Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:44

Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan millionlari ustida bir necha davlat tortishmoqda


2012 yil yozida Gulnora Karimovaga qarashli ekani aytiladigan bank hisobidagi 800 million dollardan oshiq pulni muzlatib qo‘ygan Shveysariya prokuraturasi besh yildan oshiqroq davom etgan tergovni yakunlash bosqichiga kirdi. Ayni paytda¸ Shveysariya tarixidagi eng yirik korrupsiya ishi hali sudga oshmay turib¸ bu pulni kim olishi borasida jiddiy legal kurash qizg‘in pallaga kirgani aytilmoqda.

Korrupsiya¸ pul yuvish kabi jiddiy moliyaviy jinoyatlarni sodir qilishda gumonlanayotgan Gulnora Karimova va uning besh nafar sherigi ustidan Shveysariya federal prokuraturasi 2012 yil iyul oyida ochgan jinoiy ishning hozirda aynan qaysi bosqichda ekaniga oid rasmiy axborot e’lon qilinmadi.

Shveysariya prokuraturasi matbuot xizmati 25 oktabr kungi Ozodlik so‘roviga¸ tergov hali davom etayotgani bois¸ qonunchilikda ko‘zda tutilgan kabi¸ bu jarayon tafsilotlarini ochiqlay olmasligini bildirdi.

Mazkur tergov doirasida Shveysariya Bosh prokuraturasi mazkur Lombard Odier bankida Behzod Ahmedov¸ Gayane Avkyan¸ Alisher Ergashev¸ Shohruh Sobirov va Rustam Madumadorvlar nomiga ochilgan hisoblardagi 800 million shveysar franki (joriy kurs bo‘yicha 805 million AQSh dollari)ni hibsga olgan.

Asl egasi Gulnora Karimova ekani aytiladigan bu pullarni musodara qilish-qilmaslik haqidagi qarorni mahkama chiqaradi¸ bu pullar sud hukmi bilan musodara qilingan taqdirda¸ uning kimga qaytarilishi borasida Shveytsariya hukumati so‘nggi qarorni beradi.

Legal jumboq

Olivier Longchamp Shveysariyadagi korporatsiyalar¸ bank va hukumat agentliklari faoliyatini monitoring qiluvchi 20 mingdan oshiq mutaxassisni birlashtirgan Bern deklaratsiyasi deb atalgan mustaqil nohukumat tashkilotining restitutsiya masalalari bo‘yicha eksperti.

25 oktabr kuni Ozodlik bilan suhbatda Longchamp Gulnora Karimova ishining xalqaro yurisprudensiya tarixidagi eng chigal ishlardan biri ekanini aytadi:

- Bu jarayon uchta bosqichdan iborat. Birinchi bosqich - tergov. Ikkinchisi¸ mahkama. Mahkama pullarni musodara qilsa¸ uchinchi – restitutsiya jaraëni boshlanadi. Gulnora Karimova ishi Shveytsariya tarixidagi eng yirik korruptsiya mojarosi va bu ish doirasida muzlatilgan pul va boyliklar umum qimmati 1 milliard dollardan oshadi. Bu nihoyatda katta mablag‘. Ikkinchidan¸ ayni ishni¸ bilishimcha 19 ta davlat yurisprudensiyasi ko‘rib chiqmoqda. Bu davlatlar orasida jamoatchilik bilgan AQSh¸ Fransiya¸ Shveysariya¸ Hollandiya¸ Shvetsiyadan tashqari ko‘p ham gapirilmayotgan Buyuk Britaniyadan tortib Hong-Kong va Britaniya Virgin orollari kabi offshor hududlar ham bor. Bu esa o‘ta murakkab legal jarayon deganidir. Bunday vaziyatda turli davlat yurisprudensiyalari o‘rtasida konflikt yuzaga chiqmay qolmaydi¸ deydi Olivier Longchamp.

Amalda bunday mojaroning boshlanganini aytgan bu kuzatuvchi¸ Shveysariya federal prokuraturasi ana shu konflikt kengaymay turib¸ uni tezroq mahkamaga oshirishdan manfaatdor¸ degan fikrni bildiradi:

- Ayni paytda¸ tezroq deganimiz bir necha oy yoki yana bir necha yilga cho‘zilishi mumkinligi haqida hozircha biror aniq ma’lumot yo‘q. O‘tgan hafta Le Temps gazetasida chop etilgan maqolani¸ shaxsan men¸ prokuratura tomonidan sizdirilgan ma’lumot sifatida qabul qildim va undan ish yakuniga yetib qoldi¸ ayblov xulosasi tayyor¸ degan mujda oldim¸ deydi bu moliyaviy tahlilchi.

Muzlatilgan pullardan umidvorlar paradi

19 oktabr kuni Le Temps gazetasida e’lon qilingan “Shveysariyadagi korrupsiya millionlari xorijliklar hasadini qo‘zg‘amoqda” nomli maqolada Karimovaning hali sud hukm chiqarmagan 800 million frank muzlatilgan mablag‘i ustida bir necha davlat o‘rtasida tortishuv borayotgani¸ asosiy da’vogarlarning¸ O‘zbekiston¸ AQSh va Hollandiya hukumatlari ekani xabar qilindi.

Maqoladan anglanishicha¸ O‘zbekiston tomoni¸ muzlatilgan pullarning O‘zbekistondan o‘g‘irlanganini¸ AQSh esa¸ Karimova va sheriklarining moliyaviy jinoyatlarni AQSh dollarida¸ Amerika bank tizimlaridan foydalangan holda amalga oshirganini¸ Hollandiya esa¸ bu pullar o‘z hududidagi telekom shirkati bergan pora bo‘lganini aytib¸ ularning o‘ziga berilishi talab qilmoqda.

Mazkur ish tafsilotlaridan yaxshi xabardor anonim manbasiga tayangan gazeta¸ bu pulni olish uchun “keskin va o‘ng‘aysiz bir parad” boshlangani va Shveysariya hukumati bilan bu borada maxfiy so‘zlashuvlar borayotganini yozdi.

“Bernda hozirda bu pullarni qaytarish metodi ustida jiddiy bosh qotirilmoqda. Bu jarayonga Gulnora Karimova ishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan Konfederatsiya Davlat vazirligi¸ Federal adliya boshqarmasi¸ Tashqi ishlar departamenti hamda Taraqqiyot va hamkorlik departamenti jalb etilgan”¸ deydi o‘z manbasiga tayangan Shveysariya nashri.

Jarayonga bevosita aloqador Shveysariya mulozimi¸ Le Temps muxbiriga pullarning O‘zbekiston xalqidan o‘g‘irlanganidan kelib chiqib¸ ularni O‘zbekistonga qaytarish haqida qaror berish eng to‘g‘ri mantiqiy echim bo‘lishini aytadi.

Ayni paytda ismi ochiqlanmagan bu mulozim¸ O‘zbekisondagi yangi hukumatning ham avvalgisidan kam bo‘lmagan darajada korrupsiyalashgani¸ mamlakatda qonun ustivorligining ta’minlanmagani¸ bu jarayonni nihoyatda murakkablashtirishini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG