Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:48

Tojikiston madaniyat va san’at arboblari Samarqandda Karimov qabrini ziyorat qildi


Tojikiston Respublikasi Do‘stlik delegatsiyasi an’anaviy non-tuz bilan kutib olindi
Tojikiston Respublikasi Do‘stlik delegatsiyasi an’anaviy non-tuz bilan kutib olindi

Tojikiston Respublikasi Do‘stlik delegatsiyasi O‘zbekistonga qilgan 4 kunlik safari (1-4 avgust) doirasida 3 avgust kuni Samarqandda bo‘lib, O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri Orumbekzoda Shamsiddin boshchiligidagi delegatsiya Samarqand markazidagi Navoiy va Jomiy haykallari poyiga guldastalar qo‘ydi.

Tojikistonlik mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev hamrohlik qildi.

- Samarqandliklar Tojikistondan kelgan madaniyat va san’at arboblarini ochiq chehra¸ va kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olishdi¸ dedi taniqli fotosuratchi Umida Ahmedova Ozodlik bilan suhbatda:

Ўзбекистонда Тожикистон санъат ва маданияти кунлари ўтмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:51 0:00
Бевосита линк

- Odatdagi rasmiy uchrashuv doirasidan chiqadigan darajada samimiy, deb aytaman bu tadbirni. U o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilik ifodasi bo‘ldi. Tarixiy va madaniy qadriyatlari umumiy bo‘lgan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi qadam, deb baholagan bo‘lardim bu tadbirni, - dedi tadbir ishtirokchisi Umida Ahmedova.

Umida Ahmedova
Umida Ahmedova

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev hamda Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri Orumbekzoda Shamsiddin tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, davlatlar o‘rtasida boshlangan iliqlik madsumini olqishlashdi.

Tadbir so‘ngida “Bir osmon ostida” deb nomlangan hujjatli film namoyish qilindi.

Tojikiston xalq artisti, O‘zbekiston Davlat San’atshunoslik instituti faxriy doktori Jo‘rabek Nabiev 3 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda "bir osmon ostidagi ikki elning munosabatlari yaxshilangan kunlarni ko‘rish nasib qilganidan mamnunligini" izhor qildi.

Тожикистон халқ артисти Жўрабек Набиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:07 0:00

XS
SM
MD
LG