Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:23

El-Klasiko: "Barselona" - "Real Madrid" 3:2


Ispaniyaning “Barselona” va “Real Madrid” futbol klublari ishtirokidagi "Kamp Nou" stadionida o’tgan navbatdagi El-Klasiko uchrashuvi 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Ispaniya superkubogi birinchi uchrashuvi doirasidagi mazkur o’yin kutilganidek murosasiz va hujumlarga boy o’tdi.

Barcha gollar o’yin ikkinchi yarmida kiritildi. Gollarga “Barsa”dan Pedro, Messi va Xavi, “Real Madrid”dan esa Ronaldu va Di Mariyalar mualliflik qilishdi.

Superkubok g'olibi 29 avgust kuni Madridda "Santyago Bernabeu" stadionida o’tadigan javob uchrashuvida aniq bo’ladi.

Mamlakat chempioni va kubok sohibi uchrashadigan Ispaniya superkubogi 1982 yildan beri o'ynalib kelinadi. Hozircha "Barsa" hisobida 10, "Real" hisobida esa 8 superkubok bor.

"Kamp Nou"da o'tgan uchrashuvdagi gollar:

XS
SM
MD
LG