Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:21

Jahongir Ortiqxo‘jayev shikoyatchi xalq bilan muloqotda jazavaga tushib¸ baklajka otishgacha bordi (AUDIO)


Toshkent shahar hokimi¸ O‘zbekistondagi eng yirik biznes imperiyasi egasi Jahongir Ortiqxo‘jayev prezident Shavkat Mirziyoyev va uning oilasiga yaqin shaxs sanaladi.
Toshkent shahar hokimi¸ O‘zbekistondagi eng yirik biznes imperiyasi egasi Jahongir Ortiqxo‘jayev prezident Shavkat Mirziyoyev va uning oilasiga yaqin shaxs sanaladi.

16 avgust kuni Toshkent shahar hokimi qabuliga arzga borgan o‘ndan oshiq shikoyatchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning hozirga qadar jamoatchilikka ko‘rsatilmagan muomalasiga duch keldi.

O‘sha kuni mirobodlik shikoyatchilar ikkita to‘qqiz qavatli uy oralig‘idagi bolalar maydonchasi o‘rnida savdo majmuasi qurish haqidagi avvalgi hokim qarorini bekor qilish so‘rovi bilan Jahongir Ortqixo‘jayev oldiga uchinchi marta borgan.

2018 yil oktabrida arzchilarga o‘zining ular tomonida ekanini ta’kidlagan Jahongir Ortiqxo‘jayev¸ 16 avgust kungi uchrashuvda¸ Ozodlik gaplashgan guvohlar ta’kidicha¸ “to‘nini teskari kiyib”¸ ularga baqir-chaqir qilishga o‘tgan.

Toshkent shahar hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan bu suhbatning Ozodlikka yuborilgan audioyozuvidan¸ Ortiqxo‘jayevning shikoyatchilarga “qaerga borsang shu yerga bor¸ xohlasang prezidentga¸ xohlamasang¸ Xudoga bor”¸ deganlari¸ stolga baklajka bilan qattiq urib¸ o‘z videooperatorlarini xonadan haydab chiqargani eshitiladi.

Davlat arbobining xalq bilan muloqotda o‘zini bunday tutishiga izoh so‘rab Ozodlik Toshkent shahar hokimi qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qildi.

Go‘shakni ko‘targan rasmiy Ozodlik savolini eshitgach¸ uni matbuot xizmati rahbari bilan bog‘ladi.

Matbuot kotibi Ozodlik savollarini eshitib turgan bir paytda ikkinchi liniyada paydo bo‘lgan Jahongir Ortiqxo‘jayevnikiga o‘xshash ovoz sohibi¸ unga Ozodlik bilan gaplashishni man qildi va shu bilan murojaat javobsiz qoldi.

Hokim bilan muloqot

16 avgust¸ juma kungi uchrashuv¸ unda bevosita qatnashganlarning Ozodlikka aytishicha¸ Toshkent shahar hokimligining majlislar zalida bo‘lgan. Uchrashuv qatnashchilari¸ xavfsizlik xavotirlari bois Ozodlik bilan shaxsi ochiqlanmaslik sharti bilan gaplashdi.

Ularning aytishicha¸ uchrashuvda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan birga uning 1-o‘rinbosari, boshqa o‘rinbosarlari va yordamchilari hamda Mirobod tuman hokimi Shuhrat Po‘latov ishtirok etgan.

15 nafar shikoyatchi bilan muloqotning boshlanish qismi¸ qatnashchilarga ko‘ra¸ hokimlik matbuot xizmati operatorlari tomonidan videotasvirga ham olingan.

Muloqotning Ozodlikka taqdim etilgan audioyozuvidan¸ uning shikoyatchilarning bevosita Jahongir Ortiqxo‘jayevga murojaatidan boshlangani tushuniladi.

Ortiqxo‘jayev oldiga uchinchi marta kelgan arzchilar¸ undan Mirobod tuman Nukus ko‘chasidagi 88-uy va 1-Mirobod tor ko‘chasidagi 5-uy orasidagi 60 metrlik bo‘sh maydonni savdo majmuasi qurish uchun xususiy tadbirkorga berish qarorini bekor qilishni so‘raydi.

Arzchilar namoyandasi rus tilida hokimga 2017 yili o‘shandagi shahar hokimi Rahmonbek Usmonov qarori bilan mashinalar turargohi va bolalar maydonchasi bo‘lgan yerning qurilishga berilganini shaharsozlik kodeksi va sanitariya talablariga zid ekanini tushuntiradi.

To‘qqiz qavatlik uylar orasida kamida 45 metr masofa bo‘lishi kerak¸ bu qurilish qilinsa¸ orada faqat 20 metr joy qoladi - bu qonunga xilof. Bolalarimiz¸ qariyalarimiz qaerda o‘ynaydi¸ qaerga chiqib nafas rostlaydi? Bu yerni xususiy tadbirkorga berish - noqonuniy. Uni hech qanday auksionsiz hokim qarori bilan sotib yuborish esa¸ qonunni takror buzishdir”¸ degan mazmunda gapiradi arzchilar namoyandasi Ozodlikka yuborilgan audioyozuvda.

Videokamera qarshisida hokim murojaatchilar vakilining muammoga oid bu izohini uni bo‘lmasdan eshitadi.

Jazava

Boshlanishi videotasvirga olingan muloqot¸ arzchilar Ortiqxo‘jayevdan Mirobod tuman hokimi qarorini bekor qilishni qayta-qayta¸ ayrim hollarda yalinib so‘rashi ortidan¸ kutilmaganda butunlay boshqa ohangga ko‘chadi.

Ozodlik ixtiyoridagi audioyozuvdan¸ xalq vakillarining¸ "agar muammoni hal qilmasangiz¸ prezident qabulxonasiga boramiz¸ bolalarimizni olib¸ mitingga chiqamiz" deyishi ortidan¸ Jahongir Ortiqxo‘jayevning keskin gapirishga o‘tgani anglashiladi.

Siz u yoqqa borasiz¸ ular yana qog‘ozni buyoqqa tushiradi. Man sudga otvod qilolmayman¸ manda qonunan bunday vakolat yo‘q”¸ degan Ortiqxo‘jayev aholi vakillariga yana sudga murojaat qilishni tavsiya qiladi.

Siz prokuraturaga¸ prokuratura sudga¸ sudya yana sizga yuboradi. Xalq ustidan kulayapsizlarmi? Sizda hokimlikning oldingi qarorini bekor qilish vakolati borku¸ bekor qiling!” deydi uchrashuv qatnashchilaridan bir nechtasi rus va o‘zbek tillarida hokimga qarata.

Aholi vakillari hokimdan shu narsani qayta-qayta so‘rashi ortidan¸ Ortiqxo‘jayev ularga qarata baqirishga o‘tadi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:45 0:00
Бевосита линк

Meni sudga beringlar! Istagan joylaringga boringlar! Istasangiz prezidentga boring¸ istasangiz¸ xudoga boring! Istasangiz¸ shikoyat qiliib Bryusselga boring! Xohlasalaringiz¸ piket uyushtiring! “ deydi u.

Audioyozuvdagi shovqindan anglashilishicha¸ Jahongir Ortiqxo‘jayev stolga suv to‘la baklajka bilan tinimsiz urishga o‘tgan.

Uchrashuv qatnashchilarining aytishicha¸ vajohat bilan stolga qayta-qayta urilgan baklajkadagi suv to‘kilib ketgan¸ jazavaga tushgan hokim o‘z videooperatorlarini xonadan haydab chiqargan.

Hokim bilan uchrashuvga borgan arzchilar¸ uni tinchlantirishga¸ muloqotni bosiq ohangga qaytarishga urinadi¸ ammo Ortiqxo‘jayev baqirishdan to‘xtamaydi.

Uchrashuvning ayol arzchilaridan ayrimlari¸ muammoni hal qilmasa¸ xalqning gapini eshitmasa¸ hokimdan miting o‘tkazishga ruxsat berishni so‘raydi.

Shu o‘rinda Ortiqxo‘jayev¸ erkak arzchilarga qarata:

Erkakmisan o‘zi¸ g‘ururing bormi¸ mujikmisan¸ nimadan qo‘rqasan¸ qamalishdanmi”¸ deb stolga urib vajohat bilan yuzlanadi.

Hissiyotli aytishuv orasida Ortiqxo‘jayev arzchi ayollarga :

Erlaring bormi sanlani o‘zi ¸ bolalaring bormi¸ g‘urur bormi? “Musulmon (ayol) erkak kishi gapirganda yerga qarab jim o‘tiradi”¸ deb tanbeh beradi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:55 0:00
Бевосита линк

Shundan so‘ng zaldagi hissiyotlar yanada qizishib¸ uchrashuv biror bir konstruktiv yechimsiz tugaydi: uchrashuv ishtirokchilariga ko‘ra¸ ularni hokimlikdan chiqarib yuborishadi.

Videokamera oldi va orqasidagi Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi¸ o‘zbek iqtisodining eng serdaromad sohalarini nazorat qilayotgan 100 ga yaqin shirkat egasi sanaladigan Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zini “xalq bilan muloqot ustasi” sifatida piar qilishga urinib kelayotgan davlat arboblaridan biri.

Mahalliy matbuot vidoetasvirga olgan xalq bilan muloqotlarda Jahongir Ortiqxo‘jayev¸ o‘zini oddiy xalq bilan oddiy tilda gaplashadigan¸ ular muammosini tushunib¸ yechim taklif qiladigan rahbar sifatida ko‘riladi.

Ammo yashirin tarzda yozib olingan ayrim video va audioyozuvlardan Ortiqxo‘jayevning xalq vakillari¸ ayniqsa¸ ayollarga maxsus uyushtirilgan uchrashuvlardan farqli¸ bepisand muomala qilishi ko‘riladi.

16 avgust kungi uchrashuv qatnashchilaridan biri Ozodlikka muloqotning videooperator haydab chiqarilganidan keyingi qismida Ortiqxo‘jayevning “ko‘cha tili”da (kriminal jargon nazarda tutilmoqda – tahr.) gaplashganidan hayratga tushganini aytadi.

Xalqqa "duxing bormi¸ mujikmisan¸ so‘tak" ¸ deb gapirish davlatning vakiliga to‘g‘ri keladimi? Oramizda eridan ajragan ayollar ham bor edi. “Erlaring bormi sanlani? Xotin kishi ovozini o‘chirib o‘tiradi” deb baqirdi. Bu haqoratku! Qonunga ko‘ra¸ erkak-ayolning gapirish haqqi bir xilku! Borganlar orasida ancha ruslar ham bor edi – hammamiz musulmon¸ o‘zbek¸ musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi¸ deb tashlandi. Davlat rasmiysining bunaqa ajratmachilikka nima haqqi bor?Hokim konstitutsiyani o‘qiganmi o‘zi! - deydi Ortiqxo‘jayev bilan 16 avgust kungi uchrashuv qatnashchilaridan yana biri Ozodlikka.

Hokimlik bilan Ozodlik muloqoti

21 avgust kuni Ozodlik muxbiri mirobodlik arzchilar bilan bo‘lgan muloqot yuzasidan bildirilgan tanqid va shikoyatlarga izoh so‘rab¸ Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qildi.

Go‘shakni ko‘targan yigit¸ mavzuni eshitgach¸ Ozodlik muxbirini hokimlik matbuot xizmati rahbari bilan uladi.

Ozodlik matbuot xizmatidan¸ Jahongir Ortiqxo‘jayevning xalq bilan muloqotda nega bu qadar jazavaga tushgani¸ qolaversa¸ arzchilarning¸ Ortiqxo‘jayev Mirobod tuman hokimining noqonuniy qarorini bekor qilish vakolatiga ega¸ ammo buni istamayapti¸ degan iddaosiga munosabat bildirishni so‘radi.

Matbuot kotibi Ozodlik izohi va savollarini eshitayotgan paytda¸ telefon suhbatiga “ikkinchi liniya” ulandi.

Shundan so‘ng 7 daqiqa davom etgan telefon suhbati¸ hokim so‘zchisi voqeani o‘rganib¸ javob berishini aytayotgan mahal¸ uch taraflama suhbatga aylandi.

Ovozi aynan hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevnikiga o‘xshash shaxs:

- Dilfuza¸ Ozodlik bilan gaplashish qat’iyan mat qilinadi (man demoqchi – tahr.) O‘zbekistonda¸ dedi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:05 0:00
Бевосита линк

Matbuot kotibi keskin buyruq ohangida aytilgan bu gapga¸ “tushundim” deb javob berishi ortidan¸ muloqot butunlay o‘chdi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG