Prezident Imomali Rahmon aksariyati musulmon bo‘lgan tojikistonliklarni hijob kiymaslik va soqol o‘stirmaslikka da’vat qildi.
11 iyul kungi chiqishida Rahmon hijob va ayollar kiyadigan qora liboslarning tojik milliy an’analariga mos kelmasligini¸ uzun soqollarning esa¸ dindorlik bilan ko‘p ham aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Tojikistonliklarni “Ollohni qalb bilan sevish”ga chaqirgan Rahmon¸ musulmonlarga taqvodorlikni tashqi unsurlar bilan namoyish qilishni to‘xtatishni tavsiya qildi.
Shuningdek¸ tojikistonliklarni o‘z tarixiy an’analariga sodiq qolishga chaqirgan prezident¸ ularni¸ ayniqsa¸ yoshlarni internet orqali bo‘layotgan yot madaniyat va an’analar targ‘ibotiga uchmaslikka ham da’vat qildi.
8¸5 millionlik Tojikistonda qizlarning o‘quv maskanlariga ro‘mol o‘rashi¸ o‘quvchilarning masjidga borishi taqiqlangan. Dushanbe hukumati Iroq va Suriyadagi qurolli guruhlarga qo‘shilish ehtimoli oldini olish maqsadida Dushanbe hukumati o‘tgan oylar davomida xorij madrasalarida o‘qiyotgan minglab tojikistonlik talabani majburan vataniga qaytardi.