suhbat

O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov haykallarini Karimov davrida tazyiq qilingan haykaltarosh Ilhom Jabborov yasaydigan bo‘ldi. Ilhom Jabborovning Islom Karimovga haykal yasash bo‘yicha Xalqaro badiiy tanlov g‘olibi bo‘lgani 26 aprel kuni rasman e’lon qilingan bo‘lsa¸ Ozodlik o‘z manbalariga tayanib aynan shu muallifning Karimov haykalini yasashi haqida o‘tgan yil noyabr oyida ma’lumot bergan edi.

Suhbatdosh¸ shuningdek yangi prezident Mirziyoev tashabbuslarini “izchil asosga ega bo‘lmagan kompaniyabozlik” deya tanqid qildi.

Oripovga ko‘ra¸ Mirziyoev emas, mavjud qonunlar ishlashi lozim.