Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 23:21

Ozodlik maqolasi ortidan Toshkent maxsus prokurori manzil- koloniyada tekshiruv o‘tkazdi


Ozodlik radiosi 10 avgust kuni Toshkent viloyat, Piskent tumanida joylashgan UYa 64/75-sonli muassasa - manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning aytganlariga tayanib, bu yerdagi "sharoitning juda og‘irligi" to‘g‘risida yozgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining Ozodlikka 13 avgust kuni xabar qilishicha, maqola ortidan manzil koloniyadagi ahvol Toshkent maxsus prokurori tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan.

Prokuraturaning xabarida bunday deyilgan:

"Aniqlanishicha, Toshkent viloyatida joylashgan UYa 64/75-sonli JIEMdagi yotoqxonalarga 700 dan ortiq mahkum joylashtirilishi mumkin bo‘lib, hozirda mazkur muassasada 300 dan ortiq mahkum saqlanayotganligi aniqlangan.

400 nafardan ziyod mahkumlar esa, ma’suliyati cheklangan jamiyat hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt (kontragent) larga ishga jalb etilib, ushbu ob’ektlardagi yotoqxonalarda yashab keladilar (mazkur ob’ektlarda ularga barcha shart-sharoitlar yaratilgan).

Muassasada mahkumlarning yuvinishlari uchun hammom, soch-soqol oldirish xonasi, maishiy xonasi, ertalabki yuvinish xonasi hamda hojatxonalari zamon talablariga mos ravishda 2016-2018 yillar davomida ta’mirdan chiqarilgan.

Manzil koloniyada saqlanayotgan mahkumlar oziq-ovqati uchun davlat byudjeti xarajatlar smetasidan mablag‘ ajratilmaydi, lekin muassasa ishlab chiqarish faoliyati hisobidan, xohish bildirgan mahkumlarga ikki mahal issiq ovqat tayyorlanib, tarqatuv qaydnomasiga asosan tarqatiladi va ovqatlanish uchun bo‘lgan mablag‘lar maxkumlarning oylik maoshi xisobidan ushlab qolinadi (2.500 so‘mdan-3.800 so‘mgacha).

Muassasa xududida uzoq va qisqa muddatli uchrashuv o‘tkazish binosi mavjud bo‘lib, binoda 18 ta uzoq muddatli uchrashuv xonalari mavjud va 2017 yilda to‘liq kapital ta’mirlangan, barcha qulayliklarga ega.

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning ijtimoiy kelib chiqishi dini, e’tiqodi hamda qaysi millatga mansubligi, qamalgunga qadar qanday inson bo‘lganidan qat’inazar yoshi, sog‘lig‘i, kasbi va mutaxassisligiga qarab ishga taqsimlanadi hamda bir xil muomalada bo‘linadi.

Muassasada “Moslokrat” degan mahkumlar tushunchasi mavjud emas, balki oilasi va yaqin qarindoshlari tez-tez uchrashuvga kelib turadigan mahkumlar toifasiga shunday baho berilgan bo‘lishi mumkin.

Muassasa tomonidan fermerlar bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolanmagan va mahkumlar uzoq muddatga fermerlarga ishga berilmaydi.

Shuningdek, muassasa hududida g‘isht ishlab chiqarish uchastkasi mavjud bo‘lib, mahkumlarning xohishiga ko‘ra ishga jalb qilinadi hamda ularning ishlagan ish hajmiga asosan oylik maoshlari hisoblanadi.

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga sodir etgan tartibbuzarligining og‘ir yoki yengilligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda qonun doirasida intizomiy chora qo‘llaniladi.

Maqolaga ilova tarzida joylashtirilgan video yozuvdagi bino
UYa 64/75-sonli JIEMda, shu jumladan Toshkent shahri hamda viloyatlarida joylashgan birorta JIEMlarda mavjud emas".

XS
SM
MD
LG