Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:36

"Shoir va blogerning qamalishi - Mirziyoyev uchun tarsaki"


Shoir va jurnalist Mahmud Rajab va bloger Nafosat Olloshukurovaning qamalgani borasida O‘zbekistondagi mahalliy jurnalistlarning jur’ati Xorazm viloyat IIBning u haqdagi rasmiy bayonotlarini e’lon qilishgagina yetdi. Aksariyat blogerlar ayni mavzuda jim qoldi. Bu mavzuda fikr bildirgan sanoqli jurnalist va blogerlar Ozodlikning Qurultoyida bir oraga keldi.

Maxmud Rajab ustidan jinoyat ishi ochilganidan beri uni ijtimoiy tarmoqda himoya qilib kelayojtgan shoira Go‘zal Begim o‘zbek shoirining kitobini o‘qigani uchun yana bir shoirning o‘zbek sudi tarafidan qamoqqa tashlanganini “isnod” deya baholadi.

- Mahmud Rajab ijtimoiy tarmoqlarda Muhammad Solih kitoblarini tashuvchi bo‘lib tanilgan bo‘lishi mumkin. Biroq Mahmud aka, avvalo, yaxshi shoir, yozuvchi, badiiy so‘zni nozik his qiluvchi inson! Kitob keltirgani uchun, ma’rifat orqalagani uchun shoirni qamash UYaT! Kitob ko‘targan odamni tergov mahkamalarida oylab halak qilish achinarli hol!

Қурултой: Шоир ва блогернинг қамалиши Мирзиëев учун тарсаки
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:32:50 0:00
Бевосита линк


Millionlab folloverlarga ega bo‘lgan taniqli bloger Iskandar Makedonskiy “Shoirning kitobi ichida bomba bormi nega Mirziyoyev Muxammad Solih kitoblaridan qo‘rqadi?! deya ritorik savol qo‘ydi.

Kanadada istiqomat qiladigan o‘zbek publitsisti Ismat Xushev shoir va blogerning qamalishi Mirziyoyev uchun tarsaki ekanligini va bu ishni amalga oshirgan mulozimlar jazolanib shoir zudlik bilan ozod qilinishini talab qildi.

Mahmud Rajabning qishloqdoshlari fikrini xorazmlik faol Aminboy Qodirov izhor qildi.

Qodirovnig aytishicha “Shoirni qamaganlar Mirziyoyevning ochiqlik siyosatini ataylab buzmoqchi bo‘lgan” eski tuzumdan qolgan amaldorlardir.

XS
SM
MD
LG