Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:15

Samarqandning qadimiy qismida iznsiz uy qurayotganlardan bittasiga hokim¸ sud¸ hatto Bosh vazirning kuchi yetmadi (VIDEO)


Bosh vazir buzishni buyurgan 7 qavatlik yangi imorat.
Bosh vazir buzishni buyurgan 7 qavatlik yangi imorat.

Samarqandning YUNESKO himoyasidagi Mironshoh ko‘chasida tiklanayotgan 7 qavatli uy qurilishi shahar hokimiyatining 20 iyun kungi taqiqiga qaramay 23 iyungacha davom etdi.

Matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlar ortidan 23 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning shaxsan o‘zi Samarqandga borib¸ tarixiy joyda iznsiz qurilgan imoratlardan birini buzishga buyruq berdi.

Ammo Ozodlik hozircha kimga tegishli ekanini aniqlay olmagan Bek Baraka shirkati Bosh vazir kelib-ketganidan so‘ng ham¸ qadimiy hududdagi noqonuniy qurilishni to‘xtatmadi.

Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyat hokimligi rasmiylari ma’lum qildi.

Hokim va sud qarorini pisand qilmagan tadbirkorni Bosh vazir to‘xtatdi

Vaziyatni kuzatayotgan samarqandlik bloger Murod Sarsenovning Ozodlikka aytishicha¸ mahalliy hokimiyat va sud tizimlarining kuchi yetmagan muammo¸ Bosh vazirning aralashuvi ortidan ma’muriy- buyruqbozlik usuli bilan hal qilingan.

Samarqand viloyat hokimiyatining kapital-qurilish bo‘limida ishlaydigan muhandisning Ozodlikka aytishicha¸ shu kunlarda buzilayotgan bu uy bundan uch yil oldin tadbirkor Umar Rajabov tarafidan qurib boshlangan:

- Abdulla Nig‘matovich kelib ko‘rgan paytida bu uyning yetti qavati bitgan edi. Hali oyna eshiklar o‘rnatilmagan g‘isht va temir beton uy ko‘tarma kran yordamida YUNESKO himoyasidagi tarixiy hududda qonunga zid qurilayotganligini ko‘rgan Bosh vazir zudlik bilan uyni buzishga buyruq berdi. Hozir komxoz xodimlari buzishga kirishdi¸ deydi muhandis.

Samarqand viloyat hokimi yordamchisi Botir Abdullaevning 27 iyun kuni Ozodlikka bildirishicha¸ YUNESKO himoyasida bo‘lgan hududda o‘zboshimcha uy qurgan tadbirkor Umar Rajabov Bosh vazirning o‘zi buyurmagunga qadar¸ hokimiyat va sud ijrochilari qarorini pisand qilmagan:

- Samarqand shahar hokimligi bu tadbirkorni sudga berdi. Sud uy buzilsin, deb qaror chiqardi. Ammo bu tadbirkor sud qarorini pisand qilmadi. 20 iyun kuni Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov shaharning Yevropa qismida joylashgan YUNESKO himoyasidagi hududda qurilayotgan 34 ta ob’ekt qurilishni to‘xtatish haqida qaror chiqardi. Umar Rajabov qurayotgan uy ham bu ro‘yxatda bor. Lekin Rajabov qurilishni to‘xtatgani yo‘q. Bu bepisandlikka Bosh vazir Abdulla Nig‘matovich chek qo‘ydi¸ dedi mulozim.

Самарқанднинг қадимий қисмида етти этажли уй қурилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:27 0:00

Ozodlik hokim va sud qarorini bajarmay kelgani aytilgan Umar Rajabovning o‘zi bilan bog‘lana olmadi. Uning yaqinlariga ko‘ra¸ tadbirkor 7 qavatlik binoning to‘rt qavatini buzib¸ o‘rnida uch qavatlik imorat qurishga rozi bo‘lgan.

Madaniyat vazirligi "bong urgan"

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mulozimi Mavluda Asqarxo‘jaevaning 27 iyun kuni Ozodlikka aytishicha¸ vazirlikning viloyatdagi mutasaddilari shaharning YUNESKO ro‘yxatiga kirgan joylarida 27 ta noqonuniy qurilish qilinayotgani yuzasidan prokurorga taqdimnoma kiritgan:

- Madaniy meros idorasining Samarqand viloyat boshqarmasidagi vakilimiz Maysara Nabiraeva qancha kurashdi. Aynan o‘sha kishi YUNESKO ro‘yxatidagi 83 madaniy obida jismoniy va yuridik shaxslar tasarrufiga qonunsiz o‘tkazilgani haqida bong urdi. YUNESKO himoyasida bo‘lgan ob’ektlarga zarar yetkazmaslik uchun shaharning yangi bosh planini ishlab chiqish borasidagi taklif ham bizdan chiqdi. Biz imkon qadar obidalarni himoya qilishga urindik¸ deydi mulozim.

Bosh vazirning ham tishi o‘tmagan Bek Baraka

Mahalliy bloger Murod Sarsenov¸ Samarqandning qadimiy qismida qurilish qilayotgan tadbirkorlardan biri Toshkentdagi qudratli "akaxonlari" himoyasida nafaqta Madaniyat vazirligi Madaniy meros inspeksiyasi nazoratchilari¸ balki Bosh vazir buyrug‘iga ham bo‘ysunmaganini aytadi:

- Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov 34 ta bino qurilishini to‘xtatish haqida qaror chiqardi. Shundan 33 tasi to‘xtadi - 23 iyun kuni tadbirkor Umar Rajabov ham o‘z o‘g‘li uchun qurdirayotgan uy qurilishini Bosh vazir talabi bilang to‘xtatdi. Ammo Bek Baraka shirkati tarafidan YUNESKO himoyasidagi zonada qurilayotgan bino to‘xtamadi. Demak¸ bu binoni qurayotgan tadbirkor Bosh vazirdan ham kuchli ekan¸ deydi bloger.

Toshkentdagi yirik ulgurji bozori bilan bir xil nomdagi bu shirkat va uning egalari haqidagi ma’lumot ochiq manbalarda yo‘q. (Bu shirkatga oid ma’lumotlarni Ozodlikka yo‘llashingiz mumkin.)

Bosh vazirdan tortib oddiy blogergacha aralashgan Samarqand tarixiy qismidagi iznsiz qurilishlar masalasi Bahrayn poytaxti Manamada YUNESKO Shahrisabz tarixiy markazini Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatidan o‘chirish masalasini ko‘rayotgan paytga to‘g‘ri keldi.

Anjumanda 10 foizi vayron qilingan Shahrisabzning kuni Samarqandga ham tushmasligi yuzasidan xavotir bildirildi.

XS
SM
MD
LG