Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:17

Qamoqqa olingan jurnalist haqida yangi kino olgan “O‘zbekkino”da islohotlar boshlanmoqda


"Hurriyat qurbonlari" filmidan parcha
"Hurriyat qurbonlari" filmidan parcha

«O‘zbekkino» Milliy agentligi homiyligi va “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori Hilol Nasimov badiiy rahbarligi ostida “Hurriyat qurbonlari” filmi suratga olindi.

Bor-yo‘g‘i 14 daqiqa davom etadigan qisqametrajli badiiy film Stalin davrida milliy g‘oyalarni tarqatgani uchun fitnada ayblanib otib tashlangan o‘zbek ziyolilari taqdiridan hikoya qiladi.

Rejissyorlar Sanjar Sultonov va Hasan Alievlar suratga olgan filmning badiiy rahbari Halil Nasimovning Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ bu filmga Germaniyada o‘qib kelib “Uyg‘on Turkiston” gazetasini chiqargani bois davlatga qarshi fitnada ayblangan o‘zbek qahramon qilib olingan.

Akter Mehridin Rahmatov ijro qilgan ziyoli obrazi ishonarli chiqqan deydi toshkentlik san’atshunos Akmal Rizaev:

- Kino qisqa bo‘lgani uchun dramatik sur’at doimo yuqori notada ushlab turiladi. Lola Eltoeva ijrosidagi eri qamalgan ayol obrazini bugungi O‘zbekistondagi ko‘pchilik ayollar tushunib qabul qiladi. Qisqa metrajli bu film katta epik kartinani uchun zayavka, deb tushundim.¸ deydi san’atshunos.

"Hurriyat qurbonlari" filmidan sahna
"Hurriyat qurbonlari" filmidan sahna

Yaqin tarixdagi siyosiy qatag‘onlar mavzusida suratga olingan "Hurriyat qurbonlari” filmi O‘zbekistondagi "PROlogue" kinofestivalida sovrin oilishga ulgurdi.

Nasimovning aytishicha¸ sovrinni SSSR xalq artisti¸ taniqli kinochi Shuhrat Abbosovning o‘zi topshirgan.

Ozodlik bilan suhbatda Shuhrat Abbosov yosh kinochilar Sanjar Sultonov va Hasan Alievlarga berilgan sovrinni topshirish uchun doktorlardan izn so‘rab to‘g‘ri kasalxonadan festival bo‘layotgan zalga kirib borganini aytib berdi.

Abbosovga ko‘ra¸ endi boshlayotgan kinochi uchun e’tirof muhim narsa¸ hatto bu puldan ham muhimdir.

Shuhrat Abbosov shogirdlar davrasida
Shuhrat Abbosov shogirdlar davrasida

O‘zbekfilm kinostudiyasi direktori Hilol Nasimovning aytishicha, 10 oktabrdan boshlab hukumat qarori bilan O‘zbekiston kino sanoati qayta tuziladi. Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu o‘zgarishlar yosh ijodkorlar bilan birga keksa mahoratli ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Hilol Nasimovga ko‘ra, o‘zbek kinochilari davlat granti hisobidan yiliga 20 ta badiiy film va 15 ta animatsion film olish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu kinolar oldingidiek melodrama bo‘lmasdan ijtimoiy-siyosiy va tarixiy mavzularni ham qamraydi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ kinorejisssyor Shuhrat Abbosov tarafidan suratga olingan yangi film shu yilning dekabrida ekranlarga chiqariladi.

Ozodlik bilan suhbatda Abbosov o‘zining 16 yil mobaynida unutilgani¸ va kinolari qo‘yilmaganini aytib¸ san’atkor ko‘pincha siyosiy ob-havo o‘zgarishi qurboni bo‘lishini o‘z misolida gapirib berdi:

- Hozir respublikaga yangi rahbar kelib, mening 16 yil muzlatib qo‘yilgan uchta kinoloyihamga yashil chiroq yoqdi. Ulug‘bek¸ Jaloliddin haqidagi kinoasarlar va Said Ahmad ijodi haqidagi filmga davlat rahbari tashabbusi bilan pul ajratildi. Hozir men kasalxonada yotibman. Shu imkoniyat 16 yil ilgari bo‘lmaganidan armondaman, dedi Abbosov.

XS
SM
MD
LG