Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:24

Putinning muxolifi Navalniy 20 kunga qamaldi


Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy norozilik va namoyishlarni tartibga soluvchi qonunlarni bir necha bor buzganlikda ayblanib, 2 oktabr kuni 20 sutkaga hibsga olindi.

Moskva shahridagi Simonov tumani sudi prezident Vladimir Putinning mashhur muxolifi Aleksey Navalniy va uning saylovoldi shtabi boshlig‘i Leonid Volkovni qonunni buzgan deb topib, 20 kunga qamoq jazosiga hukm qildi.

Navalniy 29 sentabr kuni Nijniy Novgorod shahriga ketayotgan poezdga chiqarilmay, Moskva shahrida hibsga olindi. U Volga daryo bo‘yida joylashgan shahar markazida prezident sayloviga bag‘ishlangan mitingda qatnashmoqchi edi.

U 10 soatdan so‘ng qo‘yib yuborildi, ammo mitingda nutq so‘zlay olmadi.

Politsiya mahkamasi vakilining xabar qilishicha, Navalniy odamlarni ruxsat etilmagan mitinglarda qatnashishga da’vat qilgani uchun hibsga olindi.

Navalniy mitinglarni davom ettirishga va’da berdi. U 7 oktabr kuni Putin tug‘ilgan Sankt-Peterburg shahrida uning 65 yoshi munosabati bilan namoyish tashkil qilmoqchi edi.

– Biz qanchalik qarshilik bo‘lishiga qaramay, qilayotgan ishlarimizni to‘xtatmoqchi emasmiz, – dedi Navalniy jurnalistlarga Moskva politsiya mahkamasidan qo‘yib yuborilgandan so‘ng.

U 1 oktabr kuni Arxangelsk shahridagi mitingda nutq so‘zlagan edi.

41 yashar Navalniy o‘tgan yili 2018 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida nomzodini qo‘yishini e’lon qildi. U prezident Putinning tanqidchisi sifatida Rossiya bo‘ylab kampaniya o‘tkazish uchun 60 ta ofis ochdi.Tarafdorlari bilan birga o‘nlab mitinglar o‘tkazdi. So‘nggi haftalarda tashkil etilgan mitinglarda yuzlab-minglab kishilar qatnashdi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi vakillari Navalniyning 2013 yili Moskva shahar meri saylovida ishtirok etib, 27 foiz ovoz olganini aytish barobarida 2009 yilgi saylovda go‘yo jinoyat sodir etgani uchun endi saylovda qatnasha olmasligini aytmoqda. Navalniy aybsiz ekanini, jinoyat ishlarini Kreml uni muxoliflik faoliyati uchun jazolash maqsadida to‘qib-bichayotganini aytmoqda.

Sentabr oyining boshida Hyuman Rayts Uotch tashkilotining bildirishicha, millatchilar, ya’ni Putin tarafdorlari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari Navalniy uyushtirayotgan kampaniyalar tarafdorlarini “doimiy tarzda” taqib qilmoqda va ularga hujum qilmoqda.

Navalniyning mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan kampaniyalari muvofiqlashtiruvchisi Leonid Volkovga ko‘ra, Nijniy Novgorod shahrida o‘tkazilgan miting vaqtida hokimiyat idoralari o‘nlab faollarni hibsga oldi.

Volkovning ishi ham Simonov tumani sudi majlisida ko‘rib chiqiladi.

XS
SM
MD
LG