Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:37

Chodirxayol: "Na go‘zalsan Rayhon..." - 60-yillar xiti


Chodirxayolning "Tanish qo‘shiqlar" sahifasida 50 yil burun ozari qo‘shiqchilari Zaynab Xonlarova va Rashid Behbudov ijro qilgan "Na go‘zalsan Rayhon" qo‘shig‘i tarixini o‘rgandik.

Muhabbat Shamaeva¸ Abram Tolmasov¸ Nasiba Abdullaeva repertuaridan o‘rin olgan bu qo‘shiqni shu kunlarda Mayamida istiqomat qilayotgan o‘zbek ijrochisi Larisa Moskaleva ham kuylamoqda.

Buxoro yahudiylari O‘zbekistondan hijrat qilgani ortidan bu qo‘shiq Isroil va Amerikada ham mashhurlashdi.

Qo‘shiq matni forsiyga o‘girilib, taniqli qo‘shiqchi Andi tarafidan ijro qilinar ekan¸ "Na go‘zalsan Rayhon" ashulasi fors dunyosini zabt qildi.

Inson umri poyonli, qo‘shiq umri poyonsiz...

Chodirxayolning "Tanish qo‘shiqlar" nomli sahifasida bundan 50 yil burun O‘zbekistonda urf bo‘lib bugun ham aytilayotgan "Na go‘zalsan Rayhon" qo‘shig‘i tarixini o‘rganish asnosida qiziq faktlarga duch keldik.

Shu kunlarda AQSh da istiqomat qilayotgan siyosatshunos Bahodir Fayzi bu qo‘shiqni sevgani bois qizinig ismini Oyqiz – Rayhon qo‘yganini aytadi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:26 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonlik huqushunos¸ Toshkentdagi demokratiya va inson huquqlari institituti direktori Sayyora Xo‘jaeva esa bu qo‘shiqni 1972 yili maktab sahnasida kuylaganligini sog‘inch bilan eslaydi.

Taniqli ozariy shoiri Ta’lat Ayubovning bir qarashda sodda satrlari o‘zbek qo‘shiqchisi Muhabbat Shamaeva ijrosida etmishinchi yillar Sovet O‘zbekistonida xit bo‘lgandi.

Hozir AQShda istiqomat qilayotgan Muhabbat Shamaeva Ozodlik bilan suhbatda bu qo‘shiqning favqulloda shuhrat topganini aytadi:

- Darhaqiqat xit bo‘ldi bu qo‘shiq. Juda populyar bo‘lib ketgandi bu qo‘shiq. Bahor ansambli qizlari bu qo‘shiqqa Italiya¸ Ispaniya va Belgiyada raqs tushdi¸ deydi bir vaqtlar o‘zbek estradasi osmonida yulduz bo‘lib porlagan Muhabbat Shamaeva.

O‘sha payt to‘y-tomoshalarda qiz-juvonlar shu qo‘shiq ohanglarida raqsga tushar¸ odamlar radiokarnaylardan tarqalgan bu qo‘shiqni birgalikda xirgoyi qilishar edi.

Tog‘lar qizi Rayhon¸ Rayhon

Onalar qo‘zisi Rayhon¸ Rayhon

Bo‘ldim senga hayron hayron

Olam senga hayron hayron

Na go‘zalsan oy qiz

Bir donasan oy qiz

Durdonasan oy qiz

Bir donasan oy qiz

Moral (ohu) kabi o‘zing Rayhon Rayhon

Boldan shirin so‘zing Rayxon Rayxon

Bo‘ldim senga hayron hayron

Olam senga hayron hayron

Na go‘zalsan oy qiz

Bir donasan oy qiz

Durdonasan oy qiz

Bir donasan oy qiz

Go‘zallar go‘zali Rayhon Rayhon

Savdoning azali Rayhon Rayhon

Bo‘ldim senga hayron hayron

Olam senga hayron hayron

Na go‘zalsan oy qiz

Bir donasan oy qiz

Durdonasan oy qiz

Bir donasan oy qiz

Qo‘shiq qanday yaraladi?

Qay sinoat bois qo‘shiq el og‘ziga tushadi?

Nega eski ohanglardan ayrilgimiz kelmaydi, nega ularni doimo ichimizda xirgoyi qilamiz?

Bi bu savolni Ozarbayjonlik jurnalist¸ maqom qo‘shiqlari haqidagi qator maqolalar muallifi Savdo xonim Ismoyilliga berdik.

- Rayhon qo‘shig‘i 60-yillarda yaratilgan va uni eng yaxshi tarzda ijro qilganlar ham oltmishinchi yillarda yashagan san’atkorlardir. Oltmishinchi yillarning oltin sasi bo‘la olgan Rashid Bahbudov va Zaynab Xonlarova ijrosida bu qo‘shiq mashhur bo‘ldi. O‘z vaqtida bu qo‘shiq Rashid Bahbudovnig Turkiyadagi gastrol konsertlari repertuarida ham bor edi. Shu bois qo‘shiq Turkiyada ham yoyildi. Taniqli turk qo‘shiqchilari Komron Akko‘r (Kamuran Akkor) Filiz Oqin (Filiz Akin) Yusal O‘zqassob (Yüsel Özkasap) va Muazzaz Erso‘y (Muazzez Ersoy) bu qo‘shiqni ijro qilishdi. Qo‘shiqni SSSR xalq artisti Fikrat Amirov bastaladi. So‘zlari esa o‘z davrining zarif shoiri Ta’lat Ayubovga oid. Bu ikki san’atkor bu qo‘shiqni bu qadar mashxur bo‘lishini o‘ylamagan bo‘lsa kerak. So‘zlari juda oddiy. Bo‘ldim senga hayron hayron. olam senga hayron hayron.. Nahotki shu oddiy so‘zlar qo‘shiq bo‘la oladi, deb o‘ylaysan. Ammo qo‘shiq bo‘ldi. Bo‘lganda ham yarim dunyoning yarmini zabt qilgan muhtasham qo‘shiq bo‘ldi¸ deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG