Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:55

Qurultoy: Mirziyoev chaqirayotgan xorij investori nega kelmayapti?


27 fevral-2 mart kuni Turkiyaga safar qilgan Rustam Azimov boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi 2 milliard dollarlik turk sarmoyasining kelishi haqida prezidentga hisob bergan edi.
27 fevral-2 mart kuni Turkiyaga safar qilgan Rustam Azimov boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi 2 milliard dollarlik turk sarmoyasining kelishi haqida prezidentga hisob bergan edi.

Prezident Mirziyoev xorij investitsiyasini O‘zbekistonga olib kirishni o‘z vazir va rahbarlari kelajagini belgilovchi omillardan biri qilib belgiladi. Bu ishni eplolmaslik¸ Bosh vazir o‘rinbosaridan tortib elchiga qadar lavozimdan ajrash bilan tugamoqda. Ammo bunday bosim oqibatida O‘zbekistonga kirayotgan sarmoya ko‘payib qolganicha yo‘q. Nega? Bu savol "Qurultoy" muhokamasiga qo‘yildi.

6 iyun kuni 25 yil davomida O‘zbekiston bank-kredit¸ makroiqtisod va moliya sohasini belgilab kelgan rahbarlardan biri Rustam Azimov hukumat tarkibidan chiqarildi. Islom Karimov vorislaridan sanalgan Azimovning hokimiyat boshqaruvidan chetlatilishi asosiy sababi mamlakatga xorij investitsiyalarining kelmayotgani bo‘ldi.

2017 yilning besh oyi davomida O‘zbekistonning 7 davlatdagi elchisi o‘z lavozimidan ajradi - bu elchilar ham prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakatga investitsiya olib kirish topshirig‘ini bajarishga loqaydlik bilan yondashuv bois amalsiz qoldi.

8 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti lavozimini vaqtincha bajarishga kirishgan kundan boshlab Shavkat Mirziyoev iqtisodni rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investitsiyalarini jalb qilishni ustuvor vazifalaridan qilib belgiladi.

Hukumat majlislarida bu vazifani qayta-qayta ta’kidlagan prezident¸ aksar vazirlik va qo‘mitalar faoliyatiga qancha investitsiya olib kirganidan kelib chiqib baho berishidan ogohlantirmoqda.

Ammo bunday ma’muriy bosimga qaramay¸ xorij investitsiyasi O‘zbekistonga kirishga shoshilmaëtir.

Turkiyada va’da qilingan 2 milliard¸ Rossiyadagi 5 milliard dollarlik sarmoya¸ qolaversa¸ Qozog‘iston¸ Turkmaniston va Xitoyga qilingan rasmiy va davlat tashriflari davomida tilga olingan katta loyihalarga sarmoya yotqizish boshlanganiga oid xabarlar hozircha ko‘rinmayotir.

29 may kungi hukumat yig‘inida prezidentning o‘zi bu reallikni tan olishga majbur bo‘ldi.

Chiroyli va’da va bayonotlar¸ prezidentning tinimsiz talab va topshiriqlariga qaramay¸ nega na Azimov va na boshqa vazirlar xorij sarmoyadorini O‘zbekistonga olib kirish vazifasini eplay olmayotir?

Xorij investorini 31 millionlik iste’mol bozori hisoblanmish O‘zbekistonga kirishdan cho‘chitayotgan sabablar nima? Ozodlikning “Qurultoy” davra suhbati ishtirokchilari shu savollar atrofida mulohaza yuritadilar.

O‘zbekiston Moliya va Iqtisodiyot vazirligining sobiq mulozimlari¸ iqtisodiy tahlilchilar Saparboy Jubaev¸ Saodat Nishonova va Xolnazar Omonovlar xorij investitsiyasi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit¸ uni yaratish uchun bugun O‘zbekistonda qilinishi lozim amaliy harakatlardan bahs etdilar.

2003 yilda O‘zbekistonda faoliyat boshlab¸ 2011 yilda og‘ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblanishi ortidan¸ 60 million dollarlik sarmoyasini tashlab¸ mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan Güneş Tekstil sohibi Vohid Gunesh esa¸ Shavkat Mirziyoevning yaxshi niyat va va’dalariga qaramay¸ o‘ziga o‘xshash xorij¸ xususan¸ turk sarmoyadorini bu mamlakatga o‘z mablag‘ini olib kirishdan qaytarayotgan omillarga to‘xtaldi.

Қурултой: Хориж инвестори нега Ўзбекистонга бормаëтир?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:00 0:00
Бевосита линк

Алоқадор

XS
SM
MD
LG